1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.13.00.00 Asossiz boyib ketish natijasidagi majburiyatlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2835-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-maydagi 12-sonli ““Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2835-4, 24.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-oktabrdagi 77-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2835, 2016-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlardan chegirma qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Pensioner Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining ortiqcha toʻlangan pensiya summasini ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab koʻpi bilan uch yil uchun sud orqali undiriladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
21-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2018-y., 10/18/2835-1/0796-son)