Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
“Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-son “Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2591, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 275-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning
nomidagi hamda
1-bandidagi “Qamoq jazosiga va ozodlikdan” degan soʻzlar “Ozodlikdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
ilovaning
nomidagi “Qamoq jazosiga va ozodlikdan” degan soʻzlar “Ozodlikdan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddimadan “qamoq jazosiga va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.