1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.07.00 Huquqiy axborot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan eʼtiboran bir kun mobaynida va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qogʻozda va elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha elektron shaklda yoʻllash orqali amalga oshiriladi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi oʻrinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
4. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar eʼtiboriga yetkazish uchun masʼul shaxsni belgilasinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga elektron shaklda yetkazilishini taʼminlasinlar;
oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali oʻz vaqtida qabul qilib olinishi va oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrsin;
qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy taʼsirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlab, zarurat boʻlganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
zarurat boʻlgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Roʻyxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1013-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
ROʻYXATI
1. Markaziy muassasalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
10. Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
11. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
12. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati
13. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son)
20. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
21. Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10. Jamgʻarmalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
11. Nodavlat notijorat tashkilotlari
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi ijro apparati
* Davlat sirlarini tashkil etuvchi va “Xizmatda foydalanish uchun” grifi ostidagi hujjatlar bundan mustasno
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013 -son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan Asosiy talablarda:
a) 1-bandiga quyidagi tahrirdagi “b1” kichik band qoʻshilsin:
“b1) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga)”;
“Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 47-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 30-modda) ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda) 6-bandi va qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoni)” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi.