Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “tuman Fermerlar kengashi” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.