toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 12.07.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import isteʼmol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-avgust,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan ayrim
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozlari va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorida:
4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadiga tabaqalashtirilgan soliq stavkalari”

‎‎1. Savdo korxonalari uchun‎‎

Daromadlilik‎

‎‎Korxonalarning daromad olish darajasi (yalpi daromadning tovar aylanmasiga nisbati, foizlarda)

‎‎Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari (yalpi daromadga nisbatan foizlarda) ‎

shahar va qishloq joylaridagi korxonalar‎‎

uzoq va togʻli tumanlardagi korxonalar ‎‎

Foizgacha‎ ‎

‎‎‎‎20‎ ‎

‎‎20‎‎

15‎‎

Foizdan ortiq‎‎

‎‎20‎‎

30*‎

30*

‎‎2. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun

Daromadli lik‎‎

Korxonalarning daromad olish darajasi (yalpi daromadning tovar aylanmasiga nisbati, foizlarda) ‎‎‎

‎‎‎‎Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari (yalpi daromadga nisbatan foizlarda) ‎‎

shahar va qishloq joylaridagi korxonalar‎‎

shahar va qishloq joylaridagi korxonalar‎‎ ‎

uzoq va togʻli tumanlardagi korxonalar ‎‎

Foizgacha‎‎

40‎

22‎

17‎

15‎

Foizdan ortiq‎‎

40‎

50*

50*‎

50*

Eslatma:
*Stavka daromadlilikning belgilangan darajasidan oshuvchi daromadlarga nisbatan qoʻllaniladi”;
8-2-ilovadagi tovar nomlari: “3 kilogrammgacha qadoqlangan qora va koʻk choy”, “oʻsimlik moyi”, “mol yogʻi”, “shakar-qand” va unga tegishli tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi va stavkalar chiqarib tashlansin”.