Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi
Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlaridan oshadigan tovarlarga;
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan naqd koʻrinishdagi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududidan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyoridan oshadigan tovarlarga;
qonun hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga toʻldiriladi.”.
2. Mazkur qaror Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.