toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017
Hujjat 02.10.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini — maktabgacha va oʻrta umumiy taʼlimni toʻla koʻlamli rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturining asosiy prinsiplari va ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatining muhim maqsadli vazifasi deb hisoblansin.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;
umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik gʻoyalarini amalga oshirish;
idoraviy boʻysunushidan va muklchilik shakllaridan qatʼi nazar, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
idoraviy mansub taʼlim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanada mustahkamlanishini taʼminlaydigan normativ baza yaratish, jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan taʼlim sifati va mazmunini oshirish;
tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, jamiyatda taʼlim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning xodimlarning cheklangan umumiy soni 81 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 61 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining tuzilmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 3—6-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziriga, zarurat boʻlganda, vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Xalq taʼlimi tizimi organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
2005-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlarining rahbar kadrlarini, pedagogika institutlarining rahbarlari va professor-oʻqituvchilar tarkibini, shuningdek umumtaʼlim maktablari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek ularning ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-avgust,
372-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tuzilmasi


Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
4-ILOVA
Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining tuzilmasi


Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
5-ILOVA
Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining namunaviy tuzilmasi


Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
6-ILOVA
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining namunaviy tuzilmasi


Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari hamda idoraviy mansub boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladilar va Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga hisob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek Vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari, idoraviy mansub boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;
umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik gʻoyalarini amalga oshirish;
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
idoraviy mansub taʼlim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanada mustahkamlanishini taʼminlaydigan normativ baza yaratish, jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan taʼlim sifati va mazmunini oshirish;
tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, jamiyatda taʼlim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
taʼlim muassasalarida bolalar sporti rivojlantirilishini taʼminlash va ularning sport bazasini mustahkamlash.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi, vazifalari va qoidalarini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini va uning aniq boʻgʻinlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat talablarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoniga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
taʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim, professional pedagogik taʼlim davlat standartining joriy etilishini taʼminlaydi;
umumtaʼlim, fundamental, ijtimoiy-gumanitar hamda umumiy kasb-hunar predmetlari va fanlarini oʻqitishning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik hujjatlarni tasdiqlash va chiqarish tartibini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻqitishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-metodik komplekslarini yaratadi va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik taʼminlaydi;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlimning, shu jumladan bolalarni oila sharoitlarida tarbiyalash sharoitlarida ham, samarali psixologik-pedagogik metodlarini qidirib topish va joriy etishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilar bilan maktabdan tashqari ishlarning, shu jumladan bolalar turizmi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;
bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, oʻquv-pedagogik markazlar va kabinetlarning pedagoglar jamoalarini oʻquv-metodik materiallar va darsliklarni tezkorlik bilan ishlab chiqishga, yangi pedagogik texnologiyalarni, barcha turdagi taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqishga, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolarini hal etishga keng jalb etishni taʼminlaydi;
oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalashning milliy mustaqillik gʻoyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini taʼminlaydi;
umumtaʼlim oʻquv yurtlarini oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash boʻyicha yagona talablarni ishlab chiqadi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarini zamonaviy maktab partalari, axborot texnologiyalari va oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashga tanlov savdolari oʻtkazadi;
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar bilan birgalikda ilgʻor pedagogik tajribani ommalashtirish va joriy etishni taʼminlaydi;
Vazirlik tizimi taʼlim muassasalarining ota-onalar, oilalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar bilan ijodiy faol, Oʻzbekiston mustaqilligi gʻoyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq ulush qoʻshishga layoqatli shaxsni kamol toptirish boʻyicha oʻzaro yaqin hamkorligini amalga oshiradi;
iqtidorli bolalarni aniqlash va oʻqitishning metodologiyasini, psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratadi hamda maʼlumotlar bankini shakllantiradi, iqtidorli bolalar va yoshlar monitoringini olib boradi;
Vazirlik tizimida xorijiy tillarni faol oʻrganish hamda ularni oʻrganishning jadallashtirilgan metodlarini joriy etish, davlat tilida lugʻatlar va maʼlumotnoma adabiyotlarni nashr etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻqituvchilarning (oʻquv fanlari va soatlari boʻyicha) oʻrin almashish tartibini belgilaydi, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga soladi;
umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimlarini baholashning reytingli tizimini, pedagog kadrlar tayyorlash sifati hamda Vazirlik tizimida ularga boʻlgan ehtiyojlar monitoringi tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
toʻliq davlat taʼminoti asosida etim bolalarni hamda ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni davlat va nodavlat taʼlim muassasalari taʼminotiga olish, oʻqitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va taʼminlashni tashkil qiladi, kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtiradi, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy taʼminotini, ularga tibbiy xizmat koʻrsatishni va sogʻlomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablar shoxobchalarini rivojlantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha taʼlimga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni toʻlaqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va oʻsmirlar uchun maktabdan tashqari va oʻquv-tarbiya muassasalari shoxobchalarini rivojlantiradi, oʻsib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sogʻlom hordigʻini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va isteʼdodini har tomonlama rivojlantirishni taʼminlovchi muassasalar komplekslarini tashkil qiladi;
taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish qoidalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi oliy pedagogika taʼlim muassasalari, oʻquv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda taʼlim sohasida vazirlikning ilmiy-texnika dasturini koʻrib chiqadi va shakllantiradi, uni amalga oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi;
(8-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
oliy pedagogika oʻquv yurtlari, Qori-Niyoziy nomidagi Respublika ilmiy tadqiqot instituti, Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti huzurida aspirantura va doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga fanlar doktori va nomzodi ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar raislari nomzodlarini hamda shaxsiy tarkibini kelishish, tegishli kengashlarga dissertatsiyalarni himoya qilish uchun qabul qilib olish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish huquqi beriladigan mutaxassisliklar roʻyxatini kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda—Oʻzbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari Toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejalarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
pedagogika institutlari rektorlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etadi;
idoraviy mansub oliy pedagogika oʻquv yurtlari, Vazirlik tizimidagi respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi va taʼlim muassasalarida eksternat toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha qonun hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalariga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
taʼlim masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil qiladi, respublikada umumiy oʻrta taʼlimning ahvolini qiyosiy tahlil qiladi, uni rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi;
ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, Vazirlik buyruqlari va yoʻriqnomalari toʻplamlarini nashr etish yoʻli bilan taʼlim sohasidagi ilmiy-texnik va pedagogik axborotlarni ommalashtiradi;
taʼlim muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ularni texnika bilan qayta jihozlash, Vazirlik tizimidagi muassasalar va tashkilotlarda moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish sohasida normativ talablarni ishlab chiqadi va yagona yondashuvni taʼminlaydi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan oʻquv-tarbiya muassasalari qurilishi boʻyicha bosh buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish, pulli maslahat berish va qoʻshimcha (asosiy taʼlim dasturlarida nazarda tutilmagan) taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish yoʻli bilan taʼlim xizmatlarining raqobat bozorini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalar, oʻquvchilar va pedagoglar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
respublikaning manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, uyushmalari bilan birgalikda maktab sport musobaqalarini, turistlar slyotlarini, texnika ijodkorligi koʻriklarini, maktab olimpiadalarini, pedagog xodimlar oʻrtasida sport musobaqalarini hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va shaxsni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan oʻquv-tarbiyaviy tusdagi boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda maktabgacha, maktabda, maktabdan tashqari, oliy pedagogik taʼlim va malaka oshirishning muhim masalalari boʻyicha kengashlar, seminarlar va konferensiyalar chaqiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi pedagog xodimlarni, oʻquvchilar va talabalarni, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar xodimlarini mehnatda va oʻqishdagi yuqori koʻrsatkichlari, oʻquvchi yoshlarni oʻqitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki hamda homiylik koʻmagi uchun Hukumat mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirish va kontingenti koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi, respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar taʼminotiga hamda Vazirlik tizimidagi markazlashtirilgan tadbirlar uchun navbatdagi rejalashtirilgan yilga budjet buyurtmanomalarini shakllantiradi, davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobini tashkil qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim darajalarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash, oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarni uygʻunlashtirish uchun Vazirlikning Umumiy oʻrta, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
vasiylik kengashlari faoliyati tashkil etilishiga va umumtaʼlim maktablari bilan jamoatchilik oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlashga koʻmaklashadi;
umumtaʼlim maktablarida axborot-tahliliy va prognoz ishlari olib borilishini taʼminlaydi;
ilgʻor tajribani oʻrganish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish maqsadida umumtaʼlim muassasalari tomonidan, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning maktab taʼlimi boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishi ishlarini tashkil etadi va ularni qoʻllab-quvatlaydi;
Vazirlik va umumtaʼlim muassasalari faoliyatini keng yoritish yuzasidan ommaviy axborot vosistalari bilan ish olib borilishini tashkil etadi.
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boʻlinmalar, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali hal qiladi.
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tegishli vazirliklar va idoralardan, Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridan statistik, prognoz va hisobot maʼlumotlarini olish;
taʼlim boʻyicha alohida masalalarni hal etish, taʼlim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, davlat taʼlim muassasalari xodimlarining, oʻquvchilar va talabalarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini taʼminlash yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
maktabgacha, maktabda, maktabdan tashqari, oliy pedagogik taʼlim muassasalari tomonidan, ularning mulkchilik shakllari va boʻysunishidan qatʼi nazar, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda taʼlim masalalari boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim masalalari boʻyicha qonun hujjatlari qoʻllanilishi amaliyotini umumlashtirish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
taʼlim tizimini va uning muayyan boʻgʻinlarini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli muammolarini ishlab chiqish uchun vaqtinchalik ilmiy jamoalar tashkil etish;
oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari hamda metodik materiallar toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash, pedagogika fani yutuqlaridan va ilgʻor tajribadan foydalanish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun ilmiy-metodik kengash tashkil qilish, metodik kengash tarkibini va kengash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
davlat budjeti mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda jamlash hamda ushbu mablagʻlarni darsliklar sotib olishga va yil mobaynida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa markazlashtirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. Vazirlik maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari, oliy pedagogik taʼlim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish, shuningdek oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
13. Vazirlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshqaradi.
Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazir:
vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyati alohida uchastkalariga rahbarligi va idoraviy mansub organlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida uning shtat jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, idoraviy mansub organlar va muassasalarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub boshqa muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalar rahbarlarini, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub boshqa muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Vazirlikda tarkibida Vazir (hayʼat raisi), Vazir oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) va Vazirlikning boshqa rahbar xodimlari boʻladigan toʻqqiz kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik hayʼati Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, idoraviy mansub boshqa organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, Vazir oʻz qarorini amalga oshiradi. Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Hududiy boʻlinmalar oʻz faoliyatini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-avgustdagi 372-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirishlar kiritilayotgan va oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilovaning VI. “Ijtimoiy kompleks” boʻlimida 6-ustunning 15-bandida “6003” raqami “6010” raqami bilan, “54” raqami “61” raqami bilan almashtirilsin.
2. Quyidagilar:
Ministrlar Sovetining “Respublikada xalq taʼlimini boshqarishni takomillashtirish haqida” 1990-yil 27-yanvardagi 54-son qarori;
Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim ministrligining va Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi ministrligining boshqaruv sxemalari toʻgʻrisida” 1990-yil 20-martdagi 152-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1993-yil 19-maydagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 19-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 356-modda, 34-35-son, 394-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 26-son, 316-modda)