1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi F-4977-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi 726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
269-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 269-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda):
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlarida — idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlik haqidagi maʼlumotlar elektr va gaz taʼminoti boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari boʻyicha 2021-yil 1-yanvardan boshlab yuborilishi taʼminlansin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 09/18/269/1041-son)