Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi
qaroriga va 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning
15-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 22-dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (roʻyxat raqami 2168, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
uchinchi xatboshidan “daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidan “(daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 10-band “a” kichik bandining
ikkinchi xatboshisidagi “12-bandi (toʻrtinchi xatboshisi bundan mustasno) va 13-bandiga” degan soʻzlar “12 va 13-bandlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.