Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2748, 2015-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 656-modda) bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi
uchinchi xatboshisidan “notarial tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.