Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 6-son qarori (roʻyxat raqami 2488, 2013-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
11 va
12-bandlardagi “gigiyena sertifikati” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologik xulosa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.