1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qayd etib oʻtilsinki, maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida soʻnggi yilda qabul qilingan qatʼiy chora-tadbirlar natijasida Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning joylardagi hududiy boʻlinmalari tashkil qilindi.
2017 — 2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur tasdiqlandi, uning doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi.
Shu bilan birga oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatli davlat organlarining faoliyati ayniqsa joylarda hamon past darajada qolmoqda.
Bundan tashqari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasining holati zamon talablariga toʻliq darajada mos kelmaydi va mamlakat aholisining oʻsib borishini eʼtiborga olganda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan zarur darajada qamrab olinishini taʼminlash imkonini bermaydi.
Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlati qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligining quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish;
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish;
mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;
konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;
boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmayotgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini “nul” xarid qiymatida sotish;
toʻliq butlanmay qolgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash;
oilaviy maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va metodik taʼminlash;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish.
Belgilansinki, maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
2. Davlat-xususiy sherikchiligi shakliga qarab xususiy sherik zimmasiga investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:
ijtimoiy madadga muhtoj oilalardan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qoʻyish;
xususiy sherikka biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash borasidagi ishlarni amalga oshirish;
davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3. Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha tuziladi. Mazkur qaror 1-bandining sakkizinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda tanlov oʻtkazilmaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi davlat tomonidan sherik sifatida xususiy sherik bilan bitim tuzadi, mazkur vazirlik bitim shartlarini xususiy sherik qanday bajarayotgani monitoringini olib boradi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining:
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sherikchiligini ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining alohida ochiladigan hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda – maxsus hisobvaraq)da jamlash toʻgʻrisidagi;
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foiziga qadar miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
6. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi bosqichma-bosqich ajratiladigan mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasiga budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriya ionalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha barpo etilgan arzon uylarni, koʻp xonadonli uylarning birinchi-ikkinchi qavatlaridagi kvartiralarni sotib olishga, maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga foizsiz asosda imtiyozli kredit berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka boʻyicha ajratib beriladi.
8. Davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilansin:
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish bitimi – kamida 30 yil;
boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, faoliyat koʻrsatmayotgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini “nul” xarid qiymatida sotish bitimi – kamida 30 yil;
toʻliq butlanmay qolgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish bitimi – kamida 30 yil;
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish bitimi – kamida 30 yil;
mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish bitimi – kamida 30 yil;
konsessiya asosida qurilish uchun yer maydoni yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi – 15 yilgacha;
xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini moddiy jihatdan taʼminlash bitimi – kamida 10 yil;
oilaviy maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va metodik taʼminlash bitimi – kamida 3 yil;
otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi – kamida 1 yil.
Oʻz faoliyatini olingan imtiyozli kredit asosida yoki davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tadbirkorlik subyektlariga topshirilgan obyektlarda boshlagan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasasining faoliyatini u tashkil etilgan kundan boshlab 30 yil mobaynida qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
9. Davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari:
tashkil qilinayotgan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining ehtiyojlari uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, oʻquv qurollari va oʻyingohlar davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;
maktabgacha taʼlim nodavlat muassasasi oʻz faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin oʻn yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
ushbu bandda koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari maktabgacha taʼlim sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlaridan oladigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra kamida 80 foizni tashkil etadigan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalariga nisbatan qoʻllaniladi;
ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaydigan sana imtiyozlar amal qilishi muddati nihoyasiga yetadigan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
2023-yilning 1-yanvariga qadar muddatda maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi mehnatga haq toʻlash tarzida daromadlarning 10 foizi miqdorida, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari uchun esa — davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim imzolangan oydan boshlab oʻn yil muddatga 5 foiz miqdorida belgilanadi;
2018-yilning 15-aprelidan boshlab maktabgacha taʼlim muassasalarini kichik tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritish uchun ularning oʻrtacha yillik xodimlari cheklangan soni 100 kishiga yetkaziladi;
mazkur qarorning 9-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugagandan soʻng davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida tashkil qilingan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi nizomda maktabgacha taʼlim sohasida belgilangan kvotalar boʻyicha ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlariga asosan qabul qilingan tarbiyalanuvchilarga taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan olingan foyda (sof tushum) davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati mobaynida yuridik shaxslarning foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan yoki yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda 2018-yilning 1-sentabriga qadar muddatda boʻsh yotgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining ishlatilmayotgan (korpuslarini) xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini tuzsinlar;
har yili 1-fevralga qadar davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratib berilishi lozim boʻlgan yer maydonlarini aniqlab, ana shu yer maydonlarining tasdiqlangan roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etsinlar;
mahalliy budjetlarning mablagʻlari hisobiga qurilayotgan va barpo etilgan maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalarini barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar bilan) taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda qurilish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish hamda turar-joy massivlari (komplekslari) qurilishini loyihalashtirish bosqichida maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari qurilishi uchun joylarni nazarda tutsinlar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan foydalanish tartibi;
davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida faoliyat yuritadigan maktabgacha taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi.
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim boshqarmalari tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 2 nafargacha boʻlgan davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻlimi tuzilsin.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda Oilaviy maktabgacha taʼlim nodavlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Vazirlik va idoralar oʻzlari ilgari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
PQ-3651-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga 1-ILOVA
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda matnda bitim deb yuritiladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda matnda tomonlar deb yuritiladi) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasining Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi);
xususiy sherik — bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik yoxud jismoniy shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar boʻla olmaydi, shuningdek xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyekti (keyingi oʻrinlarda matnda obyekt deb yuritiladi) — bitim boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalanilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari, boʻsh turgan binolar, shu jumladan ishlamaydigan va but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda boshqa obyektlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — muhim davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega boʻlgan maktabgacha taʼlim sohasidagi investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
filantropik faoliyat — jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini begʻaraz (bepul) oʻtkazish, bepul tarzda ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, boshqacha koʻmak berish boʻyicha ixtiyoriy faoliyati;
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar — kam taʼminlangan oilalar, oila aʼzolari nogiron boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar;
konsessiya (konsession bitim) — muayyan muddatga tuzilgan bitim, unga koʻra davlat konsessionerga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga, shuningdek maktabgacha taʼlim muassasasini qayta qurish va jihozlash uchun binolarga egalik qilish (tasarruf etish huquqisiz) va ulardan foydalanish huquqini beradi, konsession faoliyat natijasida konsessioner ega boʻlgan mahsulot va daromadlar konsession bitimda belgilangan hajmda va shartlarda uning mulki hisoblanadi;
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha taʼlim muassasasiga jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, taʼlim yoki boshqa begʻaraz tizimli yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyat.
3. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi va qulayligi, bundan davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil qilgan maʼlumotlar mustasno;
kamsitishning yoʻqligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
tomonlarning bitim boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari oʻrtasida adolatli taqsimlanishi;
davlat-xususiy sheriklik tomonlari oʻzaro munosabatlarining shartnomada kelishib olingan asosi.
4. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini qurish uchun doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish;
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish;
but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmaydigan binolari yoki korpuslarini uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga oʻtkazish;
ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hududidagi yer uchastkalarini nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga bepul berish;
mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish;
Davlat-xususiy sheriklik tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan ushbu bandning sakkizinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
5. Tarkibiga Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) kiradigan Tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) kamida ikki ishtirokchidan ariza kelib tushsa, tanlovni oʻtkazadi.
6. Komissiya tomonidan xususiy sherikning arizasi koʻrib chiqilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam ish haqi miqdorida davlat sherigining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladigan yigʻim undiriladi.
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat sherigi yoki xususiy sherik tomonidan taklif etilishi maktabgacha taʼlim sohasida bitim uchun asos hisoblanadi.
8. Ushbu Nizomga muvofiq nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalarini taqdim etishda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini taqdim etish tartibi tatbiq etilmaydi.
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
9. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatish istagini bildirgan xususiy sherik davlat sherigiga tegishli ariza beradi.
10. Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yuridik shaxslar uchun — xususiy sherikning nomi va joylashgan yeri, jismoniy shaxslar uchun — shaxsiy maʼlumotlar va yashash manzili;
loyihani amalga oshirish maqsadi;
bitimning taxmin qilingan obyekti yoki yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelib tushgan ariza u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida davlat sherigi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
12. Kelib tushgan ariza koʻrib chiqilgach hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda Davlat raqobat qoʻmitasining ijobiy xulosalari olingach, davlat sherigi tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlov ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
13. Ariza ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan holda berilgan boʻlsa, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi xabar yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka topshiriladi (joʻnatiladi). Xabarda qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni davlat sherigiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron xabar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Takroran yuborilgan hujjatlar ular takroran yuborilgan kun qabul qilingan hisoblanadi. Arizani takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
3-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish tartibi
14. Davlat sherigi mintaqa aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat raqobat qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni oʻrganish natijalari boʻyicha ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq tanlovni eʼlon qilish orqali davlat-xususiy sheriklikning loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin.
15. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan 30 kun avval tanlov savdolari oʻtkazilishi haqidagi eʼlonni Vazirlik rasmiy saytining maxsus boʻlimiga, boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining davriy bosma nashrlariga va “Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnaliga, ijtimoiy tarmoqlarga majburiy tartibda joylashtiradi, shuningdek ushbu axborotni Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va boshqa manbalar orqali tarqatadi.
yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki pasportning koʻchirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan boʻlsa);
tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etiladigan kundan kamida bir oy oldin soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisida ariza;
xususiy sherikning sof aktivlari toʻgʻrisida axborot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi boshqa tashkilotning kafilligi;
xususiy sherik tomonidan uning arizasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi uchun davlat sherigining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga yigʻim kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot boʻlayotgan, mol-mulki xatlangan daʼvogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Tanlov boʻyicha taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Shuningdek tanlov yakunlari boʻyicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq gʻolib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan pastroq boʻlgan zaxiradagi gʻolib aniqlab olinadi.
Tanlov gʻolibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan boʻyin tovlasa, zaxiradagi gʻolib bilan tegishli bitim tuzishga ruxsat beriladi. Tanlovning zaxiradagi gʻolibi bilan bitim tanlov gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga oʻxshash tartibda tuziladi.
19. Faqat bir ishtirokchidan ariza kelib tushgan taqdirda, tanlov oʻtkazilmaydi, qaror esa ishtirokchi arizasini va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni tanlov eʼlon qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kunlik muddat tugagandan keyin 5 ish kuni ichida oʻrganish yakunlari boʻyicha Komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya xususiy sherikning takliflari tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib, ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
20. Davlat sherigi Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qarori qabul qilingan kunda oʻz rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
21.Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u qaror ustidan sudda shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Bitimni tuzish, oʻzgartirish, toʻldirish, shuningdek bekor qilish va tugatish tartibi
22. Komissiyaning ijobiy qarori asosida u qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat sherigi va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi.
23. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab quyidagilar keltirilgan boʻlishi kerak:
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshiriladigan va faoliyati boshlanadigan muddatlar;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyiha bajarilishining borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida axborot;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring oʻtkazish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
infratuzilmaviy obyektlar, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqariladigan va (yoki) koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
davlat subsidiyalarini ajratish zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim muassasasiga haqiqatda qatnaydigan bolalar soni toʻgʻrisidagi hisobotlarni va toʻlov hujjatlarini xususiy sherik tomonidan taqdim etish tartibi;
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻtkazib beriladigan infratuzilma obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
maktabgacha taʼlim muassasasidan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan munozaralarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
24. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasining matnini taqdim etadi.
25. Agar zarur boʻlsa, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
26. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladi.
28. Bitim tomonlar tarafidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
29. Bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya oladi, bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakllari mustasno.
30. Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir maktabgacha taʼlimni tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
sudning hal qiluv qarori boʻyicha.
31. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
xususiy sherik bankrot boʻlsa va tugatilsa;
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga;
yer uchastkalarini, boʻsh turgan binolarni, shu jumladan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini, shuningdek but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan binolari yoki korpuslarini bitim amal qiladigan muddatga bepul asosda olishga hamda ulardan foydalanishga;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi shaklida amalga oshirilgan taqdirda, moddiy-texnik va uslubiy taʼminlanishga;
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
34. Xususiy sherik:
bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan davlat taʼlim talablariga qatʼiy rioya qilishi;
bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalariga rioya qilishi;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini yuqori malakali pedagogika kadrlari va boshqa kadrlar bilan toʻldirish, oʻquv-tarbiya jarayonini qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishi;
tarbiyalash va oʻqitishning yuqori sifatini taʼminlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan isteʼdodli bolalarni aniqlashi va qoʻllab-quvvatlashi;
ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini koʻrishi;
ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini va maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimi tomonidan yuboriladigan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitishi, ular uchun ota-onalar toʻlovini imtiyozli shartlarda (ushbu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq boʻlmagan hajmda) oʻrnatishi;
oʻqitish muddatlari va shartlari, haq toʻlash miqdorlari, tomonlar huquqlari va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq tahsil oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyishi;
obyektning toʻliq yoki qisman moliyalashtirilishini, undan foydalanilishini, unga texnik xizmat koʻrsatilishini, shuningdek loyihalashtirilishi, qurilishi, qayta qurilishi, taʼmirlanishi, modernizatsiyalanishini taʼminlashi shart.
Xususiy sherik zimmasida ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki boʻlgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi mustasno.
35. Shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan ota-onalar toʻlovining imtiyozli shartlari asosida maktabgacha taʼlim muassasasining tuman (shahar) boʻlimiga qabul qilinadigan tarbiyalanuvchilarning davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma olishida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Maktabgacha taʼlim muassasasining tuman (shahar) boʻlimi murojaatni koʻrib chiqib va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, 3 kun ichida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yoʻllanmani rasmiylashtiradi.
Maktabgacha taʼlim muassasasining tuman (shahar) boʻlimi yoʻllanmasi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi bolalarni imtiyozli shartlarda qabul qiladi.
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring oʻtkazishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshishini baholashga;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring oʻtkazish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilishga;
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli.
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
37. Davlat sherigi:
xususiy sherikka obyektni bitimni belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul asosda taqdim etishi;
xususiy sheriklarga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida koʻmaklashishi;
binolar va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishida koʻmaklashishi;
39. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida xususiy sherikning — tanlov gʻolibining arizasini yer uchastkasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatiga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyati yoki tuman (shahar) hokimiyati xususiy sherik arizasini va Komissiya qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi taqdim etish boʻyicha materiallar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga yuboradi.
41. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda matnda hududiy organ deb yuritiladi) yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda yer uchastkasini tanlash va taqdim etishga doir materiallarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
42. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi.
43. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
44. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
45. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
46. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
47. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
tutash hududni qurish, jihozlash, obod qilish va maktabgacha taʼlim muassasasini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish.
Bitim mulkni bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigida qoldirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, xususiy sherik bitimni uzaytirish borasida ustuvor huquqqa ega boʻladi.
7-bob. Davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi
48. Davlat sherigi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektlarni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini “nol” xarid qiymati boʻyicha oʻtkazish jarayonini tashkil etish uchun Davlat raqobat qoʻmitasiga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir kun ichida tanlov gʻolibi haqidagi axborotni va bitimning koʻchirma nusxasini yuboradi.
49. Davlat raqobat qoʻmitasining topshirigʻiga binoan uning hududiy organi axborot olgan vaqtdan boshlab uch kun ichida davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan obyektni, shu jumladan ishlamaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolarini balansda saqlovchiga (keyingi oʻrinlarda matnda balansda saqlovchi deb yuritiladi) mulkni Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma talabni yuboradi.
inventarizatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini;
inventarizatsiya komissiyasi majlislarining bayonnomalarini;
inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan mulkni inventarizatsiya qilish hujjatlarini;
kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va huquqni oʻrnatuvchi boshqa hujjatlarni (agar ular bor boʻlsa);
yer uchastkasiga, yerosti boyliklariga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni;
balansda saqlovchining jamiyat roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan balansini;
Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha davlat mulki boʻlgan obyektlarning pasportini fotosuratlarni (kamida toʻrtta) ilova qilgan holda taqdim etadi.
51. Inventarizatsiya balansda saqlovchi tomonidan oraliq balans tuzilgan sanada oʻtkaziladi, bunda balansning har bir qatori tegishli inventar roʻyxatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
52. Xarid qiluvchi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan shartlarda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilishi sharti bilan inventarizatsiya hujjatlari Davlat mulki boʻlgan obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shakllar boʻyicha tuziladi, inventarizatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
53. Balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida inventarizatsiya hujjati tuzilgach, obyektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati uning balansi qiymati koʻrsatilgan holda imzolanadi.
54. Obyektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati imzolangach va xususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, besh ish kuni ichida Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi xususiy sherikka “bekor qilish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi.
55. Bitimning amal qilish muddati tugashi bilan xususiy sherik oʻz majburiyatlarini va bitim shartlarini bajargan taqdirda, davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan axborot boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi xususiy sherik tomonidan egalik qilish huquqi uchun davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qiluvchi komissiyaning hujjati, shuningdek audit xulosasi asosida “bekor qilish huquqi bilan” belgisini qoʻyadi.
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
57. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
58. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda maktabgacha taʼlim muassasalarini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldirilsa (tasarruf etish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish.
8-bob. But qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga oʻtkazish tartibi
59. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qoshidagi Davlat mulkini ijaraga berish markaziga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuboradi, shuningdek obyektni balansida saqlovchiga yuboradi.
60. Tuzilgan bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi oʻn kunlik muddat ichida xususiy sherikka obyektni taqdim etadi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinsa, balansda saqlovchiga obyektni bitim shartlariga mos holda qaytarishi shart.
61. Obyekt xususiy sherikka beriladi va u tomonidan obyektning barcha buyumlari va unga taalluqli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birga qaytariladi.
62. Obyekt tomonlarning vakolatli vakillari hozirligida ikki tomonlama oʻtkazish toʻgʻrisida hujjat tuzilgan holda oʻtkaziladi va qaytariladi. Mazkur hujjatda quyidagilar koʻrsatiladi:
hujjat tuzilgan joy va sana;
bitim rekvizitlari (tuzilgan sana, raqam);
davlat mulkining texnik holati.
Oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi.
63. Balansda saqlovchi va xususiy sherik oʻrtasida oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat imzolangach, bir haftalik muddatda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari boʻyicha toʻlovlar miqdorini, ularni kiritish tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi. Elektr energiyani, suv va gazni hisobga oluvchi zarur uskunalar balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga muvofiq oʻrnatiladi.
64. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
65. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
66. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini (korpuslarini) qayta qurish, hududni obod qilish, but qilinmagan davlat maktabgacha taʼlim muassasasining binosini joriy taʼmirlash va muhandislik kommunikatsiyalarini tegishli holatda saqlash yuzasidan choralar koʻrish, shuningdek maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalanilmaydigan binolarni (korpuslarni) bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish;
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) obyektni oʻz mulki qilib olish huquqisiz oʻrnatish.
67. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etish uchun nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega boʻlgan ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi.
68. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan sanadan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov gʻolibi arizasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda yer uchastkasini taqdim etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
69. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimligi obyektni qurish uchun yer uchastkasi taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga xususiy sherik arizasini va Komissiya qarorini yuboradi.
70. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasi yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
71. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi.
72. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
73. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
75. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
76. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish va jihozlash, tutash hududni obod qilish, ishlab turgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasi va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʻrtasida toʻsiq qurish, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish;
mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi ixtiyorida qolsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish
10-bob. Mavjud davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul taqdim etish tartibi
77. Xususiy sherik bilan aholi punktidagi yer uchastkasini taqdim etish hamda mazkur yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini qurish, qayta qurishga muhtoj boʻlgan biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasini qayta qurish va jihozlash, shuningdek uni keyinchalik otaliqqa olish sharti nazarda tutilgan bitim tuziladi.
78. Xususiy sherikka 20 yil va undan ortiq davr mobaynida qayta qurish va kapital taʼmirlash boʻyicha kompleks ishlar olib borilmagan va kapital taʼmirga muhtoj boʻlgan hamda yer uchastkasi ajratilayotgan tumanda joylashgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasi biriktiriladi.
79. Bitim tuzilgach, davlat sherigi bir kunlik muddatda xususiy sherik-tanlov gʻolibi arizasini yer uchastkasini bitimda koʻrsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
80. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimligi xususiy sherikning arizasini va Komissiyaning qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasiga yuboradi.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmasi yigirma kun ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoki tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
82. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman (shahar) hokimiyati uch kun ichida:
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini xususiy sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
yer uchastkasi taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filialiga yuboradi hamda davlat sherigini xabardor qiladi
83. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiali yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shuningdek xususiy sherikka yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
84. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
85. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
86. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagilar yuklatiladi:
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
oʻziga ajratilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishini va bitimda koʻrsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlash;
biriktirilgan maktabgacha taʼlim muassasasini otaliqqa olish, jumladan uni bitim amal qiladigan muddatda, biroq 30 yildan kam boʻlmagan davrda jihozlar, ashyo va anjomlar, oʻyinchoqlar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash.
87. Ajratilgan yer uchastkasida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga davlat-xususiy sheriklikning boshqa shakllari asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
88. Maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, qayta qurish va jihozlash uchun davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida konsessiya asosida bitim tuzilishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim muassasasini qayta qurish va jihozlash uchun xususiy sherikka boʻsh turgan, shu jumladan foydalanilmayotgan, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hududida joylashgan binolar ajratiladi.
Yer uchastkasi yoki bino bepul asosda taqdim etiladi.
Xususiy sherik taqdim etilgan yer uchastkasiga va binolarga tasarruf etish huquqisiz egalik qiladi va ulardan foydalanadi.
Maktabgacha taʼlim muassasasini qurish, qayta qurish, jihozlash va undan foydalanish natijasida xususiy sherik tomonidan olingan daromadlar konsessiya bitimida belgilab beriladigan miqdorlarda uning mulki hisoblanadi.
Xususiy sherikning maktabgacha taʼlim muassasasini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlari davlat sherigining talabnomalari boʻyicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda konsessiya asosida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xususiy sherikka bitimda koʻrsatilgan mazkur xarajatlarni toʻlash jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan kelishib olinishi lozim.
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart.
90. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
asosiy faoliyatdan, shuningdek boshqa qoʻshimcha faoliyatdan foyda olish huquqiga ega. Qoʻshimcha faoliyatni amalga oshirish davlat sherigi bilan oldindan kelishib olinadi va bunday faoliyatni amalga oshirishda taqdim etilgan yer uchastkasining koʻpi bilan 30 foizidan foydalaniladi.
91. Davlat-xususiy sheriklik konsessiya asosida amalga oshirilsa, xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
tutash hududni qurish, jihozlash, obod qilish va maktabgacha taʼlim muassasasini bitimda koʻrsatilgan muddatlarda konsessiya asosida foydalanishga topshirish boʻyicha choralar koʻrish;
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 20 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun 15 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan miqdorda) oʻrnatish.
12-bob. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
93. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
94. Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi:
yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
binolarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
yongʻin nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.
95. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
96. Bitim xususiy sherik litsenziya olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
moliyaviy mablagʻlar yetarli boʻlmasa, xususiy sherik imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi;
zarur boʻlsa, maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam berishi shart;
Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik:
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlari tashkil etish;
foyda olish;
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
maktabgacha taʼlim muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qoʻshimcha budjet subsidiyalarini olish huquqiga ega.
98. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 35 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun kamida 30 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish yuklatiladi.
13-bob. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
99. 25 nafargacha bolani tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
100. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi:
yongʻin nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
xususiy sherikning tarbiyaviy-taʼlim faoliyatini olib borayotgan pedagogika xodimi oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik maʼlumotiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat.
101. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
102. Bitim tuman (shahar) hokimligi tomonidan taklif qilinadigan ruxsat xususiy sherik tomonidan qabul qilingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
103. Davlat sherigi zimmasiga loyihani amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taʼminlash yuklatiladi:
tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa boʻyicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda haq toʻlash;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlanish, yumshoq ashyo va anjomlar hamda dori-darmonlarga sarflanadigan xarajatlarni qoplash;
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini oʻqitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish;
agar boshqa normativ hujjatlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy oldin bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi yoʻqligi haqida xabardor qilish;
bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ularni davlat talablariga muvofiq taʼminlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash;
maktabgacha taʼlim tuman boʻlimi tomonidan yuborilgan bolani qabul qilishni jiddiy asoslarsiz rad etmaslik;
tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish va bunday bilim va koʻnikmalarni orttirish, shuningdek malakani oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
105. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda qoʻshimcha tarzda:
ota-onalar bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (shu jumladan oʻqituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobiga tarbiyachi va uning yordamchisi ishini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish;
foyda olish huquqiga ega.
14-bob. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
106. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
107. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati) orqali amalga oshiriladi. Bu ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va xayriya maqsadida boshqacha koʻmak berish uchun mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bepul yoki imtiyozli shartlarda oʻtkazishda ifodalanadi.
108. Otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi:
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan boʻlsa);
oʻtkazib berilayotgan mulk va pul mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
ishlar va xizmatlarni imtiyozli asosda taqdim etish shartlari;
xususiy sherikning moliyaviy resurslari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
109. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqiladi va mintaqa aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida 1 yillik muddatga bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
110. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda:
oʻz xodimlarining farzandlarini otaligʻi ostidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga yuborishda ustuvorlikka ega boʻlish;
oʻz xayr-ehsonlaridan foydalanish maqsadi va tartibini belgilab olish;
taqdim etilayotgan mablagʻlar va mol-mulkdan maqsadli foydalanish toʻgʻrisida hisobot talab qilish huquqiga ega.
Bunda qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherikning soliq solish bazasi biriktirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga homiylik va xayriya yordami tarzida yuboriladigan mablagʻlar summasiga kamayadi.
bitimda belgilangan hajmlarda va muddatlarda homiylik yordamini koʻrsatishi;
otaligʻi ostidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga taʼlim jarayonini rivojlantirish va uning sifatini oshirishdan boshqa maqsadlarda yordam yubormasligi shart.
olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlashi;
olingan xayr-ehsonlar hisobini yuritishi;
xayr-ehsonlar olingan kundan boshlab oʻn kun ichida ular toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek agar oʻz rasmiy veb-saytlari mavjud boʻlsa, mazkur veb-saytlarda axborot berishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xususiy sherikka tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi shart.
15-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish
113. Davlat sherigi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasining moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisidagi barcha zarur hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan davlat subsidiyalari ajratilishi toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqib, Komissiya ijobiy qaror qabul qilgan boʻlsa, xususiy sherik bilan 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga bitim tuzadi.
114. Davlat sherigi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bitimlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qoʻshimcha xarajatlarni koʻrsatgan holda taqdim etib boradi.
115. Bir vaqtning oʻzida xususiy sherik mahalliy moliya organini faoliyat boshlanganligi haqida xabardor qiladi, bitimning koʻchirma nusxasini va joriy oyda bolalarni qabul qilish rejasini taqdim etadi.
116. Xususiy sherik qoʻshimcha tarzda hisobot oyidan keyingi har oyning 3 sanasigacha mahalliy moliya organiga ota-onalar toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnagan tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
117. Mahalliy moliya organlari hisobot oyidan keyingi har oyning 10 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga subsidiya ajratadi.
118. Vazirlik zarurat boʻlsa, xususiy sherik bilan kelishuv boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga, jumladan xususiy sherik tomonidan ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlari boʻyicha oʻqitilishi shart boʻlgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari sonini oshirishga doir qismiga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga, jumladan xususiy sherik tomonidan ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlari boʻyicha oʻqitilishi shart boʻlgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari sonini kamaytirishga doir qismiga oʻzgartishlar kiritish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan qoʻshimcha tarzda kelishib olish talab etiladi.
119. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-sonli qarori 1-bandining uchinchi — beshinchi xatboshilari, shuningdek, qarorning 3-va 4-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-noyabrdagi PQ-3378-sonli qarori.