1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan negizida suyuq sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha zavodning qurilishini tezlashtirish hisobiga tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini yanada kengaytirish, uglevodorod xom ashyosi importini qisqartirish, neft-gaz tarmogʻining eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Investitsiya shartnomasining xorijiy ishtirokchilariga uning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborsin.
3. Quyidagilar investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan jalb qilinadigan xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari va boshqa moliya institutlarining 2 400 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlari;
“Oʻzbekneftgaz” MXKning 120 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi oʻz mablagʻlari va “Uzbekistan GTL” MCHJning 302 mln AQSH dollari miqdorida shakllantirilgan ustav jamgʻarmasi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Asaka” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan, 14 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda yillik 2,25 foizlik foiz stavkasida beriladigan 740 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti;
tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy banklarning 171 mln AQSH dollari miqdoridagi sindikatlashtirilgan kreditlari.