toggle_night_mode
Hujjat 01.02.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarida xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat)ni tashkil etishni tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning zaxirasini shakllantirish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari (bundan buyon xodimlar)ning xizmat oʻtashini tashkil etish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
2. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchidan — huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasida tezkorlikni, jinoyatlar haqidagi xabarlarni oʻz vaqtida hisobga olish va koʻrib chiqishni taʼminlaydigan, amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini boshqarish hamda hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish;
ikkinchidan — ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega kadrlar tanlanishi, ularning maqsadli joylashtirilishi hamda “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” oʻz xizmat burchini soʻzsiz bajarish ruhida tizimli ravishda tarbiyalash uchun shaxsiy javobgarligini belgilash;
uchinchidan — boʻsh lavozimlarni jamlash va kadrlar zaxirasini, birinchi navbatda, oʻz kasbiy fazilatlari, axloqiy koʻrinishi, xulq-atvori va madaniyat darajasi bilan namuna boʻlgan istiqbolli boshqaruv tarkibini shakllantirishning taʼsirchan mexanizmini joriy etish;
toʻrtinchidan — xizmat oʻtashni qatʼi nazorat qilish va tarbiyaviy jarayonni taʼminlash sohasida muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilishning sifat jihatdan yangi tartibni belgilash;
beshinchidan — ish tajribasining vorisiyligini, yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish hamda ularda xizmat vazifasi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan tezkor-xizmat vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishni taʼminlovchi samarali murabbiylik tizimini joriy etish;
oltinchidan — ichki ishlar organlarining barqaror professional kadrlar tarkibini shakllantirish, kadrlar qoʻnimsizligini pasaytirish, xodimlarning uzoq muddatli xizmatini ragʻbatlantirish, shuningdek shaxsiy tarkibni uning kasbiy malakasi, shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozimlarga optimal taqsimlash;
yettinchidan — qoʻyilgan vazifalarni vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajaruvchi xodimlarni ragʻbatlantirish, shuningdek masʼuliyatsiz xodimlarga nisbatan xizmatdan boʻshatishgacha boʻlgan intizomiy jazo tayinlash boʻyicha choralarni oʻz vaqtida va xolisona koʻrish orqali ichki ishlar organlarida mustahkam xizmat intizomini taʼminlash;
sakkizinchidan — ichki ishlar organlarida ijro intizomini, jumladan boshqaruv qarorlari har bir bevosita ijrochiga oʻz vaqtida yetkazilishiga va tizimli uzluksiz nazoratni taʼminlanishiga imkon beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish orqali taʼminlash mexanizmini tubdan qayta koʻrib chiqish.
3. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni muvofiqlashtirilgan holda va kompleks amalga oshirilishini taʼminlash uchun quyidagilar yuklatilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — barcha quyi boʻlinmalar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarining muqarrar va oʻz vaqtida bajarilishini manzilli muvofiqlashtirish va uning ustidan muntazam nazorat oʻrnatish, yuklatilgan vazifalar bajarilishining aniq mexanizmlarini koʻrsatgan xolda konseptual boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga — ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini hamda konseptual boshqaruv qarorlarini ishni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnomaviy “yoʻl xaritalari” ishlab chiqqan holda amalga oshirish boʻyicha aniq ijrochilar va harakatlarni belgilash, sohaviy xizmatlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarni samarali muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari, ichki ishlar organlarining taʼlim va boshqa muassasalariga — boshqaruv qarorlarini ijro qilish boʻyicha belgilangan tadbirlarni yuklatilgan vazifalarni bajarishda koʻrsatilgan usullarga muvofiq sifatli amalga oshirishda barcha mavjud kuch va vositalarni maqsadli taqsimlash va ulardan foydalanish, har bir xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini soʻzsiz bajarilishini taʼminlash.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari:
a) har chorakda joylarga chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlar rahbarlarining, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari rahbarlarining aniq erishilgan natijalarni koʻrsatgan holda boshqaruv qarorlari ijrosining amalga oshirilishi haqidagi shaxsiy hisobotlarini kengaytirilgan majlislarda tinglaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) har yarim yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek xizmat oʻtashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini inobatga olgan holda qilingan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar boʻyicha aniq choralar koʻrilishi nazarda tutiladi:
tashabbus koʻrsatmaydigan va masʼuliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
ichki ishlar organlari boʻlinmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qoʻllash.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan belgilangan tartibda oʻqishni tugatganidan keyin besh yil mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida shartnoma tuziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)larining rahbarlik lavozimlari ustunlik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti (oliy kurslari)ni tamomlagan xodimlari bilan jamlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari rahbar tarkibining rotatsiyasi, qoida tariqasida, teng mavqeli lavozimga, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng amalga oshiriladi;
xizmatda boʻlishning chegara yoshi safdor va serjantlar tarkibi xodimlari, shuningdek ayollar uchun (mavjud maxsus unvonidan qatʼi nazar) — ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yosh;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, ulardan imtiyozli hisoblanadigan davri xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi;
xodimlarning bolalari davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga yashash yoki xizmat oʻtash joyi boʻyicha navbatdan tashqari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagi tartib oʻrnatilsin:
ichki ishlar organlarida murabbiylar mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil xizmat qilgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, xizmatda samarali koʻrsatkichlarga va tarbiyaviy yoʻnalishda koʻnikmalarga ega boʻlgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
murabbiylarga, qoida tariqasida, koʻpi bilan bir nafar ofitserlar tarkibidan boʻlgan xodim, uch nafargacha serjantlar tarkibidan boʻlgan xodimlar, besh nafargacha safdorlar tarkibidan boʻlgan xodimlar biriktiriladi;
xizmatga yangi qabul qilingan xodimlarga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining, jumladan kasbiy tayyorgarlik fakulteti bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
murabbiylar oʻzlariga biriktirilgan xodimlarning taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek xodimlar lavozimga kirishishi davrida xizmat intizomini buzgan hollarda murabbiylar, ayblilik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
7. Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi intizomiy kengashlar tashkil qilinsin, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ularning faoliyatini mukofotlash choralarini koʻrish va ichki ishlar organlarida amalda boʻlgan ijtimoiy taʼminot sohasidagi tegishli imtiyozlarni berish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish va iltimosnomalar kiritish orqali ragʻbatlantirish;
jamoada yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish, nojoʻya harakat sodir etgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlayotgan xodimlarga belgilangan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqida xolisona qaror qabul qilish orqali jamoatchilik taʼsirini koʻrsatish.
8. 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz yondashgan yoxud ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan xodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin;
b) har chorak yakunlari boʻyicha quyidagilarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi yoki mukofot taʼsir chorasi sifatida qoʻllaniladi:
profilaktika (katta) inspektorlariga — biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni, birinchi navbatda, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni barvaqt oldini olish, shuningdek joylardagi muammolarni hal etishda aholi bilan ishlashni tashkil qilish ahvoli uchun;
biriktirilgan hududda tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlari (katta) tezkor vakillariga — ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, tergov va suddan yashiringan shaxslarni qidirish ahvoli uchun;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarining 10 foizi har yili xizmatda samarali natijalarga erishgan va amaldagi intizomiy jazosi boʻlmagan xodimlarni quyidagi shakllarda ijtimoiy kafolatlashga ajratiladi:
yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj xodimlarga besh yildan oshmaydigan muddatga eng kam ish haqining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;
Keyingi tahrirga qarang.
pul taʼminotining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda — toʻy tantanalari va boshqa tadbirlar oʻtkazish uchun, shuningdek besh baravarigacha miqdorda — ogʻir betob xodimlarni davolash uchun bir martalik moddiy yordam toʻlab berish;
pul mukofoti yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash, madaniy-ommaviy, koʻngilochar tomoshalar va boshqa dasturlariga borishlarini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
g) intizomiy kengashlar iltimosnomasiga koʻra, zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan xodimlar va ularning oila aʼzolariga har yili bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga va sanatoriy-kurort muassasalariga bepul yoʻllanmalar beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida quyidagi idoraviy koʻkrak nishonlari taʼsis etish haqidagi taklifi maʼqullansin:
I, II va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”;
“Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi”.
10. Quyidagilar:
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga — amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlarining sifatli va toʻla hajmda amalga oshirilishi, xizmatlar faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi, hamkorligi va markaziy apparat tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarining muqarrar va oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishi boʻyicha;
barcha darajadagi va sohaviy ichki ishlar organlarining rahbarlariga — kadrlarni tanlash va joy-joyiga maqsadli qoʻyish, jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirishni taʼsirchan oldini olish, xodimlarga nisbatan oʻz vaqtida va xolislik bilan ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini koʻrish, ularning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlash, shuningdek rahbarlik qilayotgan boʻlinmada ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha;
ichki ishlar organlari rahbarlarining kadrlar boʻyicha oʻrinbosarlariga — oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan xodimlarning xizmatda koʻtarilishini taʼminlovchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni oʻqitish va ulardan toʻlaqonli foydalanish, shaxsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ishni olib borish va xizmat oʻtashni nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha;
mutaxassislarga biriktirilgan murabbiylarga — xodimlarga amalga oshirayotgan faoliyatida natijadorlikka hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda amaliy ish koʻnikmalarini shakllantirish va xizmat burchiga tashabbuskorlik bilan munosabatda boʻlishini tarbiyalash boʻyicha shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda pul ushlash yoki mukofot tizimining aniq mezonlarini belgilab beruvchi, biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” va “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” idoraviy koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari intizomiy kengashlarining faoliyati tartibini belgilasin;
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarida murabbiylik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda murabbiylar zaxirasini shakllantirish tartibi, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash bilan murabbiylik ishini tashkil qilishni taʼsirchan mexanizmini nazarda tutsin;
2018-yilning 1-fevraliga qadar xodimlarning xizmat, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini sifat jihatdan yangi tamoyillar asosida tashkil etish tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, unda uning mazmuni boʻlinmalar ehtiyojiga mos kelishi, hudud, lavozim majburiyatlari va xizmat xususiyati inobatga olinishi taʼminlansin;
2018-yilning 1-mayga qadar elektron hujjat aylanishi, hujjatlarni qayd etish, hisobga olish va saqlash tartibini, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlariga, uning hududiy boʻlinmalari va bevosita joylardagi ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga biriktirilgan xodimlar (ishchilar) toifasini inobatga olib, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida idoraviy davolash-profilaktika muassasalarini qurish, Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan gospitalni rekonstruksiya qilish, shuningdek idoraviy davolash-profilaktika va sanatoriya-kurort muassasalarining yotoq fondini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash haqida moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda takliflar kiritsin;
uch oy muddatda xodimlarning umumiy huquqlari va majburiyatlari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, asosiy mansabdor shaxslarning majburiyatlarini, shuningdek ichki tartib qoidalarini belgilovchi Ichki ishlar organlarining ichki xizmat ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-noyabr,
PQ-3413-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga
1-ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmat oʻtash tartibini belgilaydi.
2. Ichki ishlar organlaridagi xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmat) davlat xizmatining turi boʻlib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini boʻyicha vazifalarni amalga oshirishdan iborat.
3. Xizmatni oʻtash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:
xizmatga qabul qilish;
maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish;
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat oʻtashi;
attestatsiya oʻtkazish;
taʼtillar berish;
huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;
xizmat oʻtash rejimini taʼminlash;
xizmat muddatlarini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari va qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining xizmat oʻtashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish
4. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma (boʻlim)larida, aholi turar joylarida, tashkilot va muassasalarda muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida qabul va boʻsh lavozimlar toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi.
5. Xizmatga 165 santimetrdan past boʻlmagan erkaklar va 160 santimetrdan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadi.
Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar oʻrnatiladigan boʻlinmalar va lavozimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6. Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, tegishli maʼlumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalaridagi kunduzgi taʼlimga oʻqishga, yoshi oʻn sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi taʼlimga oʻqishga, yoshi qirq yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan qirq yoshdagi ham, ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy ish stajiga, oʻrta, oʻrta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinadi.
(6-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va tegishli oʻrta, oʻrta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxati boʻyicha ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta boʻlgan fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiruvchilar uchun ushbu talab oʻrnatilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari, ushbu bandning birinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarini inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son)
7. Xizmatga (keyingi oʻrinlarda — nomzod) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan shaxs doimiy propiska joyi boʻyicha ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
xizmatga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
pasport nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (aslini koʻrsatgan holda);
FHDY organlaridan maʼlumotnoma (tugʻilganlik haqida guvohnomaga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki almashtirilgan hollarda);
qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasport nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud boʻlsa), qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalari nusxalari (asli koʻrsatilgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
3 x 4 sm oʻlchamdagi oltita rangli fotosurat (bosh kiyimsiz), shuningdek 9 x 12 sm oʻlchamdagi ikkita fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzodning tarjimai holi;
anketa-maʼlumotnoma;
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (oila aʼzolari koʻrsatilgan holda);
oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli koʻrsatilgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
asli koʻrsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirayotganda harbiy guvohnoma mavjud boʻlmasa, chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma taqdim etiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
propiska joyi boʻyicha belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
asli koʻrsatilgan holda mehnat daftarchasining nusxasi (agarda mavjud boʻlsa).
Xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida nomzoddan yoki tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari ichki ishlar organi vakolatli boshligʻi nomiga ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xizmatga qabul qilish nomzodning doimiy propiska joyi boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki va yakuniy tanlovlar asosida amalga oshiriladi. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun ichki ishlar organlarida qabul komissiyalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlovlar nomzodning xohishiga koʻra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Dastlabki tanlov tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
dastlabki suhbat;
psixologik test;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.
Dastlabki tanlov tadbirlari ularning turlaridan kelib chiqib, tegishli mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladi.
Dastlabki tanlov, dastlabki suhbat, psixologik test va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning umumlashtirilgan natijalariga koʻra yakunlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Dastlabki tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini toʻliq rasmiylashtirilganidan soʻng, unga xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyasiga yoʻllanma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan, shuningdek, sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qoʻllanilgandan qatʼi nazar) fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat oʻtashga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xizmatga kiruvchi nomzodlarga xizmat siri hisoblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan hamda oshkor etilishi man etiladigan maxsus talablar ham oʻrnatiladi.
Nomzodning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini rasmiylashtirish davomida xizmatga qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar (xizmatga qabul qilish uchun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda, uni shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini rasmiylashtirish toʻxtatilib, xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida vakolatli rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda nomzodga xabar beriladi.
Shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilib, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgan taqdirdagina, nomzod yakuniy tanlovga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Yakuniy tanlov nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida oʻtkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmat oʻtashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur boʻlgan boshqa maʼnaviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.
Yakuniy suhbat natijalari koʻra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. Yakuniy tanlovda, qoida tariqasida, bir lavozimga kamida ikkita nomzod ishtirok etishi lozim.
Xizmatga, mavjud boʻsh lavozimlarni hisobga olgan holda yakuniy tanlov natijalariga koʻra yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar qabul qilinadi.
Tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar qatoridan boʻlgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxat va tartibda tanlovsiz xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga nomzodlar tanlovi tartibi va qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlarining maxsus boʻlinmalariga tanlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining Harbiy-texnika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi yoki Yongʻin xavfsizligi instituti kira olmagan bitiruvchilari, xizmatga qabul qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlikka ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Dastlabki tanlov sinovlarining biridan yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzod ularni takroran topshirishiga qoʻyilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Yakuniy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar, ichki ishlar organi qabul komissiyasining xulosasi asosida, xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlarini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ichki ishlar organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, ayrim mutaxassisliklar boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetida oʻqishni tamomlagan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
serjantlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Serjantlar tayyorlash maktabini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
safdorlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasidagi ofitserlarni ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ichki ishlar organlaridagi lavozimlarga tayinlash uchun zarur taʼlim va mutaxassisliklarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
21. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda beraman.
Vatanimga va Oʻzbekiston xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman”.
22. Xizmatga qabul qilishda xodimga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Xodimning xizmat guvohnomasi va jetonining namunalari, shuningdek ularni berish va hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Xodimning xizmat guvohnomasi oʻqotar qurolni olib yurish va saqlash huquqini, shuningdek qonunga muvofiq unga berilgan boshqa huquq va vakolatlarini tasdiqlaydi.
23. Xizmatga qabul qilingan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga murabbiy biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini oʻtash va murabbiylarni biriktirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
25. Xizmatga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatga majbur fuqarolari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursantlari, harbiy hisobdan chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kursantlari birinchi bosqich taʼlim muddati yakunlanganidan soʻng, muddatli harbiy xizmatni oʻtgan hisoblanadilar va ularga taʼlim muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Xizmatga qabul qilish va boʻshatish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabul qilish, shuningdek maxsus unvonlar berish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan vakolat berilgan boshliqlarning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish
27. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, oʻtagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi — safdor;
serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
29. Birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar, maxsus unvonlar berish vakolatiga ega boshliqning buyrugʻi bilan beriladi.
30. “Safdor” maxsus unvoni ichki ishlar organlari safdorlar tarkibi lavozimiga tayinlangan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari va chet davlatlar taʼlim muassasalarining (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilganlar) kursant (tinglovchi)lar safiga qabul qilingan shaxslarga ularni tayinlash (qabul qilish) bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
“Safdor” maxsus unvoni xizmatga yoki oʻqishga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqlar tomonidan beriladi.
31. “Kichik serjant” maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetini serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Serjantlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlarning buyruqlari bilan beriladi.
32. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlarga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat olib boradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni “leytenant” hisoblanadi.
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoxud faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik staji va ish (xizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarga ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida “mayor” maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan mayor unvoni ham, maxsus unvonlaridan biri berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaxslarga belgilangan tartibda “polkovnik” maxsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan polkovnik unvoni ham, maxsus unvon berilishi mumkin.
Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan beriladi.
“Leytenant” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan shaxslarga;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining safdor yoki serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlanganlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kasbiy tayyorgarlik fakulteti bitiruvchilariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini kunduzgi taʼlim, shuningdek xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishuv asosida yuborilgan) bitiruvchilariga.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari quyidagilar tomonidan beriladi:
“mayor” maxsus unvonigacha — ofitserlar tarkibi unvonlarini berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan, boshliqlari bunday vakolatga ega boʻlmagan tarkibiy tuzilmalar xodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
“podpolkovnik” maxsus unvoni — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“polkovnik” maxsus unvoni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
35. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:
“safdor” — muddatsiz;
“kichik serjant” — ikki yil;
“serjant” — ikki yil;
“katta serjant” — muddatsiz;
“leytenant” — ikki yil;
“katta leytenant” — ikki yil;
Keyingi tahrirga qarang.
“kapitan” — uch yil;
Keyingi tahrirga qarang.
“mayor” — toʻrt yil;
Keyingi tahrirga qarang.
“podpolkovnik” — besh yil.
Keyingi tahrirga qarang.
“Polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
36. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini oʻtagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Navbatdagi maxsus unvonni chetlab oʻtib, maxsus unvonlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va sport-madaniyat sohasida yuqori natijalarga erishgan, taʼlim dasturini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan taʼlim muassasa boshligʻining taqdimnomasi asosida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining birinchi maxsus unvonini chetlab, “katta leytenant” maxsus unvoni berilishi mumkin.
38. Xodim yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga oʻtkazilganda, mavjud unvonida boʻlish muddati oʻtgan boʻlsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvon berish uchun taqdim etiladi.
39. Maxsus unvonda xizmat oʻtash muddati kalendar hisobda maxsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi (ushbu Nizomning 47 va 48-bandlari talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno).
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda uning avvalgi unvonini qayta tiklanguniga qadar oʻtagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qoʻshilmaydi.
40. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, jinoyatchilikka qarshi kurashda, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan, xizmat burchini bajarishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgan xodimlarga ragʻbatlantirish chorasi tariqasida ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishi ham mumkin.
Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi:
ichki ishlar organlari generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan (“polkovnik” unvonidan past unvonga ega boʻlgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qancha muddat xizmat oʻtaganidan qatʼi nazar;
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismi oʻtganidan soʻng.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, mavjud maxsus unvonda xizmat oʻtash uchun qancha muddat belgilanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvonlarni berish huquqiga ega.
Egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga — mavjud unvonda xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmat oʻtash muddatining kamida bir yarim baravari oʻtganidan soʻng.
Ichki ishlar organlari profilaktika, tergov, jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalari xodimlariga ragʻbatlantirish chorasi tariqasida egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgan maxsus unvondan qatʼi nazar navbatdagi maxsus unvon berilishi mumkin:
“podpolkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov, jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalarida oʻn besh kalendar yildan ortiq uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan profilaktika inspektori, tergovchi (surishtiruvchi), tezkor xodim yoki profilaktika katta inspektori, katta tergovchi (katta surishtiruvchi), katta tezkor vakil lavozimidagi xodimlarga “mayor” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng;
“polkovnik” maxsus unvoni — tegishliligi boʻyicha ichki ishlar organlari profilaktika, tergov, jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalarida yigirma kalendar yildan ortiq uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan profilaktika katta inspektori, katta tergovchi (katta surishtiruvchi), katta tezkor vakil yoki oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchi, tezkor vakil lavozimidagi xodimlarga “podpolkovnik” maxsus unvonida xizmat oʻtash muddati tugaganidan soʻng.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir vaqtning oʻzida muddatidan oldin hamda egallagan lavozimi bilan koʻzda tutilgan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Pensiya olish huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uchun belgilangan muddatini oʻtagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon pogʻonasi “kapitan” boʻlgan, ijobiy tavsiflanadigan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda “mayor” maxsus unvoni berilishi mumkin.
42. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:
xodim ichki ishlar organlari ixtiyorida boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlganda;
xodim attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;
xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga oʻtkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab, bir yil davomida.
43. Navbatdagi maxsus unvonni asossiz ravishda kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan boshliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
44. Ichki ishlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini intizomiy jazo tariqasida bir pogʻona pasaytirish mumkin. Bunda unvon “leytenant” maxsus unvonigacha pasaytiriladi.
“Podpolkovnik” va undan past maxsus unvonlarni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Polkovnik” maxsus unvoni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda pasaytiriladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan unvonini pasaytirishni tavsiya etgan boshliqning (yoki unga tenglashtirilgan boshliqning) yoxud yuqori lavozimdagi boshliqning taqdimnomasi boʻyicha tiklanishi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarning maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi.
45. Maxsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtagan xizmati bilan qoʻshib hisoblanadi.
46. Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlari — ushbu unvonlarni berish vakolatiga ega boshliqlar tomonidan;
ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan.
Generallar tarkibi maxsus unvoniga ega shaxslar maxsus unvonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudning tegishli taqdimnomasi asosida mahrum qilinishi mumkin.
Sud shaxsning maxsus unvonini tiklash haqida qaror qabul qilganida maxsus unvondan mahrum qilgan boshliq yoki bunday vakolatga ega yuqori turuvchi rahbar tomonidan tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan shaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Ushbu tartib nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlar boʻlinmalariga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan xodimlarga ham qoʻllaniladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Mudofaa organlarining tarkibiy tuzilmalari va taʼlim muassasalaridan xizmatni davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat oʻtagan) lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Ushbu Nizomning 47 va 48-bandlarida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berilgan xodimlarga ularni avvalgi ish joyida unvonda xizmat oʻtagan davri hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Ushbu Nizomning 33-bandi uchinchi xatboshisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan (shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga qabul qilingan yoki oʻtkazilgan) xodimlarga xizmat yillari uchun foizli ustama haq belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Keyingi tahrirga qarang.
51. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon pogʻonasi boʻyicha beriladi.
Agar vaqtincha lavozimni bajarish uchun tayinlangan xodimning ilgari egallagan lavozimining unvon pogʻonasi navbatdagi unvonini berish uchun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajarish muddati olti oydan oshmasligi lozim.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslari) tinglovchilariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining doktoranturasida taʼlim olayotganlarga navbatdagi maxsus unvonlar ular tinglovchilar safiga, doktoranturaga qabul qilinganiga qadar xizmat qilgan oxirgi lavozimining unvon pogʻonasiga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali boʻyicha oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon pogʻonasi koʻtarilishi yoki tushirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki oʻqishga kirganlaridan soʻng inobatga olinmaydi.
54. Maxsus unvonlar berish, ulardan mahrum qilish va ularni tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya
55. Ichki ishlar organlarining asosiy lavozimlari boʻyicha xodimlarning maxsus unvonlar roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ularga tenglashtirilgan lavozimlar roʻyxati esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlagan tashkiliy-shtat tuzilmasi va umumiy shtatlar soni asosida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
56. Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasida koʻrsatilmagan xodimlarni lavozimlarga tayinlash va ozod etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
57. Tayinlanishi uchun xodimlarning sogʻligʻi holati inobatga olinishi talab etiladigan lavozimlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
58. Xodimlarni lavozimga tayinlash, bunga vakolatli boshliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlash ularning maʼlumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, shuningdek amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) boʻsh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa toʻrt oydan oshmasligi lozim;
v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, shuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimida ozod qilinadi va 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul taʼminoti (oxirgi lavozimi boʻyicha) saqlangan va xizmat stajini bir kuni bir kunga hisoblagan holda ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari ixtiyorida boʻlish muddatini hisoblashda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat boʻlganida) yoki qoʻshimcha taʼtilda boʻlish (bola parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarning ichki ishlar organlari ixtiyorida belgilangan muddatdan ortiq boʻlgani uchun haq toʻlanmaydi, bunda ushbu davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi.
g) xodimning yoki uning oila aʼzolari hayoti yoxud sogʻligʻiga xavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning sogʻligʻi holati tufayli xizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarur boʻlganida, ushbu xodimni boshqa tuman (shahar, viloyat)ga xizmatga oʻtkazish lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliq tomonidan amalga oshiriladi;
d) oʻzaro qarindosh boʻlgan xodimlar (ota-ona, turmush oʻrtogʻi, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat oʻtash birining ikkinchisiga boʻysunishi yoki nazorat ostida boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, bir boʻlinmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.
e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
j) xodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldiriladi;
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni ichki ishlar organlaridan boʻshatish yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda chetlashtirish tufayli yuzaga kelgan majburiy progulning bir yildan ortiq boʻlmagan muddati uchun unga pul taʼminoti tarzida haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Xodimni lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki ragʻbatlantirish tartibida;
teng lavozimga — oʻzining xohishiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy sharoitga koʻra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish yoki boʻsh lavozimlarni jamlash zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;
past lavozimga — oʻzining xohishiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.
Boshliqning xodimni past lavozimga oʻtkazish haqidagi buyrugʻida buning asoslari koʻrsatiladi.
60. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng boʻlganida esa — lavozim maoshi miqdori boʻyicha aniqlanadi.
61. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat boʻyicha koʻtarish ularning kasbiy va shaxsiy xislatlari, sogʻligʻining holati, ish natijalari va xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha koʻrsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.
62. Xizmat joyi oʻzgargan xodim ichki ishlar organlari xizmat boʻyicha koʻchirish haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan soʻng oʻn kundan kechikmasdan moddiy va ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, xizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, xodim navbatdagi taʼtilda yoki davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno.
63. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakulteti, rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti (oliy kurslar)ga oʻqishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tinglovchilar safiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ni oʻtkazish, tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
64. Xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi belgilangan lavozimga tayinlashda unga davlat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarga oʻrnatilgan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomasi boʻlmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan ishlashi belgilangan lavozimga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Ichki ishlar organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar faoliyatining samaradorligin oshirish, korrupsiya va vakolatlar suiisteʼmol qilinishining oldini olish, shaxsiy tarkib orasida sogʻlom muhitni taʼminlash maqsadida xodimlar amaliy ish tajribasini va kasbiy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda teng lavozimga, jumladan boshqa tuman (shahar, viloyat) yoki tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng, rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Xodimlarni ichki ishlar organlari ixtiyorida qoldirish va rotatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
5-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
67. Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa taʼlim muassasalarida, shuningdek xalqaro shartnomalar asosida xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
68. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Shartnoma oʻqishga kirgan fuqarolar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan taʼlim muassasalari tomonidan, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladiganlar bilan esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar mazkur taʼlim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Agar kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa undan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oʻqishiga sarflangan mablagʻlar qonunga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda taʼlimga sarflangan mablagʻlar undirilmaydi:
ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
kursant (xodim) vafot etganida.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va tinglovchilar bundan mustasno) majburiy tartibda kamida uch oy muddatli maxsus kasbiy (boshlangʻich) tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Xodim boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlanganda yoki uni yangi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganida qayta tayyorgarlikdan oʻtishi shart.
71. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar asosida malaka oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida nazarda tutilmagan mutaxassisliklar boʻyicha xodimlarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida yoki xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, maʼnaviy-axloqiy darajasini oshirish uchun ichki ishlar organlarida tizimli ravishda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etiladi.
Xodim maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlarda harakatlanishiga kasbiy yaroqliligi boʻyicha har yilgi tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
74. Xodimlarni maxsus kasbiy (boshlangʻich) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek xizmat oʻtash vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimning boshqa davlat organlari va tashkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat oʻtashi
75. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi) kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Agarda qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda xizmat oʻtaydilar.
77. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning lavozimi oʻzgargan (boshqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, oʻqishdan chetlashtirilgan), ragʻbatlantirilgan, shuningdek intizom buzgan taqdirda ular faoliyat koʻrsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
78. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etish, ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlganida xizmat muddatini uzaytirish ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
79. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga maxsus unvonlar quyidagi tartibda beriladi:
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” unvoni ham — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga koʻra ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
“polkovnik” maxsus unvoni — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan;
(79-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri hamda ular faoliyat koʻrsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining birgalikdagi tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
80. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga taʼtillarni, shuningdek xorijiy davlatlarga borishlari uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, xodimlar faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
81. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmatni oʻtash tartibi bilan bogʻliq oʻzgarishlardan xabardor boʻlishlari, lavozimi oʻzgarganida (boshqa lavozimga tayinlanganida, lavozimidan ozod etilganida, oʻqishdan chetlashtirilganida), mukofotlanganida, intizom buzilishiga yoʻl qoʻyganida, shuningdek oʻzlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda axborot berishi shart.
82. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar nikohdan oʻtganida, oilasi tarkibida boshqa oʻzgarishlar boʻlganida, qarindoshlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, oʻgʻil-qizlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganida uch ish kuni muddati ichida, mehnat taʼtili yoki xizmat safarida boʻlganida esa taʼtil va safar tugashi bilan darhol Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda xabar beradilar.
83. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmat majburiyatlarni bajarish (oʻqish) muddati yakunlanganidan soʻng, davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyoriga qaytarib yuboriladi.
84. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytgan xodim Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi.
85. Intizom buzishi va boshqa salbiy sabablarga koʻra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, shuningdek oʻqishdan chetlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan boʻshatish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi .
86. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar taʼlim muassasalarini tamomlaganidan soʻng, oʻqish davrida olgan maʼlumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy ish tajribasidan kelib chiqib lavozimga tayinlanadi.
87. Xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki xizmatni davom ettirish istagi boʻlmagan xodimlar, kadrlar zaxirasiga kiritilguniga qadar egallagan lavozimi boʻyicha mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan boʻshatiladi.
88. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar va ularning oila aʼzolari xizmat (oʻqish) vaqtida, shuningdek boʻshatilganidan soʻng, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan barcha turdagi taʼminot, huquq, imtiyoz va boshqa afzalliklardan foydalanadi.
89. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek taʼlim muassasalarida lavozim majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul taʼminoti (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
7-bob. Attestatsiya oʻtkazish
90. Ichki ishlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholash, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi chogʻida ularning masʼuliyatini oshirish maqsadlarida oʻtkaziladi.
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida oʻtishi lozim.
91. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadilar.
92. Navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazish muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.
Navbatdagi attestatsiya besh yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon berish uchun oʻtkaziladi.
Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar;
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda boʻlganlar;
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, ichki ishlar organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan soʻng umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadilar;
homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtilida boʻlganlar. Bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan soʻng kamida bir yil oʻtganidan soʻng attestatsiyadan oʻtadilar.
93. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish koʻrsatkichlari past boʻlgan, kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan, xizmat intizomini qoʻpol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, ichki ishlar organlari xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan xodimlar oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Navbatdan tashqari attestatsiya oʻtkazish haqidagi qarorni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boʻlgan boshliq qabul qiladi.
94. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri yoxud ichki ishlar vazirining qaroriga asosan xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin, buning uchun maxsus komissiya tuziladi.
95. Attestatsiyani tashkil qilish va oʻtkazish, attestatsiya komissiyalari tarkibini shakllantirish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
8-bob. Taʼtillar
96. Xodimlarga quyidagi taʼtillar beriladi:
har yilgi asosiy taʼtil;
homiladorlik, tugʻish va bola parvarishlash taʼtillari;
kasallik boʻyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) taʼtil;
oʻquv (kanikulyar) taʼtili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)lari uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini tamomlaganligi munosabati bilan taʼtil;
Keyingi tahrirga qarang.
ijodiy taʼtil — amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;
qoʻshimcha taʼtil — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti boʻyicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga.
Shuningdek, xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha taʼtillar ham berilishi mumkin.
97. Xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklashlari uchun taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan (bayram kunlari hisobga olinmagan, lavozimi va pul taʼminoti saqlangan) holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy taʼtil beriladi.
98. Asosiy taʼtil xodimlarga birinchi xizmat yili uchun kamida olti oy ishlaganidan soʻng beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri asosiy taʼtilni xodim dastlabki sinov muddatini oʻtaganidan soʻng, xizmatining birinchi yilining istalgan davrida berish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Xodimning belgilangan xizmat muddatini oʻtagandan keyin har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshimcha ravishda kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi:
oʻn yillik xizmatidan soʻng — besh kun;
oʻn besh yillik xizmatidan soʻng — oʻn kun;
yigirma yillik xizmatidan soʻng — oʻn besh kun.
100. Har yilgi asosiy taʼtil davrida xodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida taʼtil ushbu muddatga uzaytiriladi.
101. Favqulodda holatlar davri belgilangan, tabiiy ofat hududi deb eʼlon qilingan yoki ularga tenglashtirilgan joylarda xizmat oʻtagan xodimlarga ular foydalanmagan har yilgi asosiy taʼtil ularning xohishiga koʻra keyingi yilgi asosiy taʼtilga qoʻshib beriladi.
102. Xodimlar ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalariga oʻtkazilgan taqdirda, ularning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy taʼtili yangi xizmat joyi boʻyicha beriladi.
103. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy taʼtilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yoʻl xarajatlari toʻlab beriladi.
104. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil xohishiga koʻra ikki qismga boʻlib berilishi mumkin. Bunda taʼtilning bir qismi oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Ushbu holda taʼtil guvohnomasi taʼtilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
105. Homiladorlik va tugʻish taʼtillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun taʼtil beriladi.
Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning lavozimi saqlanadi va ushbu taʼtillar muddati xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha xizmat stajiga ham) qoʻshiladi, lekin hammasini jamlaganda uch yildan oshmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Xodimlarga kasalligi boʻyicha taʼtillar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Ushbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli taʼtilda boʻlishning uzluksiz umumiy muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun koʻproq muddat talab qilingan hollarda bu muddat tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Xodimlar kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tugaganidan soʻng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiyada guvohlantirilishi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda boʻlgan davri maʼlum bir muddat bilan cheklanilmaydi. Shaxslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan soʻng harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan oʻtkaziladi.
Kasallik sababli berilgan taʼtil har yilgi asosiy taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan boʻshatilayotganda, unga kasalligi sababli taʼtil berilmaydi.
107. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek oliy taʼlim muassasasini tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida sirtdan oʻqiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa oʻquv ishlarini topshirish davrida sessiya muddatiga pul taʼminoti saqlangan holda taʼtil beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
108. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasining mustaqil izlanuvchi boʻlgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy taʼtil beriladi.
109. Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda kamida oʻn besh kalendar kuni davom etadigan va pul taʼminoti saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
110. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul taʼminoti saqlanmagan holda oʻn kungacha qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
111. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil joriy kalendar yili davomida berilmagan boʻlsa, ushbu taʼtil keyingi yilning birinchi choragida berilishi lozim.
112. Xodimni taʼtildan faqat xizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina oʻzining roziligi va xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning yozma qarori bilan chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi.
Taʼtildan chaqirib olinganida uning foydalanilmay qolgan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Agar har yilgi asosiy taʼtilning foydalanilmagan qismi oʻn kun va undan ortiq boʻlsa, xodimga taʼtil oʻtkazadigan joyiga borishi uchun pul mablagʻi beriladi, ammo masofa uni chaqirib olingan aholi punktidan uzoq boʻlmasligi kerak.
113. Ushbu Nizomning 144-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlari asosida xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq toʻlanadigan har yilgi asosiy va qoʻshimcha taʼtillar beriladi.
Boshqa asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan haq toʻlanadigan asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pul kompensatsiyasi toʻlanadi.
114. Xodimlarga taʼtillar berish, taʼtildan chaqirib olish, shuningdek ularni muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
115. Xodim faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi boʻyicha xizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
116. Xodimning xizmat vazifalarini bajarish chogʻida oʻz vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
117. Xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonun asosida amalga oshirilgan boʻlsa, bunda u jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
118. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash yoxud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
119. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga boʻysunadi.
120. Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, xodimni qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Xodim oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha hech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
121. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
sogʻligʻini saqlash;
mehnatiga haq toʻlash;
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya taʼminoti;
davlat sugʻurtasi;
ijtimoiy yordam koʻrsatish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.
122. Xodimlar belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
123. Xodimlar, ichki ishlar organlaring pensionerlari hamda ularning oila aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)lari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy xizmat olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va sogʻlomlashtirishdan oʻtkaziladi.
Xodimlar va ichki ishlar organlaring pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
124. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yilda bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Oʻqotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy koʻrikdan har olti oyda oʻtadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
125. Xodimlarning farzandlari yashayotgan joydagi maktabgacha taʼlim muassasalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz va imtiyozli ravishda joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga qabul qilish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
126. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarga, shuningdek ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan fuqarolarga hamda ularning oila aʼzolariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar ham belgilashi mumkin.
127. Xizmat muddati, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlarga muvofiq ustama haqlar toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat muddatini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
128. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuksak maʼnaviy-axloqiy xislatlarga ega boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan xodimlarga har oylik qoʻshimcha toʻlovni nazarda tutuvchi “uchinchi toifa mutaxassisi”, “ikkinchi toifa mutaxassisi”, “birinchi toifa mutaxassisi” va “usta” malaka toifalari beriladi.
Malaka toifalarini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
129. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy yoki majburiy sugʻurta mablagʻlaridan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ushbu qoida ichki ishlar organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati bilan bogʻliq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
130. Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya toʻlanadi.
131. Faoliyatida xizmat majburiyatlarini bajarish qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xodimlarga shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari berish yoki pul kompensatsiya toʻlash, shuningdek xizmat safarlarida shaxsiy transportidan foydalanuvchilarga kompensatsiya toʻlash tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
132. Xodimlar xizmatga qabul qilingan kunidan boshlab oʻn kun ichida Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
133. Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga bir marta toʻlanadigan nafaqa puli beriladi.
Xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar koʻp yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.
134. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlarga, shuningdek halok boʻlganlarning oilasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda bir martalik nafaqa tayinlashga haqli.
Xodimlar, boquvchisini yoʻqotganda esa ularning oila aʼzolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
135. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning farzandlarini xizmatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
136. Sogʻliqni saqlash, moliyaviy taʼminoti, taʼtillar berish, uy-joy maydoni va imtiyozli ipoteka kreditlari bilan taʼminlash, mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish, davlat pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonida xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Xizmat oʻtash rejimi
137. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
138. Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur boʻlgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmat oʻtashga jalb etilishlari mumkin.
Odatdagi xizmat oʻtash rejimi olti kunlik ish haftasi oʻrnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa – sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida xizmat oʻtashni nazarda tutadi.
Sutkalik rejim xizmat oʻtash chogʻida xodimlarga ularning xohishiga koʻra xizmat oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, oʻz xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga xodimga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshiladi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
139. Dam olish va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.
140. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.
Navbatchilik vaqtida ichki ishlar organlari navbatchilik qismi xodimlariga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda — olti soat, toʻrt smenalik rejimda — toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Smena tugagach, ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.
141. Ichki ishlar organlarida asosiy xizmat vazifalariga qoʻshimcha ravishda sutkalik rejimda navbatchilikka tushgan xodimlarga navbatchilik tugaganidan soʻng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
142. Ichki ishlar organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
143. Urush holati eʼlon qilingan davrida xodimlarning xizmat oʻtash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
11-bob. Xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash
144. Xodim quyidagi asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatiladi:
a) oʻzining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganligi;
v) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
g) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;
d) kasalligi − harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
e) sogʻligʻining cheklanganligi holati − harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi − attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
k) ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
l) jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
m) xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
n) boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritmasdan);
o) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi;
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi.
145. Ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning chegara yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh, ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
146. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati oʻzining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarning esa — oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
147. Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ichki ishlar organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
148. Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
asirga yoki garovga olinganida (oʻz ixtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).
149. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
150. Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga xizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
151. Xizmatdan boʻshashga qaror qilgan xodim boʻshashni rejalashtirgan kundan kamida ikki oy avval ichki ishlar organining boshligʻiga bildirgi bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarning xizmatdan boʻshatilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” unvoni ham, — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining yoki xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boshliqning buyrugʻi bilan;
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlardagi xodimlar — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan.
152. Xodimning xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladi. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomalarga muvofiq), Oʻzbekiston Respublikasining oliy-harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni oʻtash davrlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu holda xodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
153. Pensiya olish huquqini beruvchi xizmat muddatini oʻtamagan, ushbu Nizomning 144-bandi “b”, “g”, “d” yoki “e” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlar boʻshash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida oʻn ikki yilu olti oyi ichki ishlar organlari xizmatiga toʻgʻri kelganda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.
154. Xodimlar halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchiriladi.
Bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori bekor qilinganda, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilishi oqibatida shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirilgan shaxsni xodim sifatida qayta shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
155. Ushbu Nizomning 144-bandi “l” kichik bandiga asosan xizmatdan boʻshatilib, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, shuningdek gʻayriqonuniy ravishda xizmatdan boʻshatilgan deb topilgan shaxslarni xizmatga tiklash sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatiga kiritish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
156. Ushbu Nizomning 155-bandida nazarda tutilgan shaxslar boʻshatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori chiqarilganidan boshlab uch oy muddatda xizmatga tiklash haqida ichki ishlar organlariga murojaat etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmatga tiklash shaxsni boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan oraliq davri uchun navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda xizmat stajiga qoʻshib hisoblash sharti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Xizmatdan boʻshatilgan shaxs boʻshatilganidan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kundan uch oy muddat oʻtgandan keyin ichki ishlar organiga murojaat etsa, murojaat qilish muddatidan keyingi davr navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblashda uzluksiz xizmat stajiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar shaxs uch oylik muddatni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan taqdirda ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
157. Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
158. Xizmatga tiklangan xodimlarga pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash chogʻida hisobga olinadigan xizmat stajiga:
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq jazolar oʻtalganda — bir kuni uch kun;
qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganida — bir kuni uch kun;
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar oʻtalganida bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
Xizmatga tiklangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berish, foizli qoʻshimcha haq toʻlashda xizmat yillariga boʻshatilgandan keyingi davri bir kuni bir kun hisobida qoʻshiladi.
159. Ushbu Nizomning 144-bandi “v”, “g”, “e” va “n” kichik bandlariga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar maxsus unvonni tiklagan holda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.
Ushbu Nizomning 144-bandi “a” kichik bandiga muvofiq xizmatdan boʻshatilgan xodimlar xizmatdan boʻshashiga oʻqishga kirishi sabab boʻlgan taqdirdagina qayta qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ilgari ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
160. Davlat hokimiyati organlariga tayinlanganligi munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan va tayinlangan lavozimi boʻyicha vakolat muddati tugaganligi sababli xizmatga qayta qabul qilingan xodimlarning ushbu organlardagi mehnat faoliyati davri, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ichki ishlar organlaridagi umumiy xizmat muddatiga qoʻshilib, bir kuni bir kunga hisoblanadi.
161. Ichki ishlar organlarida xizmat oʻtayotgan, shu jumladan kadrlar zaxirasida boʻlgan xodimlarga xizmat muddati, agar qonun hujjatlarda va ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa xorijiy davlatlar (Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq yuborilgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarida, jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetida va rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti (oliy kurslari)da kunduzgi taʼlim oʻqish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy taʼminlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek ushbu harakatlarda ishtirok etishi davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi va jarohatlanganligi oqibatida tibbiy muassasada boʻlgan xodimlar ushbu davrdagi xizmat muddati bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarning alohida davrda jamoat tartibini saqlashda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, favqulodda holat rejimini huquqiy taʼminlashda va uning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi va muddatlari haqida vakolatli boshliq buyruq chiqaradi, buyruqdan koʻchirma ularning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlariga qoʻshiladi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
162. Mazkur Nizom asosida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalarida xizmat oʻtashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.
163. Fuqarolarni ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilar lavozimiga ishga qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi mehnat faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilarining mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
164. Xizmat oʻtashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ichki ishlar organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlaridagi unvon va martaba darajalarga nisbatan
TAQQOSLANMASI

Ichki ishlar organlarning maxsus unvonlari

Harbiy unvonlar

Bojxona organlarining maxsus unvonlari

(Harbiy) prokuratura organlarining martaba darajalari

Adliya organlarining martaba darajalari

Sud organlarining

martaba darajalari

1.

Leytenant

Leytenant

Bojxona xizmati leytenanti

3-darajali yurist,

adliya leytenanti

3-darajali yurist

3-darajali yurist

2.

Katta leytenant

Katta leytenant

Bojxona xizmati katta leytenanti

2-darajali yurist,

adliya katta leytenanti

2-darajali yurist

Beshinchi malaka darajasi,

2-darajali yurist

3.

Kapitan

Kapitan

Bojxona xizmati kapitani

1-darajali yurist,
adliya kapitani

1-darajali yurist

Toʻrtinchi malaka darajasi,

1-darajali yurist

4.

Mayor

Mayor

Bojxona xizmati mayori

Adliya kichik maslahatchisi,
adliya mayori

3-darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi malaka darajasi,

3-darajali adliya maslahatchisi

5.

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Bojxona xizmati podpolkovnigi

Adliya maslahatchisi,

adliya podpolkovnigi

2-darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi malaka darajasi,

2-darajali adliya maslahatchisi

6.

Polkovnik

Polkovnik

Bojxona xizmati polkovnigi

Adliya katta maslahatchisi,
adliya polkovnigi

1-darajali adliya maslahatchisi

Birinchi malaka darajasi,

1-darajali adliya maslahatchisi

7.

General-mayor

General-mayor

Bojxona xizmati general-mayori

3-darajali

davlat adliya maslahatchisi,
adliya genaral-mayori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oliy malaka darajasi

8.

General-leytenant

General-leytenant

Bojxona xizmati general- leytenanti

2-darajali

davlat adliya maslahatchisi,

adliya general-leytenanti

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

9.

General-polkovnik

General-polkovnik

Bojxona xizmati general-polkovnigi

1-darajali

davlat adliya maslahatchisi

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Izoh: Unvonlar va martaba darajalarini ichki ishlar organlarining general tarkibidagi maxsus unvonlariga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga
2-ILOVA
Ichki ishlar organlarining
INTIZOM USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Intizom ustavi (keyingi oʻrinlarda — Ustav) ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)larining (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) xizmat intizomiga qoʻyilayotgan talablar va odob-axloq qoidalarini belgilaydi, boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlarini, shuningdek ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV) xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari va qorovul qoʻshinlarida boshliqlar va harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlari, shuningdek ularga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi bilan tartibga solinadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
2. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi xodimlar tomonidan ushbu Ustav talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etishdan iborat.
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi har bir xodimning yuksak darajada anglashiga va xizmat burchini hamda qoʻyilgan vazifa uchun shaxsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.
3. Xizmat intizomi har bir xodimni quyidagilarga majbur qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, Oʻzbekiston Respublikasi IIV hayʼati qarorlarida belgilangan talablarni, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruq, farmoyish va koʻrsatmalarni qatʼiy bajarish;
ichki ishlar organi xodimining qasamyodiga sodiq boʻlish, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan oʻzining xizmat burchini soʻzsiz bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilish;
ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va texnikani asrab-avaylash;
hushyor boʻlish, davlat va xizmat sirini qatʼiy saqlash;
xodimlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;
doimiy ravishda oʻz bilim va kasbiy koʻnikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;
xizmatdan tashqari holatlarda oʻzini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-axloq qoidalariga amal qilishda namuna boʻlish.
4. Ichki ishlar organlarida yuksak xizmat intizomiga:
xodimlarda yuksak maʼnaviy-axloqiy va ishchanlik xususiyatlarini, xizmat burchini bajarishga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;
har bir xodimning oʻz xizmat burchini bajarishga nisbatan shaxsiy masʼuliyati, ichki tartib va xizmat kiyimini kiyish qoidalariga qatʼiy rioya etish;
boshliqlarning qoʻl ostidagi xodimlarga nisbatan kunlik talabchanligi, ularga doimiy gʻamxoʻrligi, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini oqilona uygʻunlashtirgan holda va asosli qoʻllash;
ichki ishlar organlari boʻlinmalarida zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.
2-bob. Xodimlarning odob-axloq qoidalari
5. Odob-axloq qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qatʼi nazar, xodimlarning kasb odobi va xizmatda oʻzini tutishning asosiy qoidalari umumiy prinsiplari majmuini oʻz ichiga oladi.
6. Ichki ishlar organlari safiga qabul qilingan kundan eʼtiboran har bir xodim odob-axloq qoidalariga amal qilishga majbur.
Odob-axloq qoidalariga rioya etish xodimning kasbiy faoliyati samaradorligi va xizmatda oʻzini tutishini baholashning mezonlaridan biri hisoblanadi.
7. Xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining asosiy talablariga amal qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq boʻlish, ularning mavqeyidan qatʼi nazar hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarning kamsitilishi yoki afzal koʻrilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida, begʻaraz va qonuniy koʻrib chiqish;
xodimning oʻz xizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqaroda shubha uygʻotuvchi xatti-harakatdan tiyilish, shuningdek ichki ishlar organlari obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.
8. Shaxsiy vaj va boshqa subyektiv sabablar xodimlar tomonidan qonunchilik talablari va odob-axloq qoidalari buzilishiga asos boʻla olmaydi.
9. Xodimlar korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashishi va faollik bilan uning profilaktikasiga koʻmaklashishi shart.
Xodimlar oʻz boshligʻi yoki vakolatli organlarga oʻzlarini boshqa shaxslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday oʻziga maʼlum boʻlgan huquqbuzarliklar haqida xabar berishi zarur.
10. Xodim oilasida yuzaga kelgan nizolarni qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilgan holda hal etadi.
Xodimning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilganda, unga oʻz vakolatlardan foydalanib, aralashish taqiqlanadi.
11. Xodimlar xayrixoh, xushmuomala va eʼtiborli boʻlishi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda boʻlishi zarur.
Xodimlar fuqarolarga nisbatan qoʻpollik qilmasligi, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy taʼsir oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymasligi kerak.
12. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning tashqi koʻrinishi ish sharoiti va xizmat tadbiri turini inobatga olgan holda, aholida ichki ishlar organlariga nisbatan hurmat uygʻotishi, toza va orasta boʻlishi zarur.
13. Xodimlarga xizmat paytida alkogol ichimliklar isteʼmol qilish taqiqlanadi.
14. Xodimlar xizmatdan tashqari paytda umumiy odob-axloq qoidalariga amal qilishi, gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
3-bob. Boshliqlar va xodimlarning oʻzaro munosabatlari
15. Xodim xizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqqa boʻysunadi.
Xodimlar xizmat boʻyicha boʻysunadigan, shu jumladan vaqtincha boʻysunadigan rahbarlar toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlar deb hisoblanadi.
Xodimga eng yaqin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Boshliq oʻzi rahbarlik qilayotgan ichki ishlar organi boʻlinmasida xizmat intizomiga rioya etilishi va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son)
17. Boshliq unga boʻysunuvchi xodimlar tomonidan Ustavga amal qilinishiga talabchan boʻlishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda namuna koʻrsatishi, ularni xizmat burchi hissini kuchaytirish va qoʻllab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini ragʻbatlantirishi, shuningdek xizmat intizomi buzilgan holatlarda jazo qoʻllanilishini taʼminlashi zarur.
18. Buyruq va topshiriqlar boʻysunish tartibida beriladi. Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda xodimga bevosita boshligʻini xabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Bunday hollarda xodim oʻzining bevosita boshligʻini bundan xabardor qilishi zarur.
19. Noqonuniyligi yaqqol koʻrinib turgan va xizmat faoliyatiga aloqasi boʻlmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshliq qoʻl ostidagi xodimlardan ularning xizmat burchi doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas.
Xodim yaqqol qonunga zid boʻlgan (xizmat faoliyatiga aloqador boʻlmagan) buyruq yoki topshiriq olganda zudlik bilan yuqori turuvchi rahbariyat yoki xizmatni oʻtash joyidagi oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga zudlik bilan xabar beradi.
Xodim yuqori turuvchi rahbariyat yoki oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga xabar berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda qonunchilik talablariga rioya etgan holda gʻayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, imkon paydo boʻlishi bilan ularni xabardor qilishi lozim.
20. Boshliqning buyruq va topshiriqlari (yaqqol qonunga zid boʻlganlari bundan mustasno) soʻzsiz, aniq va oʻz vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek ularni tanqid qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek, bevosita boshligʻiga axborot beradi.
Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, xodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni xabardor etishi shart.
21. Boshliq xodimlarni qarindosh-urugʻchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim. U oʻz xizmat burchini oʻtash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek, boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga barham berishi kerak.
22. Boshliq quyidagilarga majbur:
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish, xodimlar uchun qulay va munosib mehnat sharoitlarni yaratish oʻz vaqtida choralarini koʻrish;
korrupsiya va oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga chek qoʻyish choralarini koʻrish;
shaxsiy tarkibni samarali boshqarish, xodimlarning xizmat faoliyatini xolisona baholash;
oʻziga topshirilgan mol-mulk va moliyaviy mablagʻlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
xodimlarning individual xususiyatlarini oʻrganish, ular bilan oʻzaro yaqin munosabat oʻrnatish, jamoani birlashtirish, xodimlar tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatlarning sababini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, xizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda boʻlish boʻyicha choralarni koʻrish;
xodimlarning, ularning oila aʼzolarining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish choralarini koʻrish, yuqori turuvchi rahbariyatga qoʻl ostidagi xodimlarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish.
4-bob. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
23. Xodimlarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi:
a) minnatdorchilik eʼlon qilish;
b) qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
v) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
g) idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
d) muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish;
e) egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish.
Shuningdek, ragʻbatlantirish tariqasida Ustavning 27-bandi “a”, “b” va “v” qismida, 28-bandi “a” va “b” kichik bandlari bilan nazarda tutilgan muqaddam qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin bekor qilish mumkin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarida mazkur Ustavning 23-bandida koʻzda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari ham qoʻllaniladi:
a) taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish;
b) Hurmat taxtasiga kiritish;
v) kursant (tinglovchi)ning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish;
g) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri stipendiyasini tayinlash.
25. Alohida xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
26. Oylik ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlari va xodimlarning pul taʼminotida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirishga kirmaydi.
27. Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
a) tanbeh;
b) hayfsan;
v) qattiq hayfsan;
g) lavozim maoshining ellik foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
d) maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
e) egallab turgan lavozimidan ozod etish;
j) gaupvaxtada hibsda ushlab turish;
z) ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish.
28. Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarida Ustavning 27-bandida koʻzda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari taʼlim muassasasining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan kursantlar (tinglovchilar)ga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qoʻllanilishi mumkin:
a) navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish;
b) bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;
v) kursantlar (tinglovchilar) roʻyxatidan oʻchirish.
5-bob. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha boshliqlarning vakolatlari
29. Boshliqlar tomonidan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllaniladi.
30. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim) lari, transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlari, jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari, brigada va batalyon komandirlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Ustavning 23-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
Ustavning 27-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV bosh boshqarmalari va taʼlim muassasalari boshliqlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Ustavning 23-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida hamda 24-bandida (“g” kichik bandidan tashqari) nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
Ustavning 27-bandning “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida hamda 28-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
32. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ustavning 23, 24, 27 va 28-bandlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi, shuningdek xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarga va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
33. Xodimni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlar unga nisbatan Ustavning 27-bandi “e”, “j” va “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega.
34. Qoʻl ostidagi xodimlariga nisbatan oʻz vakolatlariga kirmaydigan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash zaruriyati tugʻilgan holda boshliq yuqori turuvchi rahbariyatga bu toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
35. Boshliq qoʻl ostidagi xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning oʻta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun oʻziga berilgan vakolatlarni yetarli emas deb hisoblasa, u yuqori turuvchi rahbariyatga xodimga nisbatan ogʻirroq intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.
36. Intizomiy jazo chorasini qoʻllashda oʻz vakolatini oshirgan yoki Ustavda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qoʻllagan boshliq javobgarlikka tortiladi, qoʻllanilgan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbariyat tomonidan bekor qilinadi.
37. Xodim xizmat safari yoki davolanishda boʻlgan vaqtda xizmat intizomini buzgan taqdirda mazkur xatti-harakatdan xabar topgan boshliq bu holatni bartaraf etish choralarini koʻradi va bu haqda xodimning xizmat joyiga xabar beradi.
6-bob. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash
38. Ragʻbatlantirish choralari alohida xodimga nisbatan ham, bir guruh xodimlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Xodimga nisbatan bir yutugʻi uchun faqat bitta ragʻbatlantirish chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Ragʻbatlantirish chorasini belgilashda xodimning xizmat koʻrsatkichlari xususiyati, shuningdek uning ilgari xizmatga qanday munosabatda boʻlganligi eʼtiborga olinadi.
39. Ustavning 27-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qoʻllanilgan xodim mazkur jazoni bekor qilish orqali ragʻbatlantiriladi. Intizomiy jazoni bekor qilish huquqi uni qoʻllagan boshliqqa, shuningdek yuqori turuvchi vakolatli rahbariyatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Ragʻbatlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:
minnatdorchilik eʼlon qilish — yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrugʻi yoki topshirigʻini muvaffaqiyatli bajargan xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan;
qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek zaxiraga (isteʼfoga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra;
Faxriy yorliq bilan taqdirlash — xodim (xodimlar guruhi)ga nisbatan xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, xizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson xizmati uchun, shuningdek musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra va oʻqishni (oʻquv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;
idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi va koʻp yillik benuqson xizmati, ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qoʻshgani, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatgani, shuningdek yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissasi qoʻshgani uchun;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir pogʻona yuqori maxsus unvon berish — xodimga nisbatan yuqori xizmat intizomi, xizmat burchini bajarish chogʻida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, ichki ishlar organlari amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qoʻshgani (ilmiy darajani olganda), xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna boʻlgani uchun (ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq);
taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish — yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
Hurmat taxtasiga kiritish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv dasturlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
ota-onasiga yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv mavsumini aʼlo baholar bilan yakunlagan Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri stipendiyasini tayinlash — ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv intizomiga rioya qilishda namuna boʻlgan, oʻquv yilini aʼlo baholar bilan yakunlagan Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalarining kursantlariga nisbatan.
41. Qoʻllanilgan ragʻbatlantirish chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Minnatdorchilik eʼlon qilish va taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali ham, ogʻzaki ham eʼlon qilinishi mumkin.
Ragʻbatlantirilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yigʻilish)da tantanali tarzda eʼlon qilinadi.
Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq eʼlon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, xodimlarga faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻa yoki pul mukofotlari, koʻkrak nishonlari topshiriladi.
42. Buyruq bilan eʼlon qilingan ragʻbatlantirish chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Ragʻbatlantirish choralarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
7-bob. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash
43. Ustavda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
44. Sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo tayinlanadi.
Xizmat intizomi bir necha xodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo ularning har biriga nisbatan alohida qoʻllaniladi.
Sodir etilganligi maʼmuriy jazo tayinlashga olib kelgan xatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Intizomiy jazo choralari qoʻllangan xodimlar, agarda ularning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi alomatlari boʻlsa, ular jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
45. Intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi asosli boʻlishi va sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat ogʻirligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash chogʻida nojoʻya xatti-harakat xususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning bungacha boʻlgan xulq-atvori, ichki ishlar organlarida xizmat oʻtagan muddati, shuningdek yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishga boʻlgan munosabati eʼtiborga olinadi.
Xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat unchalik ahamiyatga ega boʻlmasa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllamasligi va boshqa bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida ogʻzaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.
Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojoʻya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga jamoatchilik taʼsirini oʻtkazish maqsadida ichki ishlar organlarida saylov asosida intizomiy kengashlar tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatadi.
46. Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:
tanbeh — yuklatilgan vazifalarni va boshliqning topshiriqlarini bajarmagan, xizmat kiyimini kiyish va fuqarolar hamda hamkasblari bilan muomala madaniyati qoidalarini buzgan xodimlarga nisbatan;
hayfsan — normativ-huquqiy hujjatlar va Ustav talablarini, xizmat guvohnomasidan foydalanish qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va xizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgan xodimlarga nisbatan;
qattiq hayfsan — amaldagi “hayfsan” intizomiy jazosi boʻlgan xodimlarga nisbatan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Ustav talablarini takroran buzgani uchun;
lavozim maoshining ellik foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima — amaldagi intizomiy jazosi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Ustav talablarini qoʻpol ravishda buzgan, xizmat burchiga masʼuliyatsiz yondashgan, ish samaradorligi past boʻlgan xodimlarga nisbatan;
maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish — amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan, xizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va Ustav talablarini qoʻpol ravishda buzgan, xizmatni oʻtashga loqaydlik bilan munosabatda boʻlgan, yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarmagan xodimlarga nisbatan;
gauptvaxtada hibsda ushlab turish — intizomiy jazoning qatʼiy chorasi sifatida ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish uchun asos boʻladigan nojoʻya xatti-harakatni sodir etgan xodimlarga nisbatan;
ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish — xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etgan, intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan;
navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum qilish — yuklatilgan vazifalarni va komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, taʼlim muassasasining oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari)ga nisbatan;
kursant (tinglovchi)lar roʻyxatidan oʻchirish — Oʻzbekiston Respublikasi IIV taʼlim muassasalari kursant (tinglovchi)lariga nisbatan odob-axloq qoidalarini, xizmat intizomini buzganligi, oʻquv dasturini oʻzlashtira olmaganligi uchun.
47. Amaldagi intizomiy jazo bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan xodimga nisbatan ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatishgacha boʻlgan har qanday intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.
Quyidagilar xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzish sirasiga kiradi:
xodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq muddatda xizmat joyida boʻlmasligi;
xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast holatda boʻlish;
fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini buzishga, odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga xavf tugʻdirishga olib keluvchi xatti-harakatlar sodir etish (agar bu jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa);
maxfiylik tartiboti talablarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);
xodimga ishonib topshirilgan tabel quroli va uning oʻqlarini, mol-mulk va (yoki) texnikalarni qasddan yoʻq qilish, zararlantirish yoki uning (ularning) yoʻqolishiga olib kelgan ehtiyotsizlik bilan saqlash (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);
mahbusning yoki qoʻlga olingan shaxsning qochib ketishiga, pul mablagʻi yoki tovar boyliklarini va hujjatlarni yoʻqolishiga sabab boʻlgan post va konvoy xizmatini oʻtash qoidalarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
Xodim xizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar taʼsirida mast boʻlgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar xodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki xodim yoki boshqa shaxslar koʻrsatmalariga asoslaniladi.
48. Odob-axloq qoidalarini, shuningdek boshliq va xodimlar oʻrtasidagi munosabat qoidalarini qoʻpol ravishda buzish ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etish hisoblanadi.
Jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan bogʻliq boʻlmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar ichki ishlar organi xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sirasiga kirmaydi.
49. Intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzish deganda buyruq asosida eʼlon qilingan amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan holda xodim tomonidan xizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.
50. Gauptvaxtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo qoʻllanilganda, xodim ushbu nojoʻya xatti-harakati uchun ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatilmaydi (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
Gauptvaxtada hibsda saqlash muddati safdorlar, serjantlar va kichik ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 10 sutkagacha, katta ofitserlar tarkibi xodimlari uchun — 5 sutkagacha tashkil etadi.
Gauptvaxtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo ayollarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
51. Intizomiy jazo qoʻllashdan avval xodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar xodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo tayinlashga toʻsqinlik qila olmaydi va jazoning ogʻirroq koʻrinishi va choralarini qoʻllashga olib kelmaydi.
Intizomiy jazo choralarini qoʻllash paytida boshliq xodimning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qoʻpollikka yoʻl qoʻymasligi zarur.
52. Maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha taʼsir koʻrsatmagan hollarda qoʻllaniladi.
53. Intizomiy jazoning qoʻllanilishi xodimni nojoʻya xatti-harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
54. Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat boshliqqa maʼlum boʻlgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, xizmat tekshiruvi oʻtkazilganda esa — tekshiruv tugagan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay qoʻllanilishi kerak, bunda aybdorning xastalik va taʼtilda boʻlgan vaqti hisobga olinmaydi.
Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.
55. Mast holatda boʻlgan aybdorga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash, shuningdek undan har qanday tushuntirish olish xodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.
56. Qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi buyruq bilan eʼlon qilinadi. Tanbeh, hayfsan, navbatdan tashqari naryadda xizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha xoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham ogʻzaki eʼlon qilinishi mumkin.
Buyruqda eʼlon qilingan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi qaror intizomiy kengash xulosasi, shuningdek oʻtkazilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan xizmat, kompleks yoki inspektorlik tekshiruvlari asosida qabul qilinadi.
Intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligi haqida xodimga shaxsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yigʻilish (majlis)da eʼlon qilinadi.
57. Amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlgan xodim ushbu jazo bekor qilingunga qadar ragʻbatlantirishga, navbatdagi maxsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.
58. Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish toʻxtatilmaydi.
Xodim intizomiy jazo eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa yoki xizmatni oʻtash joyidagi oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
59. Buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir yil oʻtgach bekor qilinadi (agar xodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa). Ragʻbatlantirish tartibida jazo bir yil oʻtmasdan bekor qilinishi mumkin.
Agarda bir yil ichida xodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish muddati oxirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi boʻyicha hisoblanadi.
60. Buyruqda eʼlon qilingan intizomiy jazo chorasi xodimning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.
Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
8-bob. Boshliqning harakatlari ustidan shikoyat qilish
61. Har bir xodim boshliqning unga nisbatan gʻayriqonuniy yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbariyat yoki xizmat joyidagi oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga yozma shikoyat berishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni besh kun muddatda vakolatli idoraga yuboradi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
63. Yuqori turuvchi rahbariyatga yoki xizmat joyidagi oʻz xavfsizligi boʻlinmasiga qonunchilikni buzish faktlari yoxud oʻziga nisbatan nohaq munosabatda boʻlinganligi haqida murojaat etgani uchun qoʻl ostidagi xodimni taʼqib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi (agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).
64. Xodimlarning shikoyati bir oygacha boʻlgan muddatda hal etiladi, qoʻshimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmagan holda koʻrib chiqiladi.
65. Qasddan yolgʻon shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 07/17/3413/0334-son; 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 24.08.2018-y., 07/18/3919/1787-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 09.02.2022-y., 07/22/122/0109-son; 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son; 22.08.2024-y., 07/24/296/0640-son; 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son; 24.01.2025-y., 07/25/21/0070-son; 06.05.2025-y., 07/25/155/0412-son; 20.08.2025-y., 07/25/253/0752-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son; 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)