toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, ularga mazkur sohada keng qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2011-y., 11-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom 8-bandining birinchi xatboshidagi “100” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-fevral,
126-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/126/0783-son)