Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 30-apreldagi 115-son qarorining
5-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan Toshkent paxtachilik texnikumini Toshkent oʻrmon melioratsiyasi texnikumi deb qayta nomlab, uni oʻzining ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hozirgi vaqtda Toshkent paxtachilik texnikumida oʻqiyotganlar kontingentini barcha ixtisosliklar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining yangidan tashkil etilayotgan Toshkent oʻrmon melioratsiyasi texnikumiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining reja va budjetlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar.