toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarorida 1-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 8-iyuldagi 262-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-avgust,
350-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)