Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va xodimlarning moddiy sharoitlarini yaxshilash, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-sentabrdan boshlab:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari, pedagog va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun ular lavozim maoshlarini mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha bir razryadga oshirish hisobiga lavozim maoshlarining yangi miqdorlari belgilansin;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining yagona yillik oʻquv yuklamasi yiliga 640 soat miqdorida belgilansin;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlari, pedagog xodimlari, psixologlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun lavozim maoshining 25 foizi miqdorida har oylik ustama belgilansin. Ustama Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha yangi razryadlarini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga 1-ilova
15-bandining;
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi
“v” kichik bandining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.