1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
“CHORVOQ” TURISTIK-REKREATSION ZONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank):
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi chegarasi doirasida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasini (keyingi oʻrinlarda — erkin turistik zona) tashkil etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
turistik-rekreatsion zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
2. Quyidagilar turistik-rekreatsion zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
turistik-rekreatsion zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻziga xos turistik yoʻnalishlarni tashkil etish;
transport vositalarining arzonligini taʼminlash, hududda transport harakatining yangi (poyezd, elektropoyezd, avtobus), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yoʻlovchi transporti yoʻnalishlarini kengaytirish, uning toʻxtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
turistlar xavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, mintaqa hududiga keluvchi turistlar haqida yagona maʼlumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yoʻli bilan yaratish;
turistik-rekreatsion zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini taʼminlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar]
turistik-rekreatsion zona maxsus iqtisodiy zonaning bir turi hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
turistik-rekreatsion zona va turistik-rekreatsion zona ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoidalari, shu jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar va ular ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
turistik-rekreatsion zonaning faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Erkin turistik zona maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy kengash) zimmasiga erkin turistik-rekreatsion zona boʻyicha maʼmuriyatchilik funksiyalari yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
5. Toshkent viloyati hokimligi maʼmuriy kengash, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tashkil etilayotgan turistik-rekreatsion zonaning aniq chegaralarini belgilasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar]
Belgilansinki, turistik-rekreatsion zona Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi doirasida yaxlit hudud koʻrinishida, shuningdek, alohida hududlar koʻrinishida belgilanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
6. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda erkin turistik zonaga kiruvchi hududlar chegaralarini belgilash, shuningdek “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-sonli ““Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
7. Quyidagilar:
erkin turistik zonaning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib — Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan (quyosh, shamol, geotermal) foydalangan holda muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish, shuningdek, erkin turistik zonaning ekologiyasini saqlash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va issiqlik bilan taʼminlash obyektlarini qurish boʻyicha bosh loyiha, bosh pudratchi va foydalanuvchi tashkilot etib — “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ;
erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti etib — “ToshkentboshplanLITI” DUK belgilansin.
8. “ToshkentboshplanLITI” DUK olti oy muddatda xalqaro maslahatchilarini jalb qilgan holda erkin turistik zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin hamda maʼmuriy kengash bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Erkin turistik zona hududida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun kiritsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi parametrlarini shakllantirishda turistik-rekreatsion zonaning bosh rejasi va hududning batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun haq toʻlash, turistik-rekreatsion zonaning ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida turistik-rekreatsion zonaning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, maʼmuriy kengash bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga erkin turistik zonada amalga oshirish va joylashtirish uchun loyihalarni tanlash mezonlari boʻyicha takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) turistik-rekreatsion zonada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ochilishini taʼminlasin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablagʻlarini qayta moliyalashtirish tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
kredit liniyasi doirasida xorijiy valyutadagi kreditlar 2 yillik imtiyozli davr, yillik 2 foiz qoʻshilgan 6 oylik LIBOR va bankning yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi;
Jamgʻarma kredit liniyasi mablagʻlari zamonaviy import jihozlari va texnologiyalarini xarid qilish uchun investitsiya loyihasi qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan summada ajratiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
11. Tijorat banklariga:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
turistik-rekreatsion zona hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida 100 foizgacha bank ulushi bilan, shu jumladan banklarning tegishli investitsiya kompaniyalari orqali ishtirok etish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy banklar va boshqa investorlar — yuridik va jismoniy shaxslar (shu jumladan, xorijiy), davlat va nodavlat jamgʻarmalar, korxona va tashkilotlarning grantlari, kredit liniyalari va investitsiyalarini, begʻaraz moliyaviy yordamlarini hamda tijorat banklarining kreditlarini jalb qilish huquqi berilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda erkin turistik zona hududida intellektual transport, geoinformatsiya tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda turistlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shu jumladan, tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, bunda erkin turistik zonaning tibbiyot muassasalari, xususan sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini muassasalari bilan taʼminlanishiga, ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
14. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Toshkent — Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi (va ortga) yoʻnalishi boʻyicha, zarur holda yangi qulay yoʻnalishlarni joriy etgan holda, kombinatsiyalashgan yoʻlovchi tashish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzmilliybank bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Chorvoq erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ularni maʼmuriy kengash va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
PF-5273-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2017-y., 06/17/5273/0363-son; 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son; 28.08.2020-y., 06/20/6053/1234-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)