Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish xarajatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Intellektual mulk agentligi bosh direktori A.N. Fayzullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
a)
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakat nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) boʻlishi lozim. Agar talabnomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir”;
b)
6 va
8-bandlardagi “buyurtmanoma” soʻzi tegishli kelishikda “talabnoma” soʻzi bilan almashtirilsin.
a) 1.1, 1.1.1, 1.1.2, 1.1.3, 1.2.2, 1.4.1, 1.4.2, 1.4.3, 1.6.1, 1.6.3, 1.6.5, 1.6.6, 1.7.1, 1.7.2, 1.7.3, 2.1, 2.2.1, 2.2.2, 2.3.2, 2.6.1, 2.6.3, 3.1, 3.1.1, 3.1.2, 3.5.1, 3.5.4, 3.5.5, 3.6.1, 3.6.2, 5.1, 5.4, 6.1.1, 6.1.2, 7.1 va 7.4 — bandlardagi “buyurtmanoma” soʻzi tegishli kelishikda “talabnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1.3.3-bandning “Stavkalar” ustunidagi “3” raqami “0,6” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1.4.1-bandning “b” kichik bandi “Stavkalar” ustunidagi “5” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
g) 2.4 — kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2.4.3-band bilan toʻldirilsin:
d) 6-boʻlimning 6.1-6.4-kichik boʻlimlarida “arizalar” va “ariza” soʻzlari tegishli ravishda “apellatsiyalar” va “apellatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.