Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tumanda joylashgan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki uning filiali rahbari, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.”.
2. 17-bandning
“d” kichik bandidagi “tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi” degan soʻzlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.