Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-son
buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.
Ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga toʻlgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.