Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 2-apreldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2361, 2012-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 220-modda) bilan tasdiqlangan Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
toʻrtinchi xatboshidagi “diplomning notarial” degan soʻzlar “diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;”;
yettinchi xatboshidagi “sertifikatining notarial yoki sertifikat” degan soʻzlar “sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ushbu sertifikatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2.
56-banddan “notarial tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 58-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “toʻlov hujjati” degan soʻzlar “toʻlov hujjatining nusxasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 72-bandning
ikkinchi xatboshisidan “va u ichki audit xizmatida ishlab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi va Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan kelishilgan.