Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2017-yilgi versiyasi) bilan yanada unifikatsiyalash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning xalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, ular 2017-yilda kuchga kirdi.
2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan 2017-yilgi versiyadagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy) 2018-yilning 1-yanvariga qadar 2017-yilgi versiyadagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi chop etilishini va u manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli
qarori 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.