1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda) 25-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish”;
17-bandidagi “agar ushbu Kodeks 147-moddasining 7-bandida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20-bandidagi “soliq toʻlovchining faoliyatida zarur boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
30-bandi “shuningdek sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga xarajatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
50-bandi “shuningdek pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 58 — 63-bandlar bilan toʻldirilsin:
“58) yordamchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlarning narxlaridagi farqlar (zararlar);
59) xoʻjalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
60) nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar;
61) shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlarini bajarish xarajatlari;
62) ishlatib kelinayotgan, toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlanadigan haq;
63) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini toʻlashga doir xarajatlar”;
birinchi qismning birinchi xatboshisi “Ushbu moddada keltirilgan xarajatlar” degan soʻzlardan keyin “agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida koʻrsatilgan xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda joriy hisobot davrida ham chegirilishi mumkin”;
“xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan organning xulosasi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxsning grant beruvchidan olgan granti summasi”;
“19) bosma mahsulotlar. Ushbu bandni qoʻllash maqsadida bosma mahsulotlar jumlasiga milliy valyuta (kupyura), kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama tusidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik albomlari taalluqlidir”;
16) 211-moddaning 11-bandidagi “yogʻoch-taxta” degan soʻz “yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan yogʻoch-taxta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 222-modda birinchi qismining 91 va 10-bandlaridagi “transport vositalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 228-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “quyidagi hujjatlarni yozma arizaga toʻrt nusxada ilova etgan holda” degan soʻzlar “quyidagi hujjatlarni qogʻozdagi shaklda uch nusxada ilova etgan holda yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 261-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv hajmiga”;
20) 265-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz mulkida koʻchmas mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari. Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, shu shaxs soliq toʻlovchidir”;
“koʻchmas mulk boʻyicha — oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi”;
ikkinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida koʻrsatilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
23) 268-moddaning ikkinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida koʻrsatilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10-bandidagi “asosiy ishlab chiqarish fondlarining” degan soʻzlar “koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 271-moddaning oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
26) 274-moddaning birinchi qismidagi “inventarizatsiya” degan soʻz “kadastr” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27) 277-moddaning uchinchi qismidagi “inventarizatsiya” degan soʻz “kadastr” degan soʻz bilan bilan almashtirilsin;
28) 285-moddaning birinchi qismidagi “15-fevraliga” degan soʻzlar “10-yanvariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 286-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer soligʻini toʻlash yuridik shaxslar tomonidan har oyning 10-kuniga qadar yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi”;
30) 290-modda birinchi qismining 10-bandi chiqarib tashlansin;
31) 291-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda yer soligʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda toʻlanadi”;
33) XIV boʻlimning nomidagi “TRANSPORT VOSITALARIGA” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
34) 301-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni toʻlovchilar oxirgi isteʼmolchilarga:
benzin, dizel yoqilgʻisini, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali;
gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir”;
35) 302-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish obyektidir, bundan ixtisoslashtirilgan gaz quyish shoxobchalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz mustasno”;
36) 304-moddaning matnidagi “Transport vositalariga”, “transport vositalariga”, “transport vositalari uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
37) XV boʻlimning nomidagi “IJTIMOIY JAMGʻARMALARGA” degan soʻzlar “DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARIGA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan toʻldirilsin:
“4) qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari tomonidan – oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
5) “Usta-shogird” maktabi oʻquvchilari tomonidan ularning 25 yoshga toʻlguniga qadar boʻlgan ish davrida — yiliga eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda. Belgilangan miqdordagi sugʻurta badallarining toʻlanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi”;
“Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari sugʻurta badalini toʻlashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi boʻlgan shaxslar uchun esa sugʻurta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak”;
39) 52-bobning nomidagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sof tushum davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning soliq solish obyekti va soliq solinadigan bazasidir.
Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza quyidagilardan iborat:
1) issiqlik va suv taʼminotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi va tegishincha issiqlik taʼminoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv taʼminoti korxonalari uchun suvning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaruvchi yuridik shaxslar uchun – oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish boʻyicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun – koʻrsatilgan xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holdagi haq summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sugʻurta tashkilotlari uchun – agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi;
7) gaz taʼminotini va elektr taʼminotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun — qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini chegirgan holda tegishincha tabiiy gaz va elektr energiyasini oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilish hajmi;
8) don mahsulotlarini qabul qilish (don mahsulotlarini qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari) faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar – qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirgan holda, ustama va chegirma”;
toʻrtinchi qismidagi “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
42) 315-moddadagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida belgilangan chegaraviy miqdordan ortiq maydoni boʻlgan yer uchastkalariga ega yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari uchun yer soligʻi”;
51) 3741-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi, I va II guruh nogironlari boʻlgan xodimlar boʻyicha esa eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq toʻlash majburiyati yuklatiladi”;
52) 375-moddaning toʻrtinchi qismidagi “25” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
53) 376-moddaning ikkinchi qismidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish toʻgʻrisida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi”;
3) 38-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 39-moddadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi taʼlim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, jihozlashga (toʻliq jihozlashga) yoʻnaltiriladigan, ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan majburiy toʻlovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organi Jamgʻarmani boshqarish kengashidir”;
6) 42-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 51-moddaning 5-bandidagi “va jarima sanksiyalari” degan soʻzlar “jarima sanksiyalari va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin”;
10) 54-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“55-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlarini shakllantirish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlari:
davlat mulki boʻlgan korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi aksiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish;
ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar;
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;
“57-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlarini shakllantirish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari:
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
Davlat budjeti mablagʻlari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;
13) 58-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan soʻzlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshisi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan soʻzlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“adliya va prokuratura organlarini”;
6-bandidagi “adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“61) harbiy-maʼmuriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari”;
ikkinchi qismidagi “va oʻtkazib beriladigan daromadlar” degan soʻzlar “oʻtkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari va maktabgacha taʼlim boʻlimlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
tumanlar va shaharlar davlat veterinariya boʻlimlari, laboratoriyalarni saqlab turish;
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarni, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;
uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning boʻlimlarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
73-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlar oʻz vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash uchun tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalarining miqdori makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi hamda Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining taqsimlovchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda koʻrsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat budjetida ham mablagʻlar nazarda tutilgan boʻlsa, u holda tegishli zaxira jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar faqat ilgari tegishli budjetda nazarda tutilgan mablagʻlar sarflab boʻlinganidan keyingina kiritiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, u holda foydalanilmay qolgan mablagʻlar tadbirlarni oʻtkazish muddati tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli zaxira jamgʻarmasiga tiklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan budjetdan ajratilgan mablagʻlar moliya yili tugagach tegishli budjetga tiklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot taqdim etadi”;
19) 75-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 76-moddadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“78-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining xarajatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan:
maktabgacha taʼlim muassasalarini, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini, oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;
sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni moliyalashtirish;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi”;
23) 79-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 95-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari bilan qoplanmasa, yoʻl qoʻyilmaydi”;
yettinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “hamda dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 107-moddaning uchinchi qismi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
30) 112-moddaning oltinchi qismi oʻn toʻqqizinchi xatboshisi “Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
32) 134-moddaning birinchi qismidagi “va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar” degan soʻzlar “oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) quyidagi mazmundagi 1381-modda bilan toʻldirilsin:
“1381-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga – asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak”;
34) 140-moddaning uchinchi qismi “oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi” degan soʻzlardan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
35) 156-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishdan olingan tushumlar:
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha chora-tadbirlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi”;
“177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.