Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 27-fevraldagi 31, 2009-13-son “Gaz eksporti va tranzitidan tushadigan valyuta tushumlarini sotishdan olinadigan mablagʻlarni taqsimlash haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1935, 2009-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 15-son, 191-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan kelishildi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.