Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-son “Ayrim davlat organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, nikohdan ajralish holatlarining oldini olishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga quyidagi mazmundagi
ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“FHDY organi er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak”.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.