toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2025
Hujjat 08.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qarorining 1 va 2-ilovalari 2025-yil 19-iyulgacha amal qiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni tartibga solish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlarini umum qabul qilingan jahon standartlariga muvofiqligini taʼminlash, bojxona jarayonlari va rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, bojxona chegarasini bosib oʻtayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orkali olib oʻtishda — 2 000 (ikki ming) AQSH dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yoʻl va daryo bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyoʻl (piyoda) bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 300 (uch yuz) AQSH dollari;
jismoniy shaxslar manziliga xalqaro pochtalar va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlar uchun - bir kalendar oy mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;
Keyingi tahrirga qarang.
b) bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari 1-ilovaga muvofiq;
v) bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 3 000 (uch ming) AQSH dollari;
Keyingi tahrirga qarang.
g) jismoniy shaxslar tomonidan respublikadan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari 2-ilovaga muvofiq miqdorda belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
d) shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
qarorning mazkur bandidagi “a” — “g” kichik bandlarida belgilangan normalar chegarasida bojxona chegarasidan oʻtishda, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalaridan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan va olib ketiladigan tovarlar, ularni majburiy yozma deklaratsiya qilmagan holda amalga oshiriladi;
qarorning mazkur bandidagi “a” — “g” kichik bandlarida belgilangan normalarning oshib ketishi holatlarida, qonun hujjatlariga muvofiq, bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (M.V. Toxiriy) Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) bilan birgalikda ushbu qarorning tartib-qoidalarini respublika aholisi va xorijiy davlatlar fuqarolariga oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning tartib-qoidalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-iyuldagi PQ-1118-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-fevral,
PQ-3512-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga
1-ILOVA
Bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari
normalari

T/r

Tovarning nomi

Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib kiriladigan tovarlar normalari

1.

Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo

umumiy miqdori 2 litrdan koʻp boʻlmagan

2.

Tamaki mahsulotlarining barcha turlari

umumiy miqdori 10 qutidan koʻp boʻlmagan

3.

Atir va ifor taratuvchi suvlar

umumiy miqdori 3 tadan koʻp boʻlmagan

4.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari

umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan

Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib oʻtishda mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan cheklangan normalarga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga
2-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari
normalari

T/r

Qisqacha nomi

Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlar normalari

1.

Guruch

umumiy ogʻirligi 3 kg.dan koʻp boʻlmagan

2.

Non-bulka mahsulotlari

umumiy ogʻirligi 5 kg.dan koʻp boʻlmagan

3.

Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari

umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan

4.

Shakar

umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan

5.

Oʻsimlik moylari

umumiy ogʻirligi 2 kg.dan koʻp boʻlmagan

6.

Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli oʻsimliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar

umumiy ogʻirligi 40 kg.dan koʻp boʻlmagan

Izoh. Ushbu tovarlar qiymati jismoniy shaxs tomonidan olib kelishda mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida belgilangan cheklangan normaga kiritiladi.
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)