1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirIning
buyrugʻi
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2240-3]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-fevral,
34-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 34-son buyrugʻiga ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 45-bandiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa;”;