Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati diagnostika stansiyalarining texnika nazorati boʻyicha vazifalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 9-bandning
“v” kichik bandidagi “tergov va surishtiruv idoralari” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 53-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Tergov yoki surishtiruv idoralari qarorlari” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi va tergovchining qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 59-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “transport vositalarining texnik holatini tekshirish” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 60-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “transport vositalarining texnik holati diagnostika kartadan tashqari” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.