Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 6-sentabrdagi 82-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1725, 2007-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 423-modda) bilan tasdiqlangan Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklaridan biri boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlish yoxud Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan oʻtgan taqdirda) olingan fizika-matematika yoki iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlish;”.
“b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud fizika-matematika, iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi), yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi bilan kelishilgan.
1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
4. Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
9. Amaliy matematika va informatika.”.