1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2996]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-fevral,
50-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 26-fevraldagi 50-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) oʻquvchilarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov (bundan buyon matnda diktant deb yuritiladi), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish nomzodlarni akademik litseyga qabul qilishda oʻtkaziladigan maxsus-professional tanlovning bosqichlari hisoblanadi.
2. Maxsus-professional tanlov natijalariga koʻra nomzodni test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasi hal etiladi.
3. Maxsus-professional tanlovning bosqichlari qabul yilining 1-iyunidan 25-iyuniga qadar oʻtkaziladi.
2-bob. Diktant oʻtkazish
4. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan sinovda ulardan yozma ish (diktant) olinadi.
5. Diktant Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan akademik litsey binosida oʻtkaziladi.
6. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
8. Diktant oʻtkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodlarga diktant oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
10. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
11. Diktant mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq metodika asosida oʻtkaziladi.
12. Nomzod diktantni yozib tugatgandan keyin oʻzining raqamlangan daftarini qabul komissiyasi aʼzosiga topshirib auditoriyani tark etadi.
13. Qabul komissiyasi aʼzosi nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi.
14. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan diktantlarini shu kunning oʻzida tekshiradi.
15. Auditoriyada nomzodlarga diktant matnini oʻqib eshittirgan shaxs tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirgan shaxs mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan diktantlarni baholaydi va har bir raqamlangan daftarga oʻzining imzosini qoʻyadi.
17. Diktant natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar eʼtiboriga yetkaziladi.
18. Qabul komissiyasi aʼzolari nomzodlarning raqamlangan daftarlarini qabul komissiyasi kotibiga topshiradi.
19. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish
20. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
21. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
22. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari shart.
23. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar oʻgʻil bolalar va qiz bolalar uchun alohida belgilanadi.
24. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholanadi.
25. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar eʼtiboriga yetkaziladi.
26. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
27. Qaydnoma qabul komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining kotibiga topshiriladi.
28. Nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovdan qayta oʻtishga ruxsat berilmaydi.
4-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
29. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
30. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.
31. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat ogʻzaki shaklda qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodga beriladigan savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Savollar umumiy oʻrta taʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq 3 ta yoʻnalishda ishlab chiqiladi.
32. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
34. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida oʻtkaziladi.
35. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun auditoriyaga 1 nafardan kiritiladi.
36. Nomzodlarning savollarga bergan javoblari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq baholash mezonlari asosida baholanadi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar eʼtiboriga yetkaziladi.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi va qabul komissiyasi kotibiga topshiriladi.
Qaydnoma qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
39. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
40. Maxsus-professional tanlov bosqichlarining natijalarini qoʻshib hisoblaganda nomzodning toʻplagan ballari “9” balldan kam boʻlgan taqdirda, u maxsus-professional tanlovdan oʻtmagan hisoblanadi va test sinovlariga qoʻyilmaydi.
41. Maxsus-professional tanlov bosqichlarining natijalari qabul komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Diktant oʻtkazish
METODIKASI
1. Nomzodlarga oʻqib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 100 — 120 ta soʻzdan iborat boʻladi.
2. Qabul komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi. Diktant matni toʻliq oʻqib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.
3. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi aʼzosi diktant matnini sekin birma-bir oʻqib beradi.
Bunda 1 ta gap oʻqib eshittiriladi va nomzod oʻqib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.
4. Oʻqib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib boʻlganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi aʼzosi tomonidan yana bir marotaba oʻqib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Diktantni baholash
MEZONLARI
1. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant “5” ballik tizimda baholanadi.
Diktant:
1 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi;
2 tadan 4 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — “4” ball bilan baholanadi;
5 tadan 10 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — “3” ball bilan baholanadi;
11 ta va undan ortiq orfografik va punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda — “2” ball bilan baholanadi.
Nomzod daftarni diktant yozilmagan boʻsh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi.
2. Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi:
5 ta oʻrinda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
qaratqich belgisi 3 tagacha soʻzda notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa.
3. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi 5 tagacha oʻrinda “qutilmoq” tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
4. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish
METODIKASI
1. Quyidagilar oʻgʻil bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
toʻsinda (turnikda) tortilish;
100 metrga yugurish;
2000 metrga yugurish.
2. Quyidagilar qiz bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
4. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
5. 2000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
6. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqini bajarishga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.
7. Quyidagilar kuch ishlatish mashqini bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovni baholash
MEZONLARI
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari “5” ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Mashqlar nomi
Bajarish koʻrsatkichi
Sinov natijalarini baholash mezonlari
5 ball
4 ball
3 ball
0 ball
Oʻgʻil bolalar
toʻsinda (turnikda) tortilish
marta
9
7
5
5 dan kam
100 metrga yugurish
soniya
14,5 gacha
14,6 dan 15 gacha
15,1 dan 15,3 gacha
15,3 dan ortiq
2000 metrga yugurish
daqiqa
9
9,1 dan 9,30 gacha
9,31 dan 9,45 gacha
9,45 dan ortiq
Qizlar
kuch ishlatish mashqi
marta
10
8
6
6 dan kam
100 metrga yugurish
soniya
16,5 gacha
16,6 dan 17 gacha
17,1 dan 17,5 gacha
17,5 dan ortiq
1000 metrga yugurish
daqiqa
4,30 gacha
4,31 dan 5 gacha
5,1 dan 5,15 gacha
5,15 dan ortiq
2. Nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargandan soʻng, unga har bir mashq uchun qoʻyilgan ballari umumlashtirilib nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik mashqlari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi quyidagicha hisoblanadi:
14 — 15 ball toʻplaganda — “5” ball;
11 — 13 ball toʻplaganda — “4” ball;
6 — 10 ball toʻplaganda — “3” ball;
6 dan kam toʻplaganda — “0” ball.
3. Nomzodga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda 2 ta mashqni “0” ballga bajarganda, nomzodga “0” ball qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari yuzasidan QAYDNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin qabul komissiyasi kotibi nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni qabul komissiyasi aʼzolariga taqdim qiladi.
2. Qabul komissiyasi aʼzolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga 3 ta savol beradi. Bunda har bir yoʻnalish (3 ta yoʻnalish) boʻyicha 1 tadan savol beriladi.
Nomzodga savollar navbat bilan birma-bir beriladi (nomzodga 1 ta savol beriladi va nomzod u savolga javob bersa yoki javob bera olmasa unga navbatdagi savol beriladi).
3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
4. Nomzod savollarga belgilangan muddatdan oldin javob bersa u auditoriyani tark etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni baholash
MEZONLARI
1. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — “2” ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “0” ball qoʻyiladi.
2. Nomzodning savollarga javobiga komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻz bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bali aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha QAYDNOMA
20__ yil “____” ____________
T/r
Nomzodning savollarga bergan javoblariga qoʻyilgan ballar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/2996/1026-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)