1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar;
8.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
4.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
5.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik;
6.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
7.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
8.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
9.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I va II boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 11-modda)
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5- 6, 69-modda):
“90-modda. Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning boshqa qoidalarini muntazam ravishda buzish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 166-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri toʻgʻrisida axborot boʻlmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
“178-modda. Monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarini va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi qaratilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki ularga atayin notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismida “90” raqami “90-moddaning ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “178” raqami esa chiqarib tashlansin;
5) 257-moddaning birinchi qismi “(sanitariya-ekologiya ekspertizasi qismida)” degan soʻzlardan keyin “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 261-moddaning birinchi qismi “89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizik taʼsir koʻrsatish bundan mustasno)” degan soʻzlardan keyin “90-moddaning birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, “162-moddasida” degan soʻzlardan keyin esa “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 265-moddaning birinchi qismi “ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) Kodeks quyidagi mazmundagi 2681 va 2682-moddalar bilan toʻldirilsin.
2681-modda. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga.
2682-modda. Arxitektura va qurilish organlari
Arxitektura va qurilish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
arxitektura va qurilish hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda):
birinchi qismining tavsif qismi “oʻq-dorilarni” degan soʻzlardan keyin “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining tavsif qismi “psixotrop moddalarni” degan soʻzlardan keyin “koʻp miqdorlarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit boʻlib oʻtayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va koʻzdan kechirish, shuningdek hujjatlar berish bilan bogʻliq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi”.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
281-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-songa ilova; 2002-y., 1-son, 11-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)