Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori (roʻyxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima sanksiyalarining summalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.