Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining
Bojxona kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
farmoniga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 15-oktabrdagi 01-02/12-24-son ““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2154, 2010-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 418-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-15-son “““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish qoidalari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2154-1, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 152-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.