Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 3-oktabrdagi 25-B-son “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda ular boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2623, 2014-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 541-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.