1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda davlat xizmatlari deb ataladi) koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari koʻrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni koʻrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik oʻrnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
oʻn kun muddatda — davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda toʻlovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobi yuritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni koʻllasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
255-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar (keyingi oʻrinlarda ruxsatnomalar deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda yoʻl qoʻyiladi.
Tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari taʼsirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma toʻlovni amalga oshirmasdan beriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni (terak va boshqa tez oʻsuvchi navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga ruxsatnoma talab etilmaydi.
3. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan kesish taqiqlanadi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari deb ataladi) oʻz xulosalarini tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi;
b) tumanlar (shaharlar) hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining xulosalariga asosan ruxsatnomalar beradi.
5. Davlat xizmatlari markazlari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Ruxsatnomani berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchilar ruxsatnomalarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi va YIDXP ariza beruvchilarni davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERI majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar ERIni joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majburdir.
10. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
11. Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
13. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni tumanlar (shaharlar) hokimliklariga va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlariga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlariga yuboriladi.
14. Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
daraxtlar va butalarning holatini, shuningdek, ularning kesilishi ushbu Reglamentning 2-bandiga muvofiqligini oʻrganadi;
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga, shuningdek, Davlat xizmati markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki arizachi beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali ruxsatnoma berish uchun toʻlov miqdorlarini koʻrsatgan holda, ushbu Reglamentning 2-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, xulosani elektron tarzda yuboradi.
15. Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xulosa tushganidan soʻng bir soat mobaynida unga oʻzining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.
16. Daraxtlar va butalarning kesilishi ushbu Reglamentning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq emasligi ijobiy xulosa berish rad etilishi uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslar boʻyicha ijobiy xulosa berishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
17. Ariza beruvchi ijobiy xulosa olingan kundan boshlab toʻrt ish kuni mobaynida xulosada koʻrsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun toʻlovni amalga oshiradi, ushbu Reglamentning 2-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18. Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan taqdirda ariza beruvchi ruxsatnomani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
19. Tuman (shahar) hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda ruxsatnomani berish uchun toʻlov toʻlanganidan soʻng, ushbu Reglamentning 2-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, bir ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakl boʻyicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Ushbu Reglamentning 2-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlarda tumanlar (shaharlar) hokimliklari ruxsatnomani Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining ijobiy xulosasi olinganidan soʻng bir ish kuni mobaynida rasmiylashtiradi.
20. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kuni uni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma tushganidan soʻng bir soat mobaynida unga oʻzining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Davlat xizmatlari markazlari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari va Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
23. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
24. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
__________________
(sana)
__________________
(son)
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasportga oid maʼlumotlar(seriya va raqam):
3. STIR:
4. Manzil:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
I. (yuridik) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. MFO:
5. IFUT:
6. Hisob raqami:
7. Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi:
8. Yuridik manzili:
9. Telefon raqami:
10. Elektron pochta manzili:
II. Obyekt haqida maʼlumot:
1. Kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni:
2. Daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʻcha, uy):
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomalar olish uchun tatbiq etiladi.
Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.
Ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.
3. Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini ruxsatnoma olmasdan yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olish taqiqlanadi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Bioinspeksiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma beradi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi deb ataladi) davlat oʻrmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma beradi.
5. Davlat xizmatlari markazlari, Bioinspeksiya va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Ruxsatnomani berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchilar ruxsatnomalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnomada Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmati markazi xodimlari va YIDXP ariza beruvchilarni davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERI majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Davlat xizmati markazlari ariza beruvchilar ERIni joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majburdir.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar tegishlicha Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
12. Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni tegishlicha Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishlicha Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga yuboriladi.
15. Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali ruxsatnomani berish uchun toʻlovni amalga oshirishga elektron shaklda hisobvaraq-fakturani yuboradi yoki uni yuborishni rad etadi.
Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir soat mobaynida unga oʻzining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.
16. Quyidagilar hisobvaraq-fakturani yuborishni rad etish uchun asos boʻladi:
oʻsimlik dunyosi obyektlarini tayyorlash shartlarining oʻrganilishi, tadqiq etilishi, tekshirilishi yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi;
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining soʻralayotgan hajmi va turi tasdiqlangan kvotalarga — dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishning qonuniy belgilangan normalariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslar boʻyicha hisobvaraq-fakturani yuborishni rad etish qatʼiyan man etiladi.
17. Ariza beruvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab toʻrt ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun toʻlovni amalga oshiradi.
Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
18. Ruxsatnomani berish uchun toʻlovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirmagan taqdirda ariza beruvchi ruxsatnomani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
19. Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ruxsatnomani berish uchun toʻlovlar tushganidan soʻng bir ish kuni davomida tegishlicha Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllar boʻyicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
20. Bioinspeksiya yoki Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kuni uni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmati markazi ruxsatnoma tushganidan soʻng bir soat mobaynida unga oʻzining muhrini qoʻyib, ariza beruvchiga beradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Davlat xizmatlari markazlari, Bioinspeksiya va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
23. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
24. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha ishlarni amalga oshirish
1. Ushbu Reglament suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishni, shu jumladan, suvni olishni va oqova suvlarni oqizib yuborishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Ushbu Reglament talablari kommunal suv quvurlari va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan foydalanishga, shuningdek, sutkasiga 5 m3gacha suvni olishga tatbiq etilmaydi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari (tabiiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida, yer osti suvlaridan tashqari), geologiya va mineral resurslar boʻyicha organlar (yer osti suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida), suv xoʻjaligi organlari (sunʼiy suv obyektlari suvlaridan foydalanilganida yoki isteʼmol qilinganida) (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) ruxsatnomani tayyorlaydi va beradi;
b) suv xoʻjaligi organlari, yer qaʼrining geologik jihatdan oʻrganilishi, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlar xavfsiz olib borilishini nazorat qilish organlari, sanitariya nazorati organlari (keyingi oʻrinlarda kelishuvchi organlar deb ataladi) oʻzlarining idoraviy mansubligiga qarashli ruxsatnomani kelishadi.
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli va kelishuvchi organlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Ruxsatnomani berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchilar ruxsatnomalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga ushbu Reglamentga 3a — 3z-ilovalarga muvofiq hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
9. Ariza beruvchi zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari va YIDXP ariza beruvchilarni davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ERI majburiy tartibda boʻlishi shart ekanligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi.
Davlat xizmati markazlari ariza beruvchilar ERIni joyning oʻzida olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majburdir.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq vakolatli organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
12. Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda Davlat xizmatlari markazi uning soʻrovnomasini koʻrmasdan qoldiradi. Bunda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ soʻrovnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida tegishlicha Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yoki Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi yoxud Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan shakllar boʻyicha ruxsatnoma loyihasini tayyorlaydi, uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va uni ilovalar bilan birgalikda kelishuvchi organlarga yuboradi yoki elektron shaklda ruxsatnoma loyihasini tayyorlashni rad etadi.
16. Kelishuvchi organlar ruxsatnoma loyihasini olganlaridan soʻng besh ish kuni mobaynida ruxsatnoma loyihasini koʻrib chiqadilar, kelishadilar yoki kelishishni rad etadilar.
17. Ruxsatnoma loyihasi kelishilgan kuni kelishuvchi organ uni vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.
18. Vakolatli organ kelishilgan ruxsatnoma tushgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma tushganidan soʻng bir soat mobaynida unga oʻzining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.
19. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi ruxsatnoma loyihasini tayyorlash hamda kelishishni rad etish uchun asos boʻladi.
Boshqa asoslar boʻyicha va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilmasdan ruxsatnoma loyihasini tayyorlash hamda kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma berilishi rad etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida davlat xizmati koʻrsatilishi uchun yigʻimni toʻlamagan holda ruxsatnoma olish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berish masalasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli va kelishuvchi organlar tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
20. Ariza beruvchining tashabbusi bilan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib qoʻyish, qayta tiklash, tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsatnomalar berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari inobatga olingan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Ruxsatnomani ishlab chiqish va berish, shuningdek, uni kelishish toʻlov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
22. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli va kelishuvchi organlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
24. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
(sana)
(son)
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasportga oid maʼlumotlar(seriya va raqam):
3. Manzil:
4. Kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi:
5. Ariza beruvchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari (telefon, elektron pochta va boshqalar):
I. (yuridik) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. Rekvizitlari (STIR, MFO, IFUT, hisob raqami):
4. Faoliyat turi:
5. Ariza beruvchining yuridik manzili (indeks, manzil):
6. Kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi:
7. Ariza beruvchining aloqa qilinadigan maʼlumotlari (telefon, elektron pochta va boshqalar):
II. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish manbai haqida maʼlumot:
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlarida suv obyektlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
1. Xoʻjalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikllar), suvni muhofaza qilishning holati, suvni chiqarib tashlash, tozalash inshootlarining tarkibi va ishi, oqova suvlarni qabul qiluvchining tavsifi, ishlaydiganlar va bir yildagi ish kunlarining soni, obodonlashtirish darajasi, sugʻoriladigan yerlar maydonlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Foydalaniladigan suv obyektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnika bilan jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar, sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga moʻljallangan quduqlar va ulardagi inshootlar) va suvni tozalash va tayyorlash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), roʻyxatga olingan suv ayirmalari nuqtalari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
3. Manbalar (yer usti, yer osti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relyefi) boʻyicha suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli, oqova suvlarni oqizib yuborishning loyihadagi yoki normativ-hisoblangan rejasi.
4. Suv obyektlari yoki joy relyefiga oqova suvlar tashlanadigan manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazoratini hamda oqova suvlar bilan birga oqizib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (yuridik shaxslar uchun).
6. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha moʻljallangan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
7. Suv taʼminoti hamda oqova va yomgʻir suvlarini kanalizatsiyalash sxemasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3b-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, tuman irrigatsiya boʻlimlari roʻyxati. Suv xoʻjaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, eng koʻp suv sarfi, suv taqsimlash inshootlarining soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnik jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
2. Havza boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisida maʼlumot.
3. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Havza boshqarmasi foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarfi va minerallashuvi darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3v-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun suv omborlari (gidrouzellar)dan foydalanish boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, tuman irrigatsiya tizimlari roʻyxati. Suv xoʻjaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, suv sarflashning eng koʻp miqdori, suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnika bilan jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
2. Suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
3. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3g-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun irrigatsiya tizimi boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Korxona balansida boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining roʻyxati, ularning texnik tavsiflari (uzunligi, suv oʻtkazish quvvati, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, kanallar va irrigatsiya tizimining foydali ish koeffitsiyenti).
2. Boshqarma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tuman irrigatsiya boʻlimlari roʻyxati.
3. Boshqarma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4. Suv obyektining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
5. Boshqarma foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarflanishi va minerallashuvi darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
6. Irrigatsiya tizimi va xoʻjalik sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish va ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3d-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun tumanlar irrigatsiya boʻlimlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Korxona balansida boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining roʻyxati, ularning texnik tavsiflari (uzunligi, suv oʻtkazish quvvati, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, kanallar va irrigatsiya tizimining foydali ish koeffitsiyentlari).
2.Xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining roʻyxati.
3. Boʻlim tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
4. Tumanlar xizmat koʻrsatadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari zonalarining gidromodul rayonlari va sugʻorish rejimlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
5. Suv obyektining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
6. Boʻlim tomonidan foydalaniladigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarfi va minerallashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
7. Irrigatsiya tizimi va xoʻjalik sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3e-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi balansidagi sugʻorish nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari roʻyxati, suv olish manbai nomi va ularning joylashgan joyi, suv olish asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi, xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan maydon, shuningdek, xizmat koʻrsatish zonasidagi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari soni.
2. Nasos stansiyalari boshqarmasi balansidagi meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlari roʻyxati, suv olish manbai va suv qabul qilgichning nomi, suv olish joylari, asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi, xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan (melioratsiyalanadigan) maydon, shuningdek, xizmat koʻrsatish zonasidagi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari soni.
3. Xizmat koʻrsatiladigan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiya, uning meliorativ tizimlari, tuman irrigatsiya boʻlimlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʻyxati.
4. Manbalar boʻyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
5. Boshqarma tomonidan foydalaniladigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarfi va minerallashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
6. Suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3j-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Meliorativ ekspeditsiya balansidagi meliorativ tizimlar va asosiy kollektorlar, gidrotexnika inshootlari, shu jumladan, gidropostlar, meliorativ tarmoq, suv qabul qilgichlarning roʻyxati, ularning asosiy texnik tavsiflari (nomi, uzunligi, suv oʻtkazish quvvati, kollektor-drenaj tarmogʻi, oʻrtacha koʻp yillik kollektor-drenaj oqimlari, kollektor-drenaj suvlarining minerallashuvi va hokazo).
2. Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʻyxati.
3. Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi, meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Suv olishning va meliorativ tizimlardan kollektor-drenaj suvlari tashlamalarining cheklangan hajmlari.
5. Kollektor-drenaj tarmogʻi suvlari sarfi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3z-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Xizmat koʻrsatiladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining, ular maydonlari kattaligi koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
2. Uyushma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari haqidagi maʼlumot.
3. Sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
4. Sugʻorish tarmogʻi foydali ish koeffitsiyentini oshirish, ularning texnik holatini yaxshilash, suv resurslarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, drenaj suvlari tashlamalarini qisqartirish boʻyicha tadbirlar rejasi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13, 30, 34 va 35-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QH, 2014-y. 43-son, 530-modda), shuningdek, unga 5, 8 va 11-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 44-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QH, 2014-y., 12-son, 138-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QH, 2017-y., 26-son, 592-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 49-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QH, 2017-y., 46-son, 1134-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 36-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.