Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
“Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 23-yanvardagi 113, 2010-51-son “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2195, 2011-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 72-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 28-dekabrdagi 86, 2011-44-son “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2195-1, 2012-yil 26-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 38-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-son “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2195-2, 2016-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 137-modda).