toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2021
Hujjat 01.01.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-sonli “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq hamda xotin-qizlar va oila institutini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda “Oila” markazi deb ataladi) muassisligida Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda Jamoat fondi deb ataladi) tashkil etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamoat fondining asosiy vazifalari etib xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamoat fondi muassislarining:
Keyingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) tarkibini 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasini 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi direksiya deb ataladi) xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direksiya xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markaziga ikki hafta muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamoat fondining ustavini tasdiqlash, Jamoat fondini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarni shakllantirish hamda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Vasiylik kengashi Jamoat fondining oliy organi, Ijro etuvchi direksiya ijro organi hisoblanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direksiyaga Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qilishi;
Jamoat fondi va Ijro etuvchi direksiyaning daromadlar va xarajatlar smetasi, yillik amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar rejasi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining quyidagilarni Jamoat fondi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd. soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Jamoat fondining mablagʻlari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi inobatga olinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish;
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashish;
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berish;
onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli ishlar olib borilishiga koʻmaklashish;
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan taʼminlashda boshlangʻich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan toʻlab berish;
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi hamda hududiy boʻlimlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlarni jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplash;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/699/3603-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direksiyani saqlash.
7. Jamoat fondiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning:
60 foizi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarga, shundan 10 foizi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun;
40 foizi “Oila” markazining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarga, shundan 10 foizi “Oila” markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilishi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vasiylik kengashiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining asosiy faoliyat yoʻnalishlariga ajratiladigan mablagʻlarning hisob-kitobi alohida yuritilishini taʼminlash maqsadida har bir yoʻnalish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direksiyaga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida unga bitta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-mart,
201-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga
1-ILOVA
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

D. Toshmuhamedova

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

A. Karimov

Moliya vazirining oʻrinbosari

4.

E. Muxitdinov

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

A. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

6.

Sh. Javlonov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

7.

G. Maxmudova

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi raisi

8.

O. Tadjiyev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ana shu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro etuvchi direksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 7 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/699/3603-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYaDLARI
Keyingi tahrirga qarang.

Lavozim nomi

Razryadi

Ijrochi direktor

16

Auditor taftishchi

14

Yuriskonsult

14

Buxgalteriya boʻlimi boshligʻi Bosh hisobchi

14

Bosh mutaxassis

12

Etakchi mutaxassis

11

”.

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/699/3603-son)