YOSH ISTEʼDODLAR UCHUN “NIHOL” MUKOFOTINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Yosh isteʼdod egalarining jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʻrnini inobatga olib, oʻzining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-eʼtiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʻrsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʻbatlantirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
1. Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar va sanʼat jamoatchiligining yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Nihol” mukofotini taʼsis etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
“Nihol” mukofoti yakka va turkum musiqiy asarlar yaratish va ijro etishda yuksak badiiy mahorat koʻrsatgan, 25 yoshgacha boʻlgan ijodkorlarga har yili Mustaqillik bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 323-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-martdagi 44-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 85-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Nihol” mukofoti sovrindorlariga har yili eng kam ish haqining 70 barobari miqdorida 15 ta pul mukofoti ajratilishini, sovrinlarni tayyorlash, matbaa, reklama va tashkiliy ishlar bilan bogʻliq tegishli sarf-xarajatlarning qoplanishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 323-modda)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-martdagi 44-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 85-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 192-modda; 2006-y., 11-son, 85-modda; 20-21-son, 176-modda; 31-32-son, 323-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)