1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qoʻriqlash]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Davlat chegarasini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOVARLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI CHEGARASI ORQALI NOQONUNIY OLIB OʻTILISHINI BARTARAF ETISHGA DOIR FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Tovarlar va boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda chegara xizmatlari va bojxona organlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning moddiy ragʻbatlantirilishini taʼminlash, shuningdek chegara va bojxona postlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga Davlat xavfsizlik xizmati huzurida budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil qilishga ruxsat etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qoʻshinlar / 15.04.01.00 Chegara qoʻshinlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qoʻriqlash]
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarma mablagʻlaridan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari hamda bojxona organlarining tovarlar va mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda bevosita qatnashuvchi harbiy xizmatchilari va xodimlarini ragʻbatlantirishda, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida, shuningdek bojxona va chegara postlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda maqsadli foydalaniladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qoʻshinlar / 15.04.01.00 Chegara qoʻshinlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qoʻriqlash]
2. 2004-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan olingan mablagʻlarni taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
42 foizi — davlat budjetiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
(2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
3. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlarni sotish umumiy summasidan koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar teng ulushlarda qayta taqsimlanadi:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qoʻshinlar / 15.04.01.00 Chegara qoʻshinlari]
Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga — 25 foiz;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
Davlat bojxona qoʻmitasiga — 25 foiz hamda tegishli subhisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qoʻriqlash]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlarni oʻtkazish, ularni qayta taqsimlash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-oktabr,
498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 455-modda; 2009-y., 3-son, 14-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)