1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY OʻQUV YuRTLARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Talabalarning kasb bilimlarini chuqur egallashlarini ragʻbatlantirish va oʻzlashtirishini oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oliy oʻquv yurtlarida stipendiya tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab davlat grantlari boʻyicha va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlarining barcha talabalarini (xorijiy mamlakatlar talabalaridan tashqari) stipendiya bilan taʼminlash joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy oʻquv yurtlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishning qiymati miqdoriga har oyda toʻlanadigan stipendiya miqdorini albatta kiritsinlar.
2. 2001-yil 1-sentabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin, talabalarning oʻzlashtirishiga qarab stipendiyalarga quyidagi tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlar joriy etilsin:
reyting boʻyicha eng yuqori ballar (86 — 100 ball) — 1,0;
reyting boʻyicha yuqori ballar (71 — 85 ball) — 0,75;
reyting boʻyicha oʻrtacha ballar (55 — 70 ball) — 0,5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulugʻbek nomidagi Davlat stipendiyalari oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun 2001/2002 oʻquv yilida oʻqish qiymatining yangi miqdorlarini;
taʼlim muassasalarida stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]
4. Mazkur qarorning amal qilishi Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 253-son qarorining 2-bandining toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan oʻquv yurtlari oʻquvchilariga joriy etilsin, bunda oʻquvchilar va talabalar stipendiyalari miqdorlarining ilgari amalda boʻlgan nisbati saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli taʼlim muassasalarining 2001-yil uchun xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 17-avgust,
344-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qaroriga ILOVA
Oliy oʻquv yurtlari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari
T/r
Talabalar toifasi (xorijiy talabalardan tashqari)
Miqdori (bir oyda soʻm)
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi stipendiatlari
17745
2.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulugʻbek nomidagi Davlat stipendiyalari stipendiatlari
12300
3.
Oliy oʻquv yurtlari talabalari
9400
4.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar
10200
5.
Davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar vasiyligisiz qolgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar
8970
6.
Baynalmilal burchini bajarishda yarador boʻlish, kontuziya, jarohatlanish yoki kasallanish oqibatida nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchilar sirasiga kiruvchi talabalar
10655
7.
Sobiq baynalmilalchi jangchilar sirasiga kiruvchi talabalar
10200
8.
Oliy oʻquv yurtlarida matematika, amaliy matematika va informatika mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar
10230
9.
Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi