1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA BOLALAR IJTIMOIY MOSLASHUVI MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Maʼnaviy barkamol va jismoniy sogʻlom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning toʻliq ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan toifadagi bolalar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarurligini jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 15 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Belgilab qoʻyilsinki, Markaz direktori Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida unga hisobot beradi.
Markaz direktoriga, zarurat boʻlganda, Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar oʻrtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo boʻlishiga olib keladigan omillarning salbiy taʼsirini kamaytirish;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
bolalarning alohida nochor guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini oʻrganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari boʻyicha oʻquv-metodik va maʼlumotnoma qoʻllanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
bolalarning maqsadli guruhlariga, jumladan eʼlon qilingan Mehr va muruvvat yili doirasida moʻljallangan tadbirlarga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish ishlarini, ushbu sohada maʼrifiy va tashkiliy-targʻibot tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot-tahliliy materiallarni, statistika materiallarini va boshqa materiallarni olishda Markazga koʻmaklashsinlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlovchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning Markaz bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlasinlar.
5. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalarining materiallari bir nusxadan majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining statistika axborotnomalari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov), “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (B.Sh. Alimov) Markazning kutubxona fondini toʻldirish uchun davriy matbuot nashrlari va kitob mahsulotlari (maxsus tibbiy, tarbiyaviy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar) bir nusxadan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga tekin berilishini taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) joriy 2004-yilda, shuningdek keyingi yillarda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini tashkil etish va uning joriy taʼminoti uchun asoslangan buyurtmanomalarga koʻra Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga mablagʻ ajratsin.
8. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha Markaz xodimlarining lavozim maoshlari sxemasini tasdiqlasin.
9. Toshkent shahar hokimligi (R.M. Shoabdurahmonov) bir oy muddatda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga bino ajratsin, uning faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin, zarurat boʻlganda, berilgan binolarni taʼmirlasin, telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-sentabr,
419-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining USTAVI
I. Umumiy qoidalar
1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), shuningdek ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli boshqa guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari) ijtimoiy moslashtirish muammolarini ishlab chiquvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi.
2. Markaz oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
3. Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
davlat tilida — Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi;
rus tilida — Respublikanskiy sentr sotsialnoy adaptatsii detey;
ingliz tilida — The Republican Center for Social Adaptation of Children.
5. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida joylashgan.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga hamda oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa xizmat belgilari va rekvizitlarga ega boʻladi.
7. Markaz qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq tashkil etiladigan boʻlimlar va filiallarga ega boʻlishi mumkin.
II. Markazning maqsadi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
8. Nogiron bolalarni, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar, shuningdek yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan, notinch oilalar bolalari muammolarini ishlab chiqish va ular toʻlaqonli ijtimoiy-tibbiy moslashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashish Markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar oʻrtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo boʻlishiga olib keladigan omillarning salbiy taʼsirini kamaytirish;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
bolalarning alohida nochor guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini oʻrganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari boʻyicha oʻquv-metodik va maʼlumotnoma qoʻllanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
bolalarning maqsadli guruhlariga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar, sogʻliqni saqlash muassasalari mutaxassislarini, nodavlat tashkilotlar vakillarini, shuningdek xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlaridan Markazga yuklangan vazifalar doirasida zarur axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soʻrash va olish;
asab va ruhiyati buzilgan, jismoniy nuqsoni boʻlgan, nogiron va surunkali ogʻir kasalliklarga chalingan bolalarning, shuningdek yetim bolalar, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolarini oʻrganish sohasida tadqiqot grantlarini olish uchun Fan va texnologiyalar markazi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarda qatnashish;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
xalqaro hamkorlik dasturlarida qatnashish, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, markazlar, oʻquv yurtlari bilan birgalikda xayriya tadbirlari oʻtkazish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-amaliy ishlarni va ishlanmalarni amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy moslashtirish sohasida maslahatlar berish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish va moslashtirish muammolari boʻyicha axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalar va axborotnomalar chiqarish;
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda mamlakat mintaqalarida filiallar va boʻlimlar tashkil etish.
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari Markaz tomonidan tegishli organlardan litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
11. Markaz Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga har yili bolalarni ijtimoiy-psixologik moslashtirish masalalari boʻyicha oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish muammolarini oʻrganish loyihasi;
Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar (notinch oilalar, bolalar jinoyatchiligi) bilan ijtimoiy-tarbiyaviy ishlar olib borish muammolari loyihasi;
Markaz oldida turgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolari boʻyicha belgilangan tartibda boshqa loyihalar ham tashkil etilishi mumkin.
13. Bolalarning maqsadli guruhlarini ijtimoiy moslashtirishning eng dolzarb muammolarini ishlab chiqish, ularni hal qilish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun Markazda shartnoma asosida boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda vaqtinchalik ishchi guruhlar va loyihalar tuzilishi mumkin.
14. Markaz faoliyati bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal etish uchun Markazning yetakchi mutaxassislari, vazirliklar va idoralar, davlat muassasalari va nodavlat tashkilotlar ekspertlaridan iborat tarkibda direktor boshchiligida Ilmiy-metodik maslahat kengashi tashkil etiladi, Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida hamda Kengash toʻgʻrisidagi tegishli nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ilmiy-metodik kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
15. Markazga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchilik qiladi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida unga hisobot beradi.
Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash miqdorlari va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash miqdorlarini belgilaydi;
Markaz xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda Markaz faoliyatining yillik ish rejalarini tasdiqlaydi;
Markaz tomonidan tashkil etilgan boʻlimlar va filiallar faoliyatini nazorat qiladi.
Direktor Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni ham hal qiladi.
17. Markaz direktori, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
V. Markazni moliyalashtirish manbalari va uning mol-mulki
18. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
davlat budjeti mablagʻlari;
shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun Markaz faoliyatidan olingan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.
19. Asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar) hamda aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar Markazning mol-mulkini tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
20. Shartnoma asosida bajarilgan ishlar uchun Markaz tomonidan olingan daromad soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin mazkur Ustavda belgilangan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.
VI. Hisobga olish, hisobot va nazorat
21. Markaz oʻz faoliyati natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini, statistika hisobotini yuritadi, hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.
22. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.