1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda qorakoʻl mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini koʻpaytirishga qaratilgan keng koʻlamli tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Oʻtgan davr mobaynida qorakoʻl zotli qoʻylarning bosh soni qariyb 2 baravarga koʻpayib, sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qorakoʻl qoʻylarining yangi turlari va choʻl ozuqabop ekinlarining yangi navlari yaratildi.
Shu bilan birga quyidagilar qorakoʻlchilik sohasining jadal rivojlanishiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda:
ikkinchidan, choʻlda ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslari yaratilmaganligi, choʻl ozuqabop oʻsimliklari istiqbolli navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish ishlari yoʻlga qoʻyilmaganligi;
uchinchidan, yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalarning joriy etilmaganligi, yaylovlardagi mavjud suv inshootlarining eskirganligi;
toʻrtinchidan, qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan yetishtirilgan qoʻy terisi, qorakoʻl terisi va junini xarid qilish, ularga ozuqa mahsulotlari yetkazib berishning yagona tizimi mavjud emasligi;
beshinchidan, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning modernizatsiya qilinmaganligi, ushbu sohada yangi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning barpo etilmaganligi;
oltinchidan, qorakoʻlchilik sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash mexanizmining mavjud emasligi hamda ularning qoʻnimsizligi.
Qorakoʻlchilik sohasini yanada isloh qilishni taʼminlash, sohada naslchilik ishlarini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish va jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli qorakoʻl terilarini yetishtirish, Buxoro qorakoʻli nufuzini qayta tiklash va sohaning eksport salohiyatini oshirish, qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Buxoro viloyati hokimligining:
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial);
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarashli Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Filialning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va Markazning tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, Filialning va Markazning tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
naslchilik va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini ilmiy asosda tizimli tashkil etish, bunda qimmatli, eksportbop yarim doira qalamgul, qovurgʻasimon, yassi gul tiplaridagi sur va qora rangli qorakoʻl qoʻylari seleksiyasini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
Buxoro viloyatining qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinash va uning ijobiy natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
naslli qoʻchqorlarning rangi va tipi boʻyicha hududlar hamda xoʻjaliklar kesimida almashinuvini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
qorakoʻlchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasi va qorakoʻlchilikda olib borilayotgan naslchilik va seleksiya ishlarini oʻrganish va bu borada erishilgan ilgʻor yutuqlarni joriy etish.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
choʻl hududlarida ozuqa ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, choʻl ozuqabop oʻsimliklar istiqbolli navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
choʻl ozuqabop ekinlari urugʻliklari yetishtiriladigan maydonlarda ilgʻor agrotexnik tadbirlarni joriy qilish, ushbu maydonlarni sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash va urugʻlik yetishtirish hajmini oshirish;
yaylovlar tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mos navlarni tanlash va ularning urugʻlarini jadal koʻpaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va ularni tiklash hamda hosildorligini oshirish uchun choʻl ozuqabop ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish;
qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning talabiga asosan ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetkazib berish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
5. Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan birgalikda Markaz tomonidan choʻl ozuqabop oʻsimliklar urugʻlarini yetishtirish maqsadida Buxoro viloyatining tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib 4 ta uchastka tashkil etib, ularga jami 1000 gektar yaylov yer maydonlari ajratib berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Filial va Markazni bir binoda joylashtirish choralarini koʻrsin.
Markaz respublikaning boshqa viloyatlarida ham oʻz filiallarini tashkil etishi va kelgusida Markaz hamda uning filiallari faoliyatini davlat-xususiy sherikchilik asosida yoʻlga qoʻyishi mumkinligi belgilansin.
6. Quyidagilar Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), Filial va Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Institut, Filial va Markazni saqlash, shu jumladan xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grant mablagʻlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan grant mablagʻlari qorakoʻlchilik sohasi boʻyicha amalga oshirilayotgan aniq ishlanma va loyiha tashabbuskorlarini ragʻbatlantirish maqsadlari uchun yoʻnaltirilishi belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut, Filial va Markazni saqlash, xodimlar uchun budjet hisobidan ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni 2018-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
8. Belgilansinki, Markazning choʻl yaylov oʻsimliklarning urugʻliklarini yetishtirish va ularni choʻl hududlarda ekish bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, shu jumladan 2018-yilda 2,5 milliard soʻm miqdorda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi inqirozga uchragan yaylov maydonlarining tiklanish davrida yaylov sifatida foydalanilmasligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Filial va Markazda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish hamda Markazni qishloq xoʻjalik texnikalari bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini;
bir oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab qorakoʻlchi seleksioner va choʻl oʻsimliklari yaylovshunosi yoʻnalishida sirtqi boʻlimni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar, shuningdek, Institut tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
10. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar va qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qorakoʻlchilik uchun zarur boʻlgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan materiallar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
b) qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻi stavkalari 2023-yil 1-yanvarga qadar oʻzgarishsiz qoldiriladi;
v) respublika hududida qorakoʻl terisi va junini tayyorlash hamda xarid qilish “Oʻzcharmsanoat” va “Qorakoʻlchilik” uyushmalari tizimidagi korxonalar tomonidan oldindan 50 foiz boʻnak toʻlash orqali amalga oshiriladi.
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, Respublika tovar xom ashyo birjasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” va “Qorakoʻlchilik” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qoʻy terisi, qorakoʻl terisi va junini xarid qilish, shuningdek, ularga omuxta yem, arpa, paxta shroti va sheluxasini yetkazib berish tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
12. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qorakoʻlchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh qorakoʻl terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Qorakoʻl” uyushmalarining Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallarida ochiladigan maxsus hisob raqamlar shaklida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
13. Jamgʻarmalarning asosiy vazifalari etib:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
jahon bozorida qorakoʻlchilik mahsulotiga boʻlgan talab va takliflarni, qorakoʻlchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, malaka oshirish masalalari boʻyicha mahalliy qorakoʻlchi mutaxassislarning xizmat safarlarini tashkil etishni;
respublika miqyosida naslli qorakoʻl koʻchqorlarini xoʻjaliklararo almashtirish boʻyicha koʻrgazmali seminarlar tashkil etish xarajatlarini;
qorakoʻlchilik sohasida mahalliy va chet el mutaxassislari ishtirokida koʻrgazmali oʻquv seminarlari oʻtkazishni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
respublikada qorakoʻlchilik mahsulotlarini eksport qilishda qorakoʻlchilik korxonalarini qoʻllab-quvvatlashni;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
qorakoʻlchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari va naslchilik korxonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallari orqali 3 yil muddatga 3 foizli imtiyozli yillik stavka boʻyicha kredit liniyalarini ochishni moliyalashtirish hisoblansin.
14. Quyidagilar Jamgʻarmalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamgʻarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablagʻlari;
Jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hamda Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimliklarining mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq Jamgʻarmalarning dastlabki mablagʻlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2019-2020-yillar davomida Jamgʻarmalar mablagʻlarining oʻzlashtirilishidan kelib chiqib, zaruratga koʻra, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga “Qorakoʻlchilik” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyati hududida qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarida mavjud qorakoʻl qoʻylarining zotini yaxshilash maqsadida chetdan naslli qoʻylar sotib olish hamda viloyatda qorakoʻl terisi, junini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha 30 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish tavsiya etilsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
16. Qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida sunʼiy urugʻlantirish punktlarini modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, chetdan naslli qoʻylar, qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun zarur texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish, qorakoʻl terisi va junini qayta ishlash, choʻl ozuqabop oʻsimliklarni yetishtirishga moʻljallangan yaylovlarni rivojlantirish va ularning hosildorligini oshirish bilan bogʻliq loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasidan resurs mablagʻlari ajratilishiga, kafilliklar berilishiga hamda kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar toʻlanishiga ruxsat berilsin.
17. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki 2018-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charmpoyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan kredit liniyalari hisobidan Buxoro shahrida qorakoʻl terisi xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonasi tashkil etilishini taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
18. “Oʻzagrotexsanoatxolding” va “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatlari qorakoʻlchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarga choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklarning urugʻliklarini yetishtirish va ularni choʻl hududlarida ekish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnikalarni lizing asosida yetkazib berish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari mazkur qarorning 4- va 5-ilovalariga asosan 2018 — 2020-yillarda uzoq choʻl hududlarida qorakoʻl qoʻylarini sugʻorish inshootlari (tik va shaxtali quduqlar)ni taʼmirlash va yangilarini qurish bilan bogʻliq xarajatlari uchun mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 45 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining soʻroviga asosan yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan budjet ssudalari ajratilishini taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining sugʻorish inshootlarini taʼmirlash va qurish ishlarining maqsadga muvofiqligi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda gidrogeologik xulosalari hamda quduqlarni eng maqbul joylarda qazish boʻyicha takliflari asosida sugʻorish inshootlarini taʼmirlash va yangilarini qurish ishlarini amalga oshirish hamda ularning saqlanishi yuzasidan nazorat oʻrnatish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
20. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Respublika “Qorakoʻlchilik” va “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qorakoʻl terisini xalqaro moʻyna kimoshdi savdolarida realizatsiya qilish va salohiyatli chet ellik sheriklarni topish orqali tashqi bozorlarga chiqish, oʻzbek qorakoʻl terisining xalqaro miqyosdagi brendini tiklash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga, qoʻshni davlatlarga chegaradosh tumanlar hokimlariga qorakoʻlchilik mahsulotlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy tuzilmalarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qorakoʻlchilik mahsulotlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining oʻz vaqtida oldini olish boʻyicha ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi belgilansin.
22. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan birgalikda qorakoʻlchilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va mazmuni aholi orasida muntazam ravishda keng yoritilishini taʼminlasin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi N.E. Yuldashov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-mart,
PQ-3603-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PQ-3603-son qaroriga 1-ILOVA
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filialining
TUZILMASI
boshqaruv xodimlarining umumiy soni 6 nafardan iborat.