1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 10-noyabrdan boshlab:
ushbu Farmonga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, shuningdek tender hujjatlari va texnik vazifalarni ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
ushbu Farmonga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilishga kontraktlarni (shartnomalarni) roʻyxatdan oʻtkazish yuklansin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilishga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Import kontraktlarini va tender (tanlov) hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek tender (tanlov) takliflarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
PF-5215-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar
ROʻYXATI
T/r
Tovar nomi
TIF TN boʻyicha tovar kodi
1.
Qurol-yarogʻ va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi buyumlar
8526 (faqat harbiy maqsadlar uchun), 8710, 8802 (fuqaro vertolyotlari, fuqaro samolyotlaridan tashqari), 8803 (fuqaro aviatsiyasi uchish apparatlari qismlaridan tashqari), 8805 (fuqaro toifasiga tegishli boʻlmagan) 8906 10 000 0,9013 10 000 0,9013 20 000 0,9013 80,9014,9301, 9302 00 000 0,9305 (faqat jangovar qurollarga tegishli), 9306 (faqat harbiy maqsadlar uchun)
2.
Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan buyumlar radioaktiv moddalarining chiqindilari
2612 (faqat uran konsentratlari), 2844, 2845
3.
Radioaktiv moddalardan
foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalar
8401
4.
Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 2-ILOVA
Kontraktlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida roʻyxatga olingandan keyin eksport qilinadigan tovarlar
ROʻYXATI
T/r
Tovar nomi
TIF TN boʻyicha tovar kodi
1.
Qurol-yarogʻ va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi buyumlar
8526 (faqat harbiy maqsadlar uchun), 871000 000, 8802 (fuqaro vertolyotlari, fuqaro samolyotlaridan tashqari), 8803 (fuqaro aviatsiyasi uchish apparatlari qismlarida tashqari), 8805 (fuqaro toifasiga tegishli boʻlmagan), 8906 10 000 0,9013 10 000 0,9013 20 000 0,9013 80,9014,9301,9302 00 000 0,9305 (faqat jangovar qurollarga tegishli), 9306 (faqat harbiy maqsadlar uchun)
2.
Qimmatbaho metallar, qotishmalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, rudalar, konsentratlar, parchalar va chiqindilar, qimmatbaho tabiiy toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, chiqindilar, tabiiy qimmatbaho toshlarning kukunlari va rekuperatori,dur va undan tayyorlangan buyumlar, qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar
2843,3006 40 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 7106 — 7115, 7118 (faqat qimmatbaho metallardan), 9003 19 000 1, 9021 29 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9101,9111 10 000 0,9113 10, 9608 10 920 0 va 9608 10 990 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9608 30 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9705 00 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan tangalar), 7116 (faqat dur va tabiiy qimmatbaho toshlardan), 9602 00 000 0 (faqat ishlov berilgan qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar)
3.
Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, radioaktiv moddalarning chiqindilari
2612 (faqat uran rudalari va konsentratlari), 2844,2845
4.
Radioaktiv moddalar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalar
8401
5.
Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-son Farmonining 1-bandidagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-son Farmoniga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmonida:
“tender (tanlov) savdolarini oʻtkazishda, tender (tanlov) savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etish va tender (tanlov) takliflarini baholash, tender (tanlov) savdolari natijalarini muvofiqlashtirish, kelishish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish, zarur xollarda. oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish boʻyicha taklif kiritish;
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha tuzilgan import kontraktlarini tizimli asosda puxta ekspertizadan oʻtkazish”;
b) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “1-ilovaga muvofiq maxsus tovarlar bundan mustasno” soʻzlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maxsus tovarlar bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori 6-bandining beshinchi xatboshidagi “ularni amalga oshirish doirasida tuziladigan import shartnomalari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “ularni amalga oshirish doirasida zamonaviy import asbob-uskunalarni va texnologiyalarni xarid qilish boʻyicha tuziladigan import kontraktlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qarori 9-bandidagi “ularni amalga oshirish doirasida zamonaviy import asbob-uskunalarni va texnologiyalarni xarid qilish boʻyicha tuziladigan import kontraktlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarorida: