1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakil qilingan davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlarning malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
4. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Auditorlik tashkilotlari uchun ustav sarmoyasining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilansin. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasini shakllantirishlari zarur.
Faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlari 2001-yil 1-sentabrgacha ustav sarmoyasining eng kam miqdorini eng kam oylik ish haqining 1200 baravari miqdoriga yetkazsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi:
faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini 2001-yil 1-oktabrgacha mazkur qaror talablariga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar va auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yangi namunadagi litsenziya bersinlar;
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan auditorlik tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishini va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
8. Hukumatning ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
Quyidagilar:
hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilmasligi;
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi deb eʼtirof etiladi.
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun oʻz yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1-mayigacha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom boʻlgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash sababli auditorlik xulosasi mavjud boʻlmasa, soliq organi xoʻjalik yurituvchi subyektga belgilangan tartibda jarima soladi.
6. Jarima jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida undiriladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan jarima miqdori soliq haqidagi qonunlarga muvofiq penya hisoblangan holda soʻzsiz undirib olinadi.
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda undirib olinadi.
10. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan soliq organi tomonidan jazo jarimasi qoʻllanilmaganligi boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan aniqlangan taqdirda tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
2. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb xizmatlari koʻrsatishlari bundan mustasno.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, toʻxtatish, bekor qilish, toʻxtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(3 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
II. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (mazkur Nizomga 1-ilova) taqdim etadi:
taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bankning toʻlov hujjati.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Litsenziya olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Auditorlik tashkiloti hujjatlarini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
6. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun (toʻlov kunidagi) eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
7. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi (mazkur Nizomga 2-ilova)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
8. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova qilingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji toʻlanadigan bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatib oʻtiladi.
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
11. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash maʼlumotlar boʻlganligi, shuningdek, auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berilishini rad etishga haqlidir.
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va auditorlik tashkilotiga yozma shaklda yuborilishi kerak, unda rad etish sabablari va auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatib oʻtiladi.
13. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga koʻpi bilan 15 kun muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Auditorlik tashkilotining litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan soʻng berilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
(14-20-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
21. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishlari shartdir.
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qoʻyish sharti bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
23. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga, auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berilishi mumkin.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, shuningdek, eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishga majburdir.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
shtatida kamida ikki nafar auditor boʻlishi;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqillikni taʼminlash;
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasiga ega boʻlishi;
fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlishi;
oʻz pochta manzili oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga koʻra taqdim etish.
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish
27. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organ mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga, toʻxtatishga haqlidir.
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish tartibi
29. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori bajarilmagan hollarda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuborishi shartdir.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Koʻrsatib oʻtilgan muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
30. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ ushbu holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan paytdan boshlab 10 kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
32. Basharti auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatadi.
33. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatiladi:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
auditorlik tashkilotini qayta tashkil etish natijasida uning faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, qayta oʻzgartirish bundan mustasno;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda buzib kelinganda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi sabablari asoslangan holda qaror qabul qilinganligi haqida u qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuboradi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun mobaynida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab litsenziyaning amal qilishi toʻxtatiladi.
34. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
35. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlansa;
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlansa;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan boʻlsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan boʻlsa.
Litsenziya sud qaroriga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.
36. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuboradi.
Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Litsenziya bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, yangilash, toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, litsenziyani bekor qilish haqidagi qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
IX. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish
38. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
telefon (faks) raqami;
hisob-kitob raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
muassislarning ustav sarmoyasidagi ulushlari toʻgʻrisidagi axborot;
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditorlar tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalarning amalda boʻlishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish asoslari va sanalari;
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari.
39. Reyestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chiqishlari uchun ochiq hisoblanadi va yozma holdagi soʻrovga koʻra reyestrdan koʻchirma tariqasida beriladi.
40. Bir auditorlik tashkilotiga nisbatan reyestrdan olingan axborotni berganlik uchun eng kam ish haqining (axborot taqdim etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadagi) yarmi miqdorida haq undiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga reyestrdan olingan axborot bepul taqdim etiladi.
42. Reyestrdan olingan axborotni taqdim etish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab (uni taqdim etganlik uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan taqdirda) uch kundan oshib ketishi mumkin emas.
NAMUNA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriya _________
№ ________
Toshkent shahri
200__ yil “____” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 200__ yil “___” ____________dagi______ -son buyrugʻiga muvofiq __________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining nomi)
___________________________________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining pochta manzili, STIR va boshqa rekvizitlari)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 4-ILOVA
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:
“auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
daʼvogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqini beruvchi malaka imtihonini oʻtkazadi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi, shuningdek bu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi;
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi”;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xoʻjalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom II boʻlimining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.