Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va xomashyolarning ayrim turlari Roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ichki bozorni kartoshka bilan yanada taʼminlash xamda narx-navo oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, 2019-yilning 1-yanvarigacha. bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va xomashyolarning ayrim turlari
Roʻyxati quyidagi mazmundagi 4
1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi import boʻyicha olib kelinayotgan kartoshkani belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻz vaqtida va erkin oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.