1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunning maqsadi maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashdan iboratdir.
2-modda. Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Maxsus maʼmuriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.
Maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus maʼmuriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qoʻllaniladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ushbu Qonun maʼmuriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish, davlat xizmatini oʻtash, referendumlar, saylovlar oʻtkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan maʼmuriy hujjat yoki maʼmuriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari maʼmuriy hujjatga yoki maʼmuriy harakatga daxldor boʻlgan yoxud daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxs;
maʼmuriy ish yuritish — maʼmuriy tartib-taomil orqali tartibga solingan maʼmuriy ishni koʻrib chiqish, maʼmuriy hujjatni qabul qilish, uni maʼmuriy shikoyat boʻyicha qayta koʻrish, shuningdek maʼmuriy hujjatni ijro etish jarayoni;
maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) — maʼmuriy organning qonun hujjatlari doirasida yoʻl qoʻyilgan choralardan birini qonuniylikka va maqsadga muvofiqlikka oʻzi baho berishi asosida oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻllash yoki tegishli chorani qoʻllashdan voz kechish huquqi;
maʼmuriy organlar — maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida maʼmuriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
maʼmuriy tartib-taomil — maʼmuriy organlarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar;
maʼmuriy harakatlar — maʼmuriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, maʼmuriy yoki protsessual hujjat boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi);
maʼmuriy hujjat — maʼmuriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, oʻzgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi taʼsir chorasi;
maʼmuriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaxslar guruhiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqaruv faoliyati;
protsessual hujjat — maʼmuriy organ tomonidan maʼmuriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, maʼmuriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjat.
5-modda. Maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari
Maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
mutanosiblik;
ishonchlilik;
tinglanish imkoniyatining mavjudligi;
maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi;
manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi;
byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi;
mazmunan qamrab olish;
maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi;
teng huquqlilik;
ishonchning himoya qilinishi;
maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi;
tekshirish.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Maʼmuriy tartib-taomillar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan taʼsir choralari maʼmuriy organ tomonidan koʻzlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va yetarli boʻlishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak.
8-modda. Ishonchlilik prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, maʼmuriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi.
Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar talab qilish, agar qonunda bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.
9-modda. Tinglanish imkoniyatining mavjudligi prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organ manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart.
10-modda. Maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Maʼmuriy tartib-taomillar ochiq, shaffof va manfaatdor shaxslar uchun tushunarli boʻlishi lozim.
Maʼmuriy organlar maʼmuriy tartib-taomillar haqidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi OʻRQ-369-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
11-modda. Manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi prinsipi
Maʼmuriy ish yuritish davomida yuzaga keladigan, qonun hujjatlarining bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu manfaatdor shaxslar foydasiga talqin qilinadi.
12-modda. Byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tugʻdirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash maʼmuriy organlarga taqiqlanadi.
Agar manfaatdor shaxs vijdonan harakat qilgan, oʻz majburiyatlarini mazmunan bajargan boʻlsa hamda rasmiy qoidalar va talablarning yoʻl qoʻyilgan buzilishlari maʼmuriy ishni mazmunan toʻgʻri hal qilishga toʻsqinlik qilmasa, manfaatdor shaxs tomonidan rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilmaganligi nomuvofiq maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.
13-modda. Mazmunan qamrab olish prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organlar manfaatdor shaxslarga ilgari ushbu shaxslar tomonidan boshqa harakatlar doirasida bajarilgan talablarni qoʻyishga haqli emas.
Agar maʼmuriy organga taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar maʼnosiga koʻra boshqa zarur hujjatlar mazmunini oʻz ichiga olsa, ushbu hujjatlar qoʻshimcha yoki alohida tarzda talab qilinishi mumkin emas.
Agar amalga oshirilgan maʼmuriy tartib-taomil maʼnosiga koʻra boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni oʻz ichiga olsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ular ham amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
14-modda. Maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi prinsipi
Maʼmuriy organga maʼmuriy tartib-taomilni amalga oshirish uchun boshqa maʼmuriy organlardan hamda oʻzga organlardan hujjatlar va maʼlumotlar olish talab etilgan hollarda, maʼmuriy ish yuritish “bir darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshirilib, bunda maʼmuriy organ zarur hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil ravishda, manfaatdor shaxslarning ishtirokisiz, idoralararo oʻzaro hamkorlik vositasida oladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organlarga bir xildagi haqiqiy holatlarga ega maʼmuriy ishlarni hal etishda teng boʻlmagan yondashuvni namoyon etish taqiqlanadi.
Haqiqiy holatlari boʻyicha jiddiy farqlanadigan maʼmuriy ishlarni bir xil tarzda hal etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maʼmuriy organ maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) bir xil usulda amalga oshirishi shart. Ushbu qoida maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, shakllangan maʼmuriy amaliyot oʻzgartirilishini istisno etmaydi.
16-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxslarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi.
Maʼmuriy organlar manfaatdor shaxslarning yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyot bilan bogʻliq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shart. Yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyotning oʻzgartirilishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan boʻlishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror boʻlishi kerak.
17-modda. Maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi prinsipi
Maʼmuriy organ maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) qonun hujjatlarida belgilangan doirada amalga oshirishi shart.
Maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan maʼmuriy hujjatlar va amalga oshirilgan maʼmuriy harakatlar ushbu vakolatning maqsadiga mos kelishi kerak.
18-modda. Tekshirish prinsipi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organ maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirishi shart.
Zarurat boʻlganda, maʼmuriy organ manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan dalillar bilan cheklanmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz tashabbusi bilan qoʻshimcha dalillar yigʻishga haqli.
19-modda. Maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplarining qoʻllanilishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy hujjatlar va maʼmuriy harakatlar maʼmuriy tartib-taomillarning prinsiplariga muvofiq boʻlishi kerak.
Maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik maʼmuriy hujjatlarning va maʼmuriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta koʻrib chiqilishiga olib keladi.
2-bob. Maʼmuriy tartib-taomillarning umumiy qoidalari
20-modda. Maʼmuriy ishlarning taalluqliligi
Maʼmuriy organlar maʼmuriy ish yuritishni qonun hujjatlarida oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.
Maʼmuriy ishlarning taalluqliligi toʻgʻrisidagi nizolar maʼmuriy organlar uchun yuqori turuvchi hisoblangan organ yoki maxsus vakolatli organ tomonidan hal etiladi.
21-modda. Idoralararo hamkorlik
Idoralararo hamkorlik maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Boʻysunuv munosabatlarida boʻlgan maʼmuriy organlar oʻrtasidagi munosabatlar idoralararo hamkorlik hisoblanmaydi.
Maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi samaraliroq tarzda tegishli yordam koʻrsata oladigan vakolatli maʼmuriy organga yoʻllanishi kerak.
Maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻroviga javob berilmaganligi maʼmuriy ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
22-modda. Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
maʼmuriy organ;
qabul qilinayotgan maʼmuriy hujjat yoki amalga oshirilayotgan maʼmuriy harakat oʻziga qaratilgan shaxs (bundan buyon matnda adresat deb yuritiladi);
huquqlari va qonuniy manfaatlariga maʼmuriy hujjat yoki maʼmuriy harakat daxldor boʻlgan yoxud daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxs (bundan buyon matnda uchinchi shaxs deb yuritiladi).
Maʼmuriy organ uchinchi shaxslarni maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etishga oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga koʻra jalb qilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda uchinchi shaxslar maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etishga majburiy tartibda jalb etiladi.
Yuridik shaxslar maʼmuriy ish yuritishda qonun hujjatlarida, taʼsis hujjatlarida yoki qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada belgilangan vakolatlari doirasida harakat qiluvchi oʻz vakillari orqali ishtirok etadi.
Jismoniy shaxslar maʼmuriy ish yuritishda bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi mumkin, bundan qonun hujjatlarida ularning shaxsan ishtirok etishi zarurligi nazarda tutilgan hollar mustasno. Vakilning ishtirok etishi jismoniy shaxsni maʼmuriy ish yuritishda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada bayon etilishi kerak.
Manfaatdor shaxsning vakili maʼmuriy ish yuritishga taalluqli barcha harakatlarni oʻzi vakillik qilayotgan shaxs nomidan bajarishga vakolatlidir, shuningdek, agar qonunda yoki uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy ish yuritishning oʻzi vakillik qilayotgan ishtirokchisi ega boʻlgan barcha huquqlardan foydalanadi.
24-modda. Manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.03.00 Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar]
Manfaatdor shaxslar maʼmuriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxa koʻchirish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, maʼmuriy ish yuritish boʻyicha arz qilish, iltimosnomalar berish, maʼmuriy organga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, maʼmuriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va vajlariga qarshi eʼtiroz bildirish, maʼmuriy va protsessual hujjatlar, shuningdek maʼmuriy harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Manfaatdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Manfaatdor shaxslar oʻziga berilgan protsessual huquqlardan vijdonan foydalanishi va qonun hujjatlarida oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak.
25-modda. Maʼmuriy ish yuritish olib boriladigan til
Maʼmuriy organda maʼmuriy ish yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etish va maʼmuriy ish materiallari bilan tanishish chogʻida, zarurat boʻlganda, tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin, shuningdek ular oʻz ona tilida soʻzlash huquqiga ega.
26-modda. Maʼmuriy ish yuritishda huquqiy vorislik
Manfaatdor shaxslardan biri maʼmuriy ish yuritishdan maʼmuriy hujjat qabul qilinguniga qadar chiqib ketgan taqdirda, mazkur shaxsni uning huquqiy vorisi bilan almashtirishga, agar bunday huquqiy vorislik qonun hujjatlariga muvofiq mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Maʼmuriy organ oʻzgartirilgan, tugatilgan yoki uning nomi oʻzgartirilgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50, 53-moddalari.
Huquqiy voris maʼmuriy ishga kirishguniga qadar maʼmuriy ish yuritish davomida amalga oshirilgan barcha harakatlar oʻrnini boʻshatib bergan manfaatdor shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
27-modda. Maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslar
Maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqalar) maʼmuriy ish yuritishga ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida maʼmuriy organ tomonidan oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jalb qilinadi.
Maʼmuriy organ guvoh, ekspert va tarjimonni bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar, notoʻgʻri ekspert xulosalari berganlik hamda notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
Maʼmuriy hujjatni qabul qilishda ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish yoki maʼmuriy organning mansabdor shaxsi tomonidan muayyan harakatlarning amalga oshirilishi faktini guvohlantirish uchun guvoh maʼmuriy ish yuritishga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ixtiyoriy tartibda jalb qilinishi mumkin.
Guvoh oʻz xohishiga koʻra ogʻzaki yoki yozma koʻrsatuvlar beradi. Guvohning ogʻzaki koʻrsatuvlari maʼmuriy organ tomonidan tegishli bayonnomada bayon etiladi.
29-modda. Maʼmuriy ish yuritishda ekspert
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
Maʼmuriy organ fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlar talab etiladigan masalalar yuzasidan xulosa berish uchun ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ekspertlar tayinlash va ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak boʻlgan masalalar doirasini aniqlash chogʻida maʼmuriy ish yuritishning barcha ishtirokchilari fikri inobatga olinadi.
Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli maʼmuriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish, maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga savollar berish, joyida koʻzdan kechirishda, attestatsiya-imtihon tadbirlarida hamda ekspert baholashidan oʻtkazishga qaratilgan boshqa harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega. Ekspert, agar unga taqdim etilgan materiallar ekspertiza oʻtkazish uchun yetarli boʻlmasa yoki ekspert oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatni bajarish uchun zarur bilimlarga ega boʻlmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin.
Ekspert oʻz tekshirishlarining natijalari boʻyicha ekspert xulosasini taqdim etadi. Maʼmuriy organning yoki maʼmuriy ish yuritishdagi boshqa ishtirokchilarning talabiga koʻra ekspert oʻz xulosasi yuzasidan qoʻshimcha tushuntirishlar berishi kerak.
30-modda. Maʼmuriy ish yuritishda mutaxassis va tarjimon
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Mutaxassis dalillarni aniqlash va mustahkamlashda maʼmuriy organga koʻmaklashish yoki fikr shaklida tushuntirishlar berish uchun maʼmuriy ish yuritishga jalb qilinadi. Mutaxassis, agar u zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortishga haqli.
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni, shu jumladan kar-soqovlarning imo-ishoralarini biladigan shaxs tarjimondir.
31-modda. Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etish imkoniyatini istisno qiluvchi holatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.07.00 Qarindoshlik]
Maʼmuriy organning mansabdor shaxsi maʼmuriy organ nomidan maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etishga quyidagi hollarda haqli emas, agar u:
mazkur maʼmuriy ish yuritishda manfaatdor shaxs boʻlsa;
maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslardan biri bilan qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik va quda-andachilik munosabatida boʻlsa (boʻlgan boʻlsa);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 9-bobi (9-bob. Qarindoshlik, qayin-boʻyinchilik va quda-andachilik).
maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslardan birining vakili boʻlsa yoki ilgari uning vakili sifatida ayni shu maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etgan boʻlsa;
mazkur maʼmuriy ishni yuritishda maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashuvchi shaxs sifatida ishtirok etayotgan boʻlsa yoki ilgari ishtirok etgan boʻlsa;
boshqacha tarzda shaxsan, bevosita yoki bilvosita maʼmuriy ishni hal etish natijasidan manfaatdor boʻlsa yoki uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashuvchi shaxslarni rad qilish toʻgʻrisida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilariga muvofiq, shuningdek ushbu shaxslarning mazkur maʼmuriy ish holatlari boʻyicha ilgari xulosa berganligi yoki ularning maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan maʼmuriy organning mansabdor shaxsiga, maʼmuriy ish yuritishning boshqa ishtirokchilariga yoki ularning vakillariga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda tobe boʻlganligi asosida arz qilinishi mumkin.
32-modda. Rad qilish
Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslar ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy organning mansabdor shaxsi va maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashayotgan shaxslarni rad qilish toʻgʻrisida yozma shaklda ariza berishga haqli.
Rad qilish asoslantirilgan boʻlishi va bu haqda maʼmuriy hujjat qabul qilinguniga qadar maʼmuriy ish yuritishning istalgan bosqichida ariza berilishi mumkin.
Maʼmuriy organning mansabdor shaxsini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza rad qilish bildirilayotgan mansabdor shaxsga yoxud maʼmuriy ish yuritish kollegial organ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, kollegial organning raisiga beriladi. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgan maʼmuriy organning mansabdor shaxsi bir ish kuni ichida maʼmuriy ishni koʻrib chiqishni toʻxtatishi va rad qilish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish haqida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan shaxsga koʻrib chiqish uchun berishi kerak.
Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qarorni oʻziga nisbatan rad qilinishi haqida arz qilingan mansabdor shaxsning bevosita rahbari, agar rad qilish maʼmuriy organning mansabdor shaxsiga nisbatan arz qilingan boʻlsa, yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ qabul qiladi.
Maʼmuriy ish yuritish kollegial organ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, rad qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qaror ushbu organ aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish yuzasidan ovoz berishda kollegial organning oʻziga nisbatan rad qilish toʻgʻrisida ariza berilgan aʼzosi ishtirok etmaydi. Agar rad qilish kollegial organning butun tarkibiga nisbatan arz qilingan boʻlsa, rad qilish toʻgʻrisidagi qaror xuddi shu organ tomonidan toʻliq tarkibda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashayotgan shaxslarni rad qilish toʻgʻrisidagi ariza maʼmuriy ish yuritishni amalga oshirayotgan hamda ushbu ariza boʻyicha tegishli qaror qabul qiladigan maʼmuriy organning mansabdor shaxsiga beriladi.
Rad qilish toʻgʻrisidagi qaror rad qilish haqida ariza berilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmasdan qabul qilinishi kerak.
Maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan maʼmuriy organning mansabdor shaxsini, kollegial organ aʼzosini yoki kollegial organning butun tarkibini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida ushbu maʼmuriy ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan shaxs (kollegial organ) tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlsa, maʼmuriy organning mansabdor shaxsi, shuningdek maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashayotgan shaxslar oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisida darhol arz qilishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
33-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Xabarnomani topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborish yoki tilxat olib topshirish yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda xabardor qilish maʼmuriy ish yuritishda tegishli tarzda xabardor qilish hisoblanadi. Tegishli xabarnoma manfaatdor shaxs tomonidan olingan payt xabardor qilish vaqtidir.
Manfaatdor shaxslar oʻz manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼmuriy organga maʼmuriy ishni yuritish vaqtida maʼlum qilishi shart. Bunday maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, xabarlar maʼmuriy organga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuboriladi hamda yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar manfaatdor shaxslar oʻz telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini maʼmuriy organga maʼlum qilgan boʻlsa, ular bu maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼmuriy organni maʼmuriy ish yuritish vaqtida yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
Xabarnomani manfaatdor shaxsga tilxat olib shaxsan topshirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, xabarnoma u bilan birga yashaydigan voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki bunday shaxslar boʻlmasa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchisiga (taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga) tilxat olib topshirilishi mumkin. Xabarnomani qabul qilgan shaxs imkoniyat boʻlishi bilan uni kechiktirmasdan manfaatdor shaxsga topshirishi shart.
Xabarnomani qabul qilishni rad etgan manfaatdor shaxs tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Rad etish xabarnomaga belgi qoʻyish orqali rasmiylashtiriladi va xabarnoma maʼmuriy organga qaytariladi. Manfaatdor shaxsning xabarnomani qabul qilishni rad etganligi toʻgʻrisidagi belgi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchisi (taʼlim muassasasi maʼmuriyatining mansabdor shaxsi) tomonidan yoxud ikkitadan kam boʻlmagan fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tegishli tarzda xabardor qilish faktini isbotlash majburiyati maʼmuriy organning zimmasida boʻladi.
34-modda. Maʼmuriy ish yuritishda dalillar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.03.00 Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar]
Maʼmuriy ish yuritishda dalillar maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlardan iboratdir.
Maʼmuriy organning maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan mansabdor shaxsi mazkur ishni xolisona, har tomonlama va toʻgʻri koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan dalillarni yigʻishni amalga oshiradi.
Maʼmuriy organ maʼmuriy ish yuritishning ishtirokchilari tomonidan dalil sifatida taqdim etiladigan hujjatlarning shakliga nisbatan talablar qoʻyishga haqli emas, bundan hujjatlarning shakli qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.03.00 Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar]
Maʼmuriy organ faqat maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni koʻrib chiqishga qabul qiladi.
Maʼmuriy organ har bir dalilni ishonchlilik, daxldorlik va maqbullik nuqtai nazaridan hamda dalillarning hammasini yetarli darajada toʻplanganligi boʻyicha baholaydi.
Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan holatlarni boshqa hech qanday vositalar bilan tasdiqlash mumkin emas.
36-modda. Maʼmuriy ish yuritish muddatlari
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy organ mumkin qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza maʼmuriy organda roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran, maʼmuriy hujjat maʼmuriy organ tashabbusi bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat maʼmuriy ish yuritish boshlanganligi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz ish kunidan kechiktirmay maʼmuriy ishni koʻrib chiqadi va maʼmuriy hujjatni qabul qiladi.
Maʼmuriy organlarning tashabbusi bilan maʼmuriy hujjatlarni qabul qilishning eng koʻp muddatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Maʼmuriy ish yuritish muddati qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy organ tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Maʼmuriy ish yuritish muddatining oʻtishi ariza maʼmuriy organda roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran boshlanadi, maʼmuriy hujjatni maʼmuriy organning tashabbusiga koʻra qabul qilish uchun esa ushbu muddatning oʻtishi adresat maʼmuriy ish yuritish boshlanganligi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Agar ariza taalluqliligi boʻyicha vakolatli maʼmuriy organga qayta yuborilgan boʻlsa, maʼmuriy ish yuritish muddatining oʻtishi maʼmuriy ish tegishli vakolatli organga kelib tushib, roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Maʼmuriy ish yuritish muddatlari kunlar, oylar va yillar bilan hisoblanadi.
Agar maʼmuriy ish yuritish muddati dam olish (bayram) kunida tugasa, shu kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
37-modda. Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Maʼmuriy organ maʼmuriy ish yuritishni quyidagi hollarda toʻxtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan ish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar maʼmuriy ishni koʻrish mumkin boʻlmaganda;
maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, agar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyilgan taqdirda yoki maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
xatolarni toʻgʻrilash va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
manfaatdor shaxslarning uzrli sabablarga koʻra kelmaganligi, agar ularning ishtiroki maʼmuriy ish yuritishni tamomlash uchun zarur boʻlganda;
manfaatdor shaxsning talabiga koʻra maʼmuriy organ tomonidan ekspertiza tayinlanganda.
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi. Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat hisoblanadi.
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish maʼmuriy ish yuritish muddatlari oʻtishining toʻxtashiga olib keladi.
38-modda. Maʼmuriy ish yuritishni tiklash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgach, maʼmuriy ishni yuritish tiklanadi. Maʼmuriy ish yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi xabarnoma manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Maʼmuriy ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran maʼmuriy ish yuritish muddatlarining oʻtishi davom etadi.
39-modda. Maʼmuriy ish yuritishni tugatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organ quyidagi hollarda maʼmuriy ish yuritishni tugatishi shart:
maʼmuriy ish maʼmuriy organda koʻrish uchun tegishli boʻlmasa;
maʼmuriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha maʼmuriy ish yuqori turuvchi maʼmuriy organning yoki sudning ish yurituvida boʻlsa;
maʼmuriy ish vakolatli maʼmuriy organga qayta yuborilgan boʻlsa yoki maʼmuriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha maʼmuriy ish mazkur ishni hal qilishga vakolatli boʻlgan boshqa maʼmuriy organning ish yurituvida boʻlsa;
ushbu maʼmuriy organda maʼmuriy ish yuzasidan maʼmuriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari bilan, ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha maʼmuriy hujjat qabul qilingan boʻlsa;
ariza yoki maʼmuriy shikoyat uni taqdim etgan shaxs tomonidan chaqirib olinsa;
maʼmuriy ish yuritish ishtirokchisining huquqiy maqomi (huquqiy holati) oʻzgarishi natijasida maʼmuriy ish boʻyicha maʼmuriy hujjatni qabul qilish mumkin boʻlmay qolsa;
maʼmuriy ish yuritishni tamomlash uchun ishtiroki zarur boʻlgan manfaatdor shaxslar uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa;
manfaatdor shaxs mavjud boʻlmasa va mazkur holatda ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs vafot etganligi yoki yuridik shaxs tugatilganligi natijasida huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyilmasa.
Maʼmuriy ishni yuritish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslarga koʻra ham tugatilishi mumkin.
Maʼmuriy ish yuritishni tugatish protsessual hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Maʼmuriy ish yuritishni tugatish haqidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi.
40-modda. Maʼmuriy ishni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy ishni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar maʼmuriy ish yuritishni amalga oshiruvchi maʼmuriy organ zimmasida boʻladi.
Maʼmuriy ish yuritishda qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslarning ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar haqini toʻlash ushbu harakatlar maʼmuriy ish yuritishning qaysi ishtirokchilari iltimosnomasi boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha ishtirokchining zimmasida boʻladi.
Maʼmuriy organlarga beriladigan arizalardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji yoki yigʻim undirilishi mumkin. Yigʻimning miqdori maʼmuriy ishni koʻrib chiqish chogʻida maʼmuriy organ sarflagan xarajatlar doirasida belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Maʼmuriy shikoyatlar uchun davlat boji va yigʻim undirilmaydi.
3-bob. Maʼmuriy ish yuritish
41-modda. Maʼmuriy ish yuritishni boshlash uchun asoslar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) yoki maʼmuriy organning tashabbusi maʼmuriy ishni boshlash uchun asos boʻladi.
Maʼmuriy ish yuritish ariza maʼmuriy organda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi.
Agar maʼmuriy ishni boshlash uchun maʼmuriy organning tashabbusi asos boʻlsa, maʼmuriy ish yuritish adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi.
42-modda. Arizaning mazmuni va unga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organga beriladigan arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan maʼmuriy organning nomi;
2) arizachi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar arizachi yuridik shaxs boʻlsa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va manzili;
3) arizachining talabi;
4) arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati (agar bunday hujjatlar mavjud boʻlsa);
5) ariza berilgan sana.
Ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab berilgan arizada ushbu moddada koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari oʻz manfaati himoya qilinayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning manzili (pochta manzili) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun hujjatlarida boshqa talablar ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy organ arizachidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan axborotni yoki hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek arizaga va unga ilova qilingan hujjatlarga nisbatan talablar qoʻyishga haqli emas.
Elektron shaklda beriladigan arizalarda arizachining elektron manzili hamda yagona identifikatori, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Maʼmuriy organga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Maʼmuriy organ arizachiga ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini maʼmuriy organning rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
Maʼmuriy organda arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44-modda. Maʼmuriy organga ariza berish uchun zarur axborotni taqdim etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy organga ariza berish uchun zarur boʻlgan axborot maʼmuriy organning mansabdor shaxsi yoki axborotni taqdim etish oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa xodimi tomonidan taqdim etiladi.
Maʼlumotnoma tarzidagi axborot qoida tariqasida:
arizaning shakliga;
arizaning mazmuniga;
ariza berish uchun zarur hujjatlar roʻyxatiga;
arizaning shakli va mazmuniga doir talablarni buzish oqibatlariga;
hujjatlarni qabul qilish va berish vaqtiga;
arizani koʻrib chiqish muddatlari va tartibiga;
maʼmuriy va protsessual hujjatlar hamda harakatlar ustidan shikoyat qilish tartibiga oid masalalar yuzasidan taqdim etiladi.
Maʼmuriy organ arizalar namunalaridan va maʼmuriy ish yuritish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat varaqalaridan (blankalardan), shuningdek ularni toʻldirish, shu jumladan maʼmuriy organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomalardan foydalanishni taʼminlashi shart.
Maʼmuriy organ arizachiga qonun hujjatlariga muvofiq zarur yordam koʻrsatishi shart.
45-modda. Arizachi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Agar arizada toʻgʻrilash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa, maʼmuriy organ ularni toʻgʻrilash uchun arizachiga imkoniyat va muddat beradi.
Agar arizaga doir ilovada qonun hujjatlariga binoan talab qilinadigan yoki arizachi havola qilayotgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, ularsiz maʼmuriy hujjatni qabul qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy organ arizachiga yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini, buning uchun muddat belgilagan holda, berishi kerak.
Xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun maʼmuriy organ tomonidan belgilanadigan muddat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, besh ish kunidan kam boʻlmasligi lozim. Maʼmuriy organ arizachining iltimosnomasiga binoan ushbu muddatni besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatga uzaytirishi kerak.
Maʼmuriy ish yuritish muddatining oʻtishi xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
46-modda. Manfaatdor shaxsning arizasini taalluqliligi boʻyicha vakolatli maʼmuriy organga yuborish
Talab qilinayotgan maʼmuriy hujjatni qabul qilish oʻz vakolatiga kirmaydigan maʼmuriy organga kelib tushgan ariza qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan maʼmuriy organga koʻpi bilan besh kunlik muddatda yuboriladi va bu haqda arizachiga xabar beriladi.
47-modda. Maʼmuriy ishni maʼmuriy organ majlisida koʻrib chiqish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy ish maʼmuriy organ majlisida (bundan buyon matnda majlis deb yuritiladi) koʻrib chiqilishi lozim.
Maʼmuriy ish maʼmuriy organning tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasi boʻyicha ham majlisda koʻrib chiqilishi mumkin.
48-modda. Majlis bayonnomasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqish chogʻida majburiy tartibda bayonnoma yuritiladi.
Majlis bayonnomasi maʼmuriy ishni koʻrib chiqishning barcha muhim holatlarini aks ettirishi kerak. Majlis bayonnomasida, xususan, quyidagilar koʻrsatiladi:
1) majlisning sanasi va joyi;
2) majlis boshlangan va tugagan vaqt, majlisdagi tanaffuslar haqidagi maʼlumotlar;
3) maʼmuriy organning nomi, maʼmuriy organ mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan kollegial organning tarkibi va majlis kotibi;
4) adresat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar adresat yuridik shaxs boʻlsa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), agar ish yuritishda vakil ishtirok etayotgan boʻlsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili, shuningdek maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelganligi haqidagi maʼlumotlar;
6) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish va ularning majlisga kelmaganligi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
7) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntirib berilganligi haqidagi maʼlumotlar;
8) maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan kollegial organ raislik qiluvchisining ushbu ishni koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadigan protsessual hujjatlari;
9) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning arizalari va iltimosnomalari hamda ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
10) taqdim etilgan dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari va hokazo haqidagi maʼlumotlar;
11) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalari yuzasidan ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish maʼlumotlari.
Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslar oʻzlari muhim deb hisoblaydigan holatlarni majlis bayonnomasiga kiritish xususida iltimos qilishga haqli.
Maʼmuriy ish yakka tartibda koʻrib chiqilganda majlis bayonnomasi maʼmuriy organning ishni koʻrib chiqayotgan mansabdor shaxsi va majlis kotibi tomonidan imzolanadi. Maʼmuriy ish kollegial organ tomonidan koʻrib chiqilgan taqdirda bayonnoma raislik qiluvchi va majlis kotibi tomonidan imzolanadi.
49-modda. Maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqishni keyinga qoldirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Quyidagilar maʼmuriy ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish asoslari hisoblanadi:
tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan manfaatdor shaxslardan birining majlisga kelmaganligi;
maʼmuriy organning maʼmuriy ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxsini rad qilish haqidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki uning yoʻqligi;
maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi, maʼmuriy ishni oʻzlarisiz koʻrib chiqish mumkin boʻlmagan manfaatdor shaxslarning majlisda hozir boʻlmaganligi;
majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor shaxslarning maʼmuriy organ tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra kelmaganligi.
Agar maʼmuriy organ majlisga kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoki maʼmuriy ishni koʻrib chiqishni manfaatdor shaxs qasddan choʻzayapti deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlsa, maʼmuriy organ maʼmuriy ishni tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor shaxsning yoʻqligida koʻrib chiqishga haqli.
Manfaatdor shaxslar maʼmuriy ishni ular yoʻqligida koʻrib chiqish xususida iltimos qilishga haqli.
Maʼmuriy organ maʼmuriy ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirib, keyingi majlisning vaqti va joyini tayinlaydi, bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga tilxat olib eʼlon qiladi. Majlisga kelmagan hamda maʼmuriy ishni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
50-modda. Maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy ishni koʻrib chiqish maʼmuriy organning mansabdor shaxsi tomonidan, maʼmuriy ish kollegial organda koʻrilayotganda esa, raislik qiluvchi tomonidan ochiladi. Shundan soʻng maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilarining ogʻzaki tushuntirishlari eshitiladi.
Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari bir-biriga savollar berishi mumkin.
Shundan keyin maʼmuriy organ maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitishga va boshqa dalillarni tekshirishga oʻtadi.
Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilarining, shuningdek maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari majlisda oʻqib eshittirilishi kerak.
Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning iltimosnomalari maʼmuriy ish yuritishning boshqa ishtirokchilari eshitilganidan soʻng koʻrib chiqiladi.
51-modda. Majlisda koʻrib chiqilgan maʼmuriy ish boʻyicha maʼmuriy hujjat qabul qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy organning mansabdor shaxsi yoki kollegial organ maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maʼmuriy hujjat qabul qiladi.
Maʼmuriy hujjatni qabul qilish boshqa organlar va mansabdor shaxslarning koʻrib chiqish natijalari asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday koʻrib chiqish ushbu Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4-bob. Maʼmuriy hujjat
52-modda. Maʼmuriy hujjatning shakli
Maʼmuriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Qonun hujjatlarida maʼmuriy hujjat boshqa shaklda, shu jumladan boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin.
Yozma maʼmuriy hujjat maʼmuriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ aʼzolari tomonidan imzolanadi va maʼmuriy organning muhri bilan tasdiqlanadi.
53-modda. Maʼmuriy hujjatning mazmuni
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
Maʼmuriy hujjatda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) maʼmuriy hujjatning nomi va u qabul qilingan sana;
2) maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
3) maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi axborot;
4) maʼmuriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi (tavsif qismi);
5) maʼmuriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);
6) qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);
7) maʼmuriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
8) maʼmuriy organning maʼmuriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsining (kollegial organ aʼzolarining) lavozimi, ismi va familiyasi.
Maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan maʼmuriy hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
muayyan huquqning yoki majburiyatning kuchga kirish, oʻz kuchini yoʻqotish payti yoki amal qilish muddati;
muayyan hodisaga yoki kelajakda huquqning yoxud majburiyatning kuchga kirishi yoki oʻz kuchini yoʻqotishi bilan bogʻliq boʻlgan shartga doir koʻrsatma;
maʼmuriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qoʻshimcha farmoyishlar berish huquqi maʼmuriy organda saqlanib qolishi toʻgʻrisidagi izoh;
adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yoʻl qoʻyish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida koʻrsatma beruvchi qoʻshimcha farmoyishlar.
54-modda. Maʼmuriy hujjatning asosliligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Maʼmuriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan maʼmuriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak.
Maʼmuriy hujjatni asoslantirish chogʻida maʼmuriy organ tekshirilmagan yoki maʼmuriy ish yuritish jarayonida maʼmuriy ishga qoʻshib qoʻyilmagan yoxud maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar maʼmuriy hujjatni qabul qilishda maʼmuriy organga maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan boʻlsa, maʼmuriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu maʼmuriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab boʻlgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjatning maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak.
55-modda. Maʼmuriy hujjatning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Maʼmuriy hujjat adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adresatni maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilish ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy hujjatning manfaatdor shaxslarga rasmiy eʼlon qilinishi ham tegishli tarzda xabardor qilish deb topiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq adresatga faqat tegishli hujjat berilishi kerak boʻlgan hollarda hujjatning adresatga berilishi maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilishga tenglashtiriladi.
Agar maʼmuriy hujjat qonun hujjatlari talabiga muvofiq rasmiy eʼlon qilinishi lozim boʻlsa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
56-modda. Maʼmuriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga koʻra maʼmuriy hujjatning mazmunini oʻzgartirmagan holda uni tushuntirib berishi, shuningdek yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni va yanglishishlarni maʼmuriy hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga koʻra tuzatishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar undirilmaydi.
57-modda. Tegishli hujjatni va uning dublikatini berish
Tegishli hujjatni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yigʻim olinishi mumkin.
Maʼmuriy hujjat asosida berilgan hujjatlarni toʻxtatib turish, qayta tiklash va qayta rasmiylashtirish tartibi qonun hujjatlarida tartibga solinadi.
Berilgan hujjat yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra yangi hujjat yoki uning dublikati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Maʼmuriy organ hujjatni yoki uning dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda yangi hujjatni yoki hujjat dublikatini berishi (yuborishi) shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda hujjatning dublikatini berganlik uchun yigʻim maʼmuriy organ tomonidan arizani odatdagi tartibda koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan, dublikat berish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada amalda boʻlgan summa miqdorining yarmidan oshmasligi kerak.
Yangi hujjat yoki dublikat berish uchun yigʻim miqdori ushbu harakatni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlardan oshib ketmasligi kerak.
58-modda. Maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy hujjatning amal qilishi:
agar maʼmuriy hujjat muddatli xususiyatga ega boʻlsa, maʼmuriy hujjatning amal qilish muddati oʻtishi;
maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish bilan bogʻliq shartning yuzaga kelishi;
maʼmuriy hujjatning bekor qilinishi;
tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan tugatiladi.
Maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish uning asosida berilgan hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib keladi.
59-modda. Maʼmuriy hujjatni bekor qilish, oʻzgartirish yoki haqiqiy emas deb topish
Maʼmuriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki maʼmuriy shikoyatiga koʻra maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organ, yuqori turuvchi maʼmuriy organ tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruriyati qonun hujjatlaridagi oʻzgartishlar, jamoat manfaatlariga boʻlgan tahdidning oldini olish, maʼmuriy hujjatning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjatni oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli.
Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlgan hollarda, maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Agar manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, maʼmuriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, oʻz mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki maʼmuriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan boʻlsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim.
Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar:
manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa;
manfaatdor shaxs oʻziga maʼmuriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablagʻlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan boʻlsa;
manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjatning gʻayrihuquqiyligini bilgan yoki oʻz aybiga koʻra bu haqda bilmagan boʻlsa;
maʼmuriy hujjat aldash, tahdidlar yoki maʼmuriy organga boshqacha tarzda gʻayrihuquqiy taʼsir koʻrsatish oqibatida qabul qilingan boʻlsa;
qonun manfaatdor shaxslar ishonchining himoyasini hisobga olmagan holda maʼmuriy hujjatni bekor qilishni talab etsa.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu modda yettinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda gʻayrihuquqiy maʼmuriy hujjat orqaga qaytish kuchi bilan, uni bekor qilishning yoki yoʻq qilishning aniq paytini belgilash orqali bekor qilinishi mumkin.
Manfaatdor shaxsning ishonchidan qatʼi nazar, qonun hujjatlariga muvofiq emas deb topilgan maʼmuriy hujjat, agar uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan boʻlsa, maʼmuriy organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonish sababli kelib chiqqan yoki muqarrar boʻlgan mulkiy zararning oʻrni qoplanadi.
Mulkiy zararning oʻrnini qoplash maʼmuriy hujjatning mazmuniga koʻra manfaatdor shaxs olishi kerak boʻlgan naf miqdoridan oshmasligi kerak. Mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat bekor qilinganligi haqida xabardor qilingan paytdan eʼtiboran bir yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan maʼmuriy hujjat quyidagi hollarda maʼmuriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin:
qonun talablariga muvofiq yoki bunday imkoniyat bevosita maʼmuriy hujjatning oʻzida nazarda tutilgan boʻlsa;
agar keyinchalik oʻzgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi oʻzgartishlar asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini olish maqsadida maʼmuriy hujjatni bekor qilish zarur boʻlsa;
agar maʼmuriy hujjat bilan qoʻshimcha majburiyatlar bogʻliq boʻlsa va manfaatdor shaxs ularni bajarmagan boʻlsa;
agar manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat asosida oʻziga berilgan pul mablagʻlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan boʻlsa;
agar maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik tugʻilmasa.
Xuddi shunday mazmundagi maʼmuriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlgan hollarda, maʼmuriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan maʼmuriy hujjat faqat ushbu modda oʻn ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, uni bekor qilish uchun aniq paytni belgilash orqali, orqaga qaytish kuchi bilan bekor qilinishi mumkin.
Ilgari qabul qilingan maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maʼmuriy hujjatni qabul qilayotganda maʼmuriy organ bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan maʼmuriy hujjatning qaysi qismi va qaysi vaqtdan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotishini belgilashi kerak.
Maʼmuriy hujjat qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
60-modda. Maʼmuriy hujjatni bekor qilish tartib-taomili
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy hujjatni manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilish majlis oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Maʼmuriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uni majlisda qayta koʻrib chiqish orqali amalga oshiriladi.
Agar maʼmuriy hujjatni bekor qilish bir manfaatdor shaxs foydasiga, ammo boshqa manfaatdor shaxsning manfaatlariga zid ravishda amalga oshirilayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
61-modda. Maʼmuriy hujjat bekor qilingan taqdirda hujjatlar, buyumlar va pul mablagʻlarini qaytarish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Maʼmuriy hujjat bekor qilingan taqdirda uning asosida berilgan hujjatlar, buyumlar va pul mablagʻlari, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularga egalik qilayotgan shaxslar tomonidan qaytarib berilishi lozim.
5-bob. Maʼmuriy shikoyat boʻyicha ish yuritish
62-modda. Maʼmuriy shikoyat predmeti
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Ushbu bobda belgilangan tartibda:
maʼmuriy hujjatlar ustidan;
protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
maʼmuriy harakatlar ustidan, shu jumladan maʼmuriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
63-modda. Maʼmuriy shikoyat qilish tartibi
Manfaatdor shaxs maʼmuriy shikoyatni qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy shikoyatlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan yuqori turuvchi maʼmuriy organga yoki boshqa vakolatli maʼmuriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan maʼmuriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud maʼmuriy harakatni amalga oshirgan maʼmuriy organ orqali berishi mumkin.
Maʼmuriy shikoyatni olgan maʼmuriy organ u kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maʼmuriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu maʼmuriy shikoyatni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan boshqa maʼmuriy organga maʼmuriy ish bilan birga yuboradi.
Manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat ustidan berilgan maʼmuriy shikoyatni maʼmuriy tartibda koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan yoki yuqori turuvchi maʼmuriy organ mavjud boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonun hujjatlarida maʼmuriy hujjat ustidan maʼmuriy shikoyat berilishi mumkin boʻlgan boshqa organ belgilanishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy shikoyat maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga maʼmuriy harakat haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Maʼmuriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi maʼmuriy organ tomonidan tiklanishi mumkin.
65-modda. Maʼmuriy shikoyatning shakli va mazmuni
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy shikoyat yozma, ogʻzaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organning nomi;
2) shikoyat bergan arizachining (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
3) arizachining talablari;
4) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
5) ariza berilgan sana.
Maʼmuriy shikoyat manfaatdor shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan maʼmuriy shikoyatda ushbu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari manfaatlarini koʻzlab shikoyat berilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot koʻrsatilishi kerak.
Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda arizachining elektron manzili va yagona identifikatori, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi arizachining xabarnomalarni axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligidir.
66-modda. Maʼmuriy shikoyatni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy shikoyat ushbu Qonunning 3-bobida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Maʼmuriy shikoyatni koʻrib chiqish chogʻida yuqori turuvchi maʼmuriy organ maʼmuriy ishni toʻliq hajmda koʻrib chiqadi.
67-modda. Maʼmuriy shikoyatni koʻrib chiqish muddati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat boʻyicha oʻttiz ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart.
Maʼmuriy shikoyat boʻyicha belgilangan muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda, manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat yoki maʼmuriy harakat ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
68-modda. Maʼmuriy shikoyatni chaqirib olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Maʼmuriy shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Maʼmuriy shikoyatni chaqirib olish yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
69-modda. Maʼmuriy shikoyat boʻyicha qaror
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatni oʻzgarishsiz qoldirish;
shikoyat qilingan maʼmuriy yoki protsessual hujjatga oʻzgartirishlar kiritish;
maʼmuriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat boʻlganda yangi hujjat qabul qilish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish mumkin boʻlmaganda yoki maqsadga muvofiq boʻlmaganda, maʼmuriy harakatlar ustidan shikoyat qilinganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ muayyan maʼmuriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilish yoki muayyan maʼmuriy harakatni amalga oshirish majburiyatini maʼmuriy organning zimmasiga yuklatishi mumkin.
Manfaatdor shaxs maʼmuriy shikoyat boʻyicha qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning ustidan oʻttiz kalendar kun ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
70-modda. Shikoyat qilinganda maʼmuriy hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjat ustidan shikoyat qilinganligi maʼmuriy shikoyat maʼmuriy organda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uning amal qilishini va ijro etilishini toʻxtatib turadi.
6-bob. Ijro ishini yuritish
71-modda. Maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlaydigan organ
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organ uning ijrosini taʼminlaydi.
72-modda. Maʼmuriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish muddati
Maʼmuriy organ tomonidan maʼmuriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish uchun belgilangan muddat, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, adresat qabul qilingan maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan eʼtiboran besh kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
73-modda. Maʼmuriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish usuli
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Adresat maʼmuriy hujjatda belgilanadigan ijro etish tartibi doirasida maʼmuriy hujjatni oʻzi uchun eng maqbul boʻlgan qonuniy usullar va vositalar orqali ijro etishga haqli.
Ixtiyoriy ijro etish usuli maʼmuriy hujjat talablarining tegishli tarzda va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlashi kerak.
74-modda. Maʼmuriy hujjatning majburiy ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Maʼmuriy hujjatni majburiy ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda, tegishli tarzda va tegishli muddatda bajarayotgan shaxsga nisbatan maʼmuriy hujjatni majburiy ijro etishning hech bir chorasi qoʻllanishi mumkin emas.
Agar adresat maʼmuriy hujjatni majburiy ijro etish choralarini qoʻllash tahdidi ostida ixtiyoriy ravishda ijro etishga rozilik bildirsa va oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishsa, tayinlangan majburiy ijro etish chorasi adresat maʼmuriy hujjatni vijdonan va tegishli tarzda bajarayotganda ijro etilmasligi kerak.
Adresatning oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarganligi majburiy ijro etish chorasi qoʻllanilishini darhol bekor qiladi.
75-modda. Majburiy ijro choralari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Maʼmuriy organ qonunda nazarda tutilgan hollarda quyidagi majburiy ijro choralarini qoʻllashga haqli:
pulga oid majburlov;
maʼmuriy hujjatda nazarda tutilgan harakatlarni maʼmuriy organ yoki boshqa shaxs tomonidan qarzdor hisobiga amalga oshirish;
bevosita majburlov.
Majburiy ijro chorasi maʼmuriy organning ijro hujjati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Tegishli ijro hujjatini qabul qilmay turib, majburiy ijro choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maʼmuriy organ majburiy ijro chorasini tayinlashda maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga amal qilishi kerak.
Agar tayinlangan majburiy ijro chorasi maʼmuriy hujjat talablarining tegishli tarzda va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlamagan boʻlsa, maʼmuriy organ ogʻirroq majburlov chorasini qoʻllashga haqli.
Qonunda boshqa majburiy ijro choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
76-modda. Maʼmuriy organning ijro hujjati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Maʼmuriy hujjat adresat tomonidan tegishli tarzda va tegishli muddatda ijro etilmagan taqdirda uning majburiy ijrosini taʼminlovchi protsessual hujjat maʼmuriy organning ijro hujjatidir. Agar ushbu bobda yoki boshqa qonunda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ijro hujjatlariga nisbatan ushbu Qonunning 4-bobida nazarda tutilgan talablar va qoidalar qoʻllaniladi.
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijro hujjati maʼmuriy organ tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki ijro etilayotgan maʼmuriy hujjat maʼmuriy ish yuritish boshqa ishtirokchisining qaysi talabi natijasida qabul qilingan boʻlsa, oʻsha talabga koʻra, ixtiyoriy ijro etish muddati oʻtgach uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Maʼmuriy organning ijro hujjati faqat yozma shaklda qabul qilinadi va u ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilish maqsadida adresatga, shuningdek maʼmuriy hujjatning majburiy ijro etilishini talab qilayotgan shaxsga bir ish kuni ichida yuborilishi kerak.
Ijro ishini yuritishda maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli tarzda bajarmaganligi uchun oʻziga nisbatan ijro hujjati qabul qilingan adresat — majburiyatli shaxs, ijro hujjati qaysi shaxsning foydasiga yoki qaysi shaxs manfaatlarini koʻzlab qabul qilingan boʻlsa, oʻsha shaxs undiruvchi boʻladi.
77-modda. Ijro hujjatini ijro etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ijro hujjati majburiyatli shaxs uning qabul qilinganligi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran kamida besh kun oʻtgach ijro etiladi. Majburiyatli shaxsni tegishli tarzda xabardor qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, ijro hujjati tegishli tarzda xabardor qilish imkonsizligi fakti rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran besh kun oʻtgach kuchga kiradi va ijro etiladi.
78-modda. Pulga oid majburlov
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Pulga oid majburlov undirilishi lozim boʻlgan muayyan summani tayinlashda yoki oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya toʻlashda ifodalanishi mumkin.
Pulga oid majburlovning eng koʻp miqdorlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
79-modda. Maʼmuriy hujjatda nazarda tutilgan harakatlarni maʼmuriy organ yoki boshqa shaxs tomonidan qarzdor hisobiga amalga oshirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Agar maʼmuriy hujjatda nazarda tutilgan biror-bir harakatni amalga oshirish majburiyati adresat tomonidan bajarilmayotgan boʻlsa, ammo u boshqa shaxs tomonidan bajarilishi mumkin boʻlsa, maʼmuriy organ ushbu harakatni majburiyatli shaxs hisobidan amalga oshirish uchun boshqa shaxsni jalb etishi mumkin. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlovchi organ ushbu harakatni majburiyatli shaxs hisobidan oʻzi amalga oshirishga, agar bu mumkin boʻlsa, haqli.
80-modda. Bevosita majburlov
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Agar yengilroq choralar maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlay olmasa yoki obyektiv holatlarga koʻra ularni qoʻllash mumkin boʻlmasa, maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlovchi organ, oʻzida tegishli vakolatlar mavjud boʻlgan taqdirda, majburiyatli shaxsni qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga bevosita majburlashga, bunday vakolatlar mavjud boʻlmaganda esa tegishli ijro hujjatini ijro etish borasida koʻmaklashish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilishga haqli.
81-modda. Majburiy ijro choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ogohlantirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Ushbu Qonunning 75-moddasida nazarda tutilgan holda maʼmuriy organ majburiyatli shaxsga majburiy ijro choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ogohlantirish yuborishi va maʼmuriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish uchun qoʻshimcha muddat belgilashi mumkin. Agar majburiyatli shaxs belgilangan qoʻshimcha muddatda oʻz majburiyatlarini bajarmasa, maʼmuriy organ majburiy ijro chorasini bir ish kuni ichida qoʻllaydi.
82-modda. Maʼmuriy organ tomonidan maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaslik
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Agar maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini maʼmuriy hujjatda belgilangan ijro muddati ichida yoki, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjat qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli tarzda bajarmasa, manfaatdor shaxs bunday bajarmaganlik ustidan maʼmuriy hujjat ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
83-modda. Ijro ishi yuritishdagi xarajatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjatni majburiy ijro etish boʻyicha qilingan xarajatlarning oʻrni majburiyatli shaxs hisobidan qoplanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
84-modda. Maʼmuriy reglamentlar
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy ishlarni hal qilish, maʼmuriy va protsessual hujjatlarni qabul qilish, maʼmuriy hujjatlarni ijro etish, shuningdek maʼmuriy shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha maʼmuriy organlar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi maʼmuriy reglamentlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
86-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
87-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
88-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
OʻRQ-457-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 03/18/457/0525-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)