Davlat boji stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Notarial idoralariga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan davlat boji stavkalarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 2018-yil 1-martdan eʼtiboran ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2018-yil 1-martga qadar:
notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari oʻrtasida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida hududiy seminarlarni tashkil etsin;
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
123-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 123-son qaroriga ILOVA
Davlat boji stavkalarining 4-bandiga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiradi:
a) koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno:
Koʻchmas mol-mulk joylashgan joy
Koʻchmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab:
100 kv.m gacha boʻlganda
100 kv.m dan 200 kv.m. gacha boʻlganda
200 kv.m va undan ortiq boʻlganda
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida
boshqa aholi punktlari
eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida
Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga koʻchmas mol-mulkni oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda koʻchmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 5 foizi miqdorida;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 600 mln. soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
v) ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq davlat boji toʻlab sotib olingan koʻchmas mol-mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi;
g) mol-mulkni ijaraga berish bilan bogʻliq shartnomalarni:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
boshqa jismoniy shaxslarga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;
yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “r” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Bitim ishtirokchilari (taraflari)
Shartnoma summasiga qarab:
Eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha
Eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan 5000 baravarigacha
Eng kam oylik ish haqining 5000 baravari va undan ortiq boʻlganda
jismoniy shaxslar uchun
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
yuridik shaxslar uchun
eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida
Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;
j) banklar bilan qarz oluvchilarning kredit boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
Shartnoma summasiga qarab:
Eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha
Eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha
Eng kam oylik ish haqining 300 baravari va undan ortiq boʻlganda
eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida
eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
k) nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
l) aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
m) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;
n) merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:
birinchi navbatdagi vorislarga — meros summasining 0,1 foizi miqdorida;
ikkinchi navbatdagi vorislarga — meros summasining 0,5 foizi miqdorida;
qolgan vorislarga — meros summasining 2 foizi miqdorida.
Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida oʻtayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxoʻrlik tayinlangan kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi;
o) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
p) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Transport vositasining dvigatel quvvati boʻyicha
Ishlab chiqarilgan muddatiga qarab:
3 yilgacha boʻlganda
3 yildan 7 yilgacha boʻlganda
7 yil va undan ortiq boʻlganda
60 ot kuchigacha boʻlganda
eng kam oylik ish haqining
4 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida
eng kam oylik
ish haqining 2 baravari miqdorida
60 ot kuchidan
110 ot kuchigacha boʻlganda
eng kam oylik ish haqining
6 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida
eng kam oylik
ish haqining 3 baravari miqdorida
110 ot kuchidan yuqori boʻlganda
eng kam oylik ish haqining
10 baravari miqdorida
eng kam oylik ish haqining 8 baravari miqdorida
eng kam oylik
ish haqining 5 baravari miqdorida
bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun
eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida
eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida
eng kam oylik
ish haqining 10 foizi miqdorida
Izoh. Ayirboshlash shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir avtomototransport vositasidan undiriladi.
Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini oʻtkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;
bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga koʻra va notariusning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan hududlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi;
r) avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
boshqa shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
s) koʻchmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
boshqa shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
t) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
u) meros mulkni muhofaza qilish choralarini koʻrganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
f) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining toʻgʻriligini shahodatlash uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
x) ijro xatlari yozib berganlik uchun — undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi boʻyicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan toʻlanmagan toʻlovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi.
ch) hujjatlarning nusxalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash uchun:
jismoniy shaxslar uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;
sh) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun:
jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
e) notarial idoralarda mavjud boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;
yu) banklarda hisob raqamlari ochishda imzolarning haqiqiyligini shahodatlash uchun — eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;
ya) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial harakatlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “yu” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
ya1) boshqa turdagi shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, mazkur bandning “a” — “yu” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno:
jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;
Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorida undiriladi, ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlash bundan mustasno, shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bogʻliq amalda sarflangan xarajatlar toʻlanadi.
Mol-mulkni oʻzga shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilishda davlat boji undirilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/123/0713-son)