toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 29.12.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika boʻyicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholiga suyultirilgan gaz sotish va yetkazib berishda oʻgʻirlik va suiisteʼmollikning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning gaz taʼminoti boʻyicha hududiy filiallari orqali aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun 1 kilogramm suyultirilgan gaz:
2018-yil 1-apreldan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda 1-ilovaga muvofiq narxlarda;
2018-yil 1-avgustdan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda 2-ilovaga muvofiq yagona chakana narxda sotilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga sotiladigan tabiiy gaz narxining oʻzgarishiga mutanosib ravishda oʻzgarishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qaror bilan belgilangan yagona chakana narx, shuningdek aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning gaz taʼminoti boʻyicha hududiy filiallari orqali sotiladigan suyultirilgan gazning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishining tizimli nazoratini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Mustafayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
1033-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qaroriga
1-ILOVA
2018-yil 1-apreldan respublika hududlari kesimida aholiga suyultirilgan gazni
sotish narxlari

T/r

Hududlar nomi

Narxlar (QQS bilan birga), soʻm / kg

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

720,0

2.

Andijon viloyati

700,0

3.

Buxoro viloyati

500,0

4.

Jizzax viloyati

500,0

5.

Qashqadaryo viloyati

500,0

6.

Navoiy viloyati

500,0

7.

Namangan viloyati

700,0

8.

Samarqand viloyati

500,0

9.

Surxondaryo viloyati

500,0

10.

Sirdaryo viloyati

500,0

11.

Toshkent viloyati

700,0

12.

Fargʻona viloyati

700,0

13.

Xorazm viloyati

720,0

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qaroriga
2-ILOVA
2018-yil 1-avgustdan respublika hududlari kesimida aholiga suyultirilgan gazni sotishning yagona
chakana narxi

T/r

Hududlar nomi

Narxlar (QQS bilan birga),
soʻm / kg

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

800,0

2.

Andijon viloyati

800,0

3.

Buxoro viloyati

800,0

4.

Jizzax viloyati

800,0

5.

Qashqadaryo viloyati

800,0

6.

Navoiy viloyati

800,0

7.

Namangan viloyati

800,0

8.

Samarqand viloyati

800,0

9.

Surxondaryo viloyati

800,0

10.

Sirdaryo viloyati

800,0

11.

Toshkent viloyati

800,0

12.

Fargʻona viloyati

800,0

13.

Xorazm viloyati

800,0

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1033/0501-son, 02.11.2018-y., 09/18/897/2149-son)